Qoʻchqor Norqobil

oʻzbek yozuvchisi, shoiri va dramaturgi
(Qo'chqor Norqobildan yoʻnaltirildi)

Qoʻchqor Norqobil (1968-yilda 5-mart; Oltinsoy tumani, Oʻzbekiston SSR) — shoir, yozuvchi, dramaturg. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Rossiya Baynalminal Yozuvchilar uyushmasi, Rossiyadagi Fanlar va sanʼat Xalqaro akademiyasi aʼzosi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist. Yozuvchi, shuningdek, Usmon Nosir va „Oltin qalam“ mukofotlari bilan bir qatorda Rossiya Davlat Dumasi Jamoatchilik palatasi hamda Rossiya Xalqaro yozuvchilar uyushmasi tomonidan „Muqaddas Anna“ (Svyataya Anna) ordeni bilan taqdirlanib, „Moskvaning oltin qalami“ (Zolotoye pero Moskvi) 2-Xalqaro festivalida nasr yoʻnalishining gʻolibi boʻlgan[1][2][3][4].

Qoʻchqor Norqobil
Tavalludi 5-mart 1968-yil
Ijod qilgan tillari Oʻzbekcha
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi ToshDUning Jurnalistika fakulteti
Shoh asari „Afgʻon: 2 rota“ (2012)
„Osmon ostidagi sir“ (2013)
„Biz jangdan qaytmadik…“ (2014)
„Samodil“ (2017)
„Olislarda osmon yoʻq edi“ (2020)
„Urushning birinchi kuni“ (2021)
„Urush tugasa ayting, qaytib kelaman“ (2021)
„Teatrga chipta yoʻq“ (2022)
Mukofotlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist
Usmon Nosir mukofoti
"Oltin qalam" mukofoti
Turmush oʻrtogʻi Xosiyat Rustamova

Hayoti va ijodiy faoliyati

tahrir

Adib 1968-yilda 5-mart sanasida Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani Moʻminqul qishlogʻida tavallud topgan[5][6]. 1992-yil ToshDUning Jurnalistika fakultetini tamomlagan[7].

Qoʻchqor Norqobil „Kaftimdagi qizgʻaldoq“ (1990), „Xosiyatli dunyo“ (1993), „Deraza rahidagi gul“ (2007) sheʼriy kitoblari, „Daryo ortidagi yigʻi“ (1994), „Kulib tur, azizim“ (2005), „Quyoshni kim uygʻotadi?..“ (2008), „Koʻzlaringni koʻrgani keldim“ (2012), „Afgʻon: 2 rota“ (2012), „Osmon ostidagi sir“ (2013), „Biz jangdan qaytmadik…“ (2014), „Samodil“ (2017), „Olislarda osmon yoʻq edi“ (2020), „Urushning birinchi kuni“ (2021) „Urush tugasa ayting, qaytib kelaman“ (2021), „Teatrga chipta yoʻq“ (2022) nomli nasriy, „Togʻlardek baland boʻl!“ (2021) kabi dramatik kitoblar muallifi[8].

„Taqdir sinovlari“ (2010), „Quyoshni sen uygʻotasan“ (2011), „Nur soyada qolmaydi“ (2012) „Omad biz tomonda“ (2012), „Suv koʻrmay etik yechma“ (2012), „Zamindan olis ketma“ (2014)[9], „Dildagi dogʻ“ (2015),  „Oʻz uyingdan baxt izla“ (2016), „Ayyorgina ayollar“ (2017), „Togʻlardek baland boʻl!“ (2020), „Har narsaning javobi bor“ (2021) singari dramalari Respublikamiz va viloyat teatrlarida sahnalashtirilgan. Dramaturgning „Besh beva va bir boshliq“ komediyasi 2021-yilda Jafar Jabborli nomidagi Ozarbayjon Davlat drama teatrida namoyish etilgan[10].

Shuningdek, Qoʻchqor Norqobilning asarlari qator tillarda, jumladan, belarus, ingliz, rus oʻquvchilari tomonidan ham iliq kutib olingan boʻlib[11], adibning Rossiya Federatsiyasida „Xochu uvidet tvoi glaza“ (2020), „Tyulpan na snegu“ (2021), „Ulibnis, lyubimaya!“ (2022) kitoblari chop etildi, bir qancha rus nufuzli nashrlarida qissa va hikoyalari muntazam eʼlon qilinayapti. Shuningdek, Qoʻchqor Norqobilning Serbiya davlatida „Koʻzlaringni koʻrgani keldim“ (2021) hamda „Olisdagi tasodif“ (2022) deb nomlangan kitoblari serb tilida nashr etildi. Adibning asarlari yigirmadan ziyod mamlakatda eʼlon qilingan.

Mukofotlari

tahrir

Qoʻchqor Norqobil bir qancha xalqaro adabiy mukofotlar sovrindori hamdir. U AQSHning Xalqaro „Jenima“, „Moskvaning oltin qalami“ mukofotlari sohibi. Shuningdek, Rossiyaning „Muqaddas Anna“ ordeni, „Pyotr 1“ medali bilan ham taqdirlangan.

Qoʻchqor Norqobil 1994-yilda Usmon Nosir mukofoti, 2001-yilda esa Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist unvoniga sazovor boʻlgan. U Xalqaro „Oltin qalam“ mukofotini ham qoʻlga kiritgan. 2018-yil Tailandning Bankok shahrida boʻlib oʻtgan Open Eurasian Literature Festival & Book Forum-2018 xalqaro adabiy festivali doirasidagi „Yevroosiyo ijodiy gildiyasi-2018“ (OEBF) 7-xalqaro tanlovida Qoʻchqor Norqobilning urush mavzusidagi „Biz jangdan qaytmadik“ qissasi va turkum hikoyalari „Dunyo generallari tinchlik uchun“ xalqaro assotsiatsiyasining „Dunyo xalqlari o‘rtasida tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlashdagi yuksak faoliyati“ nominatsiyasi boʻyicha gʻolib deb topilgan[12]. 2022-yilning may oyida yozuvchi AQShning xalqaro „Jenima“ mukofotiga sazovor boʻlgan[13].

Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga qarashli  Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat instituti dotsenti.

Manbalar

tahrir
  1. „Qo‘chqor Norqobil“ (uz). Arboblar.uz. Qaraldi: 2023-yil 14-avgust.
  2. uza.uz „Ўзбек адиби «Москванинг олтин қалами» мукофотини қўлга киритди“ (uz). Uza.uz (2022-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 14-avgust.
  3. uza.uz „Ўзбек адиби «Москванинг олтин қалами» мукофотини қўлга киритди“ (uz). Uza.uz (2022-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 14-avgust.
  4. Ogoh „Ўзбек адиби “Муқаддас Анна” ордени билан мукофотланди“ (uz-UZ). Ogoh.uz (2022-yil 14-fevral). Qaraldi: 2023-yil 14-avgust.
  5. „Ziyo istagan qalblar uchun! - Qo‘chqor Norqobil (1968)“. www.ziyouz.com. Qaraldi: 2023-yil 14-avgust.
  6. „Qoʻchqor Norqobil Oltinosoyga qaytdimi? | „Surxon tongi“ va „Zarya Surxana““ (uz-UZ) (2023-yil 10-may). Qaraldi: 2023-yil 14-avgust.
  7. Norqobil, Qo'chqor. „Qo’chqor Norqobil. Oqibat daraxti.“ (2024-yil 3-mart).
  8. „Қўчқор Норқобил“. 2019-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-avgust.
  9. „Toshkentdagi teatrlarda mavsum premeralar bilan yakunlanadi“. kun.uz. Qaraldi: 18-yanvar 2024-yil.
  10. „Қўчқор Норқобил“ (ru). MUZAFFAR.UZ (2023-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 14-avgust.
  11. „O‘zbek adibining hikoyalari Belarus va Rossiyada chop etildi“. uza.uz. Qaraldi: 18-yanvar 2024-yil.
  12. „Qo‘chqor Norqobil ham Yevrosiyo adabiy festivali g‘olibi bo‘ldi“. daryo.uz. Qaraldi: 18-yanvar 2024-yil.
  13. „Qo‘chqor Norqobil AQShning xalqaro "Jenima" mukofotiga sazovor bo‘ldi“. aniq.uz. Qaraldi: 18-yanvar 2024-yil.

Havolalar

tahrir