Qoʻstanay
Qoʻstanay[6] (qozoqcha: Қостанай) — shahar, Qo'stanoy viloyatining markazi. Qozogʻistondagi yirik temir, havo va avtomabil yoʻllari asosiy qismida joylashgan. Tobol daryosining chap sohilida. Shaharni Abelsoy jari ikkiga boʻlib turadi. Temir yoʻl chorrahasi. Aholisi 219 253 kishi (2013). Shaharga 1883-yilda asos solingan.
Qoʻstanay qozoqcha: Қостанай | |
---|---|
shahar | |
53°12′0″N 63°38′0″E / 53.20000°N 63.63333°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Qoʻstanoy viloyati |
Hukumat | |
• Akim | Nurmuxambetov Gavez Toʻrsanovich |
Asos solingan | 1879 |
Avvalgi nomlari |
Nikolayevsk 1893 yigacha |
Qachondan beri shahar | 1893 |
Maydon | 240 km2 (93 kv mi) |
Markazi balandligi | 123—185 m |
Rasmiy til(lar)i | qozoqcha |
Aholisi (2013) |
219 253[1] |
Milliy tarkib |
ruslar (50,00 %) qozoqlar (28,63 %) ukrainlar (10,00 %) olmonlar (2,78 %) tatarlar (2,06 %) beloruslar (1,78 %)[2][3] |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 7142[4] |
Pochta indeks(lar)i | 110000[5] |
Avtomobil kodi | P, 10 |
|
Aholisi
tahrirShahar aholisining soni 2012-yilgi maʼlumot boʻyicha 216 390 kishi. Shahar aholisi koʻp millatli hisoblanadi, shaharning milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin: (2010-yil, 1-yanvar)[2][3]:
- ruslar — 107 542 chel. (50,00 %)
- qozoqlar — 59 655 chel. (28,63 %)
- ukrainlar — 21 272 chel. (10,00 %)
- olmonlar — 5 919 chel. (2,78 %)
- tatarlar — 4 380 chel. (2,06 %)
- beloruslar — 3 794 chel. (1,78 %)
- koreyslar — 2 914 chel. (1,37 %)
- ozarbayjonlar — 1001 chel. (0,47 %)
- armanlar — 699 chel. (0,33 %)
- chechenlar — 595 chel. (0,28 %)
- boshqurtlar — 545 chel. (0,26 %)
- polyaklar — 481 chel. (0,23 %)
- ingushlar — 440 chel. (0,21 %)
- mordvalar — 433 chel. (0,20 %)
- boshqalar — 2 947 chel. (1,39 %)
- Umumiy — 212 617 chel. (100,00 %)
Tarixi
tahrirQoʻstanay shahrini 1897-yili Rossiya imperatorining farmoniga binoan qozoqlarning urugʻlaridan tortib olingan. „Qoʻstanoy“ nomli joyning poydevorini, Yedil yoqasi va Orenburg guberniyasidan koʻchib kelgan rus aholisi qurgan. Boshlanishida „Nikolayevka“ deb nomlandi. 1893-yil Qozogʻistonning tarkibida boʻlgan avvalgi Toʻrgʻay viloyatida yangidan tashkil topgan uez, hududiy boʻlinishiga oid unga „Qoʻstanoy“ nomi berildi. Qoʻstanoy shahri uezining markaziga aylandi. 1912—1913-yillari Janubiy Sibir temir yoʻli magistrali Chelyabinsk — Troitsk — Qoʻstanoy tarmogʻining qurulishiga binoan, Qoʻstanay Rossiyada korxonalar rivojlanish boʻyicha yuqori safdagi Markaziy Rossiya tumanlari bilan jonli savdo-sottiq qilishga imkoniyat yaratildi. Shuning taʼsirida Qoʻstanoy Shimoliy Qozogʻistondagi katta savdo markazlarining biriga aylandi. Shaharda yengil va oziq ovqat sanoatlari, gaz va dizel yonilgʻisi bilan ishlaydigan tegirmonlar, qassobxonalar, teri buyumlari, v.h tashkil topdi. 1917—1919-yillarda Qoʻstanayda Kengash ittifoqi oʻrnab, 1920-yil shu vaqtdagi Aqto'be viloyati okrugining, 1925-yil guberniyaning, 1936-yil yangidan tashkil topgan Qoʻstanoy viloyatining markaziga aylandi.
Sanoati
tahrirQoʻstanoya oziq-ovqat (goʻsht va un kombinatlari) va yengil sanoatlari (kamvol movut kombinati, tikuvchilik va poyabzal fabrikalari) rivojlangan. Sunʼiy tola zavodi, metallsozlik (avtomobil va qishloq xoʻjaligi mashinalarini taʼmirlash, ehtiyot qismlar ishlab chiqarish), qurilish materiallari korxonalari (temir-beton konstruksiyalar, devor bloklari, gʻisht zavodlari) bor. Hozirgi kunda shaharning sanoat tarkibidagi korxonalarda sohaviy 10 AJ, 9 MChB, 4 MQK bor.
Ijtimoiy soha
tahrirShaharda Shimoliy Qozogʻistonning geologiya boshqarmasi va uning markaziy laboratoriyasi, A. Baytursunov nomidagi davlat pedagogika universiteti, qishloq xoʻjalik instituti, davlat qishloq xoʻjalik va ekinni rejalash, suv qurulishini rejalash institutining filiallari, kooperativ, avtomobil va qurulish kolledjderi, 2 shahar kasb-hunar-tex., med. mahkamalari, viloyat tarixi va geologiya muzeyi, gidrometeorologiya byurosi, 59 maktab, 2 madaniyat uyi, viloyat drama teatri, filarmoniya, 13 kutubxona faoliyat yuritmoqda. Tibbiyot mahkamalaridan 12 kasalxona (viloyat va shahar klinik. kasalxona, temir yoʻlchilar va bolalar klinikalik kasalxonalari, viloyat va shahar shifoxonalari, onkologiya, sil, psixiatriyali, veterologiya dispanserlar, suyak sili sanatoriyasi, shahar traxomoz kasalxonasi), 6 akusherlik punkt, 131 dorixona, viloyat radio-telestudiyalar, stadion aholiga xizmat koʻrsatmoqda[7].
Manbalar
tahrir- ↑ „arxiv nusxasi“. 2013-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 4-oktyabr.
- ↑ 2,0 2,1 „Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года“. 2013-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-iyul.
- ↑ 3,0 3,1 Национальный состав населения Казахстана по переписи 2009
- ↑ „Qoʻstanay viloyatining telefon kodlari“. 2014-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-dekabr.
- ↑ Почтовые индексы Казахстана[sayt ishlamaydi]
- ↑ Атлас Мира. — М.: ПКО «Картография» Федерального агентства геодезии и картографии Министерства транспорта Российской Федерации; Оникс, 2007. — ISBN 5-85120-243-2
- ↑ „Костанайская областная библиотека для детей и юношества им. Ибрая Алтынсарина“. 31-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyul 2013-yil.
Havolalar
tahrir- Историко-краеведческий сайт о Костанае и Костанайской области
- Информационный портал акима Костанайской области
- Информационный портал Костанайской области (Wayback Machine saytida 30-may 2012-yil sanasida arxivlangan)
- Информационный сайт Костанайской области (Wayback Machine saytida 13-iyul 2013-yil sanasida arxivlangan)
- Онлайн карта Костанайской области (Wayback Machine saytida 3-iyun 2012-yil sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |