Qon tizimi — qon komponentlarini tashkil qiluvchi elementlar (plazma va shaklli elementlar) majmuasi boʻlib, organizm ichki muhutining eng asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi[1].

Organizm ichki muhiti

tahrir
 

Organizm ichki muhitini toʻqima (intersitsial) suyuqlik, qon va limfa tashkil etadi. Bu suyuqliklar xossalari va tarkibi bir-biriga uzviy bogʻliq hisoblanadi. Lekin organizmning haqiqiy ichki muhiti boʻlib toʻqima suyuqligi tashkil qiladi, sababi organizmning hujayralari faqatgina toʻqima suyuqligi bilan bevosita doimiy aloqada boʻlib turadi. Qon esa yurak endokardi va tomirlar endoteliysiga tirangan holda oqadi, hamda, toʻqima suyuqligi tufayli barcha aʼzo hamda toʻqimalar faoliyatiga doimiy taʼsir qilib boradi. Tomirlar devori orqali vitaminlar, gormonlar va turli biologik faol moddalar qon oqimiga doimiy oʻtib turadi[2]. Qon, toʻqima suyuqligi va limfaning asosiy tarkibiy qismi suv hisoblanadi. Odam organizmida tana massasining 75 % ni suv tashkil etadi, hamda, tana massasi 70 kg boʻlgan odamda limfa va toʻqima suyuqligining 30 % (20-21l) ni, hujayra ichidagi suyuqlikning esa 40 % (27-29l) ni va qon plazmasining 5 %ga yaqin (2,8-3,0l) qismini suv tashkil qiladi. Qon va toʻqima suyuqligi orasida doimiy ravishda moddalar almashinuvi va suv almashinuvi va transport tashilishi sodir boʻlib turadi. Suv bilan birga unda erigan moddalar almashinuv mahsulotlari, gazlar, gormonlar, biologik faol moddalar va boshqalar ham oʻtib turadi. Organizm ichki muhiti tarkibiga kiruvchi harakatdagi suyuqliklar bir butun tizimidan iborat boʻlib, umumiy qon aylanishi va quyidagi tartibdagi harakatni oʻz ichiga oladi[3]:

qon ←→ toʻqima suyuqligi ←→ toʻqima (hujayra) ←→ toʻqima suyuqligi ←→ limfa ←→ qon

Qonning klinik tarkibi

tahrir

Qon hajmi qonning suyuq qism — plazma va qondagi muallaq boʻlgan shaklli elementlar: eritrositlar (qizil qon tanachalari), leykositlar (oq qon tanachalari) va trombositlar (qon plastinkalari) dan tuzilgan.

 

Qon plazmasi va shaklli elementlari orasida muayyan hajmiy nisbat mavjud. Bu nisbatni aniqlashda 100 ta oʻzaro teng qismga boʻlingan maxsus shisha kapillyar — gematokritdan foydalanadilar. Qonni gematokritda sentrifuga yordamida aylantirilsa, shaklli elementlar ogʻirroq boʻlgani uchun choʻkma hosil qiladi, yuqori qavat tiniq, rangsiz yoki och sariq rangli plazmadan iborat boʻladi[4]. Shunday qilib, plazma qon hajmining 55-60 % qismini, shaklli elementlar esa 40-45 % qismini tashkil etishi aniqlangan. Qonning umumiy hajmidan eritrotsitlarga toʻgʻri keladigan qismi gematokrit son deb ataladi. Erkaklarda gematokrit son 44-46 % , ayollarda esa 41-43 % boʻladi. Qon tizimining tarkibiga qon tomirlarida aylanib yurgan qon, qonning shaklli elementlari paydo boʻladigan va yetiladigan qon yaratuvchi aʼzolar, qonning shaklli elementlari yemiriladigan aʼzolar kiradilar. Nazarenko G. I., Kishkun A. A. Klinicheskaya otsenka rezultatov laboratornix issledovaniy // M.: Meditsina — 2006. — 544 s. ISBN 5-225-04579-0 Qon shaklli elementlarining hosil boʻlishi gemopoez deb ataladi. Bu jarayon asosan suyak koʻmigida sodir boʻladi[5].

Qonning klinik ahamiyati

tahrir

Hujayra ichidagi suyuqlik, qon plazmasi, to’qima suyuqligi tarkibi turlicha boʻlgani sababli qon, toʻqima suyuqligi va hujayralar orasida katta hajmli suv, ionlar, elektrolitlar, anionlar, kationlar, metabolizm mahsulotlari almashinuvi doimiy va uzluksiz ravishda sodir boʻlib turadi.

 

Shuningdek, ichki muhit suyuqliklariga bundan tashqari orqa miya, plevra suyuqlik, perilimfa, bo’gʻimlar va endolimfalari ham kiradi. Bu suyuqliklar tarkibidagi asosiy farqni organizmning ichki muhitining toʻsiqlari (Baryer) doimo saqlab turadi. Bularga quyidagilar kiradi:

  1. gistogematik baryer,
  2. gematoensefalik baryer,
  3. gematokoxlear baryer.

Alohida hujayralar va hujayra guruhlari ularni oʻrab olgan muhit sharoiti oʻzgarishlariga juda ham sezuvchandirlar. Tashqi muhit omillari bilan doimiy aloqaga kirishishdan mahrum boʻlib qolgan va evolyutsion jarayonda koʻp hujayrali organizmlarda (jumladan, odam organizmida) koʻpchilik hujayralar ichki muhit — hujayralararo suyuqlik bilan oʻralgan holda bevosita fiziologik jarayonlarda qatnashadilar. Shuning uchun ichki muhitning ham tarkibiy, ham xossalari jihatidan doimiyligining saqlanilishi organizm hujayra, toʻqima, aʼzo va tizimlarining normal yashashi uchun zarur hisoblanadi[6]. Ichki muhit doimiyligining saqlanishi qon va limfa aylanish tizimlari, nafas olish ovqat hazm qilish hamda ayiruv aʼzolari tomonidan doimo taʼminlanib turiladi. Hazm qilish va nafas olish tizimlari turli xildagi moddalarning tashqi muhitdan organizm ichki muhitiga oʻtishini, ayiruv aʼzolari esa moddalar almashinuvi oxirgi mahsulotlarini tashqi muhitga chiqarilishini amalga oshiradilar.

 

Mana shu jarayonlar tufayli muhitning har qanday oʻzgarishlari, yaʼni harorat, bosim, namlik, yoritilish keskin oʻzgarganda yoki oziqlanish vaqtincha toʻxtab qolganda ham organizm hujayralari nisbatan doimiy sharoitda yashaydi va oʻz faoliyatlarini bajarib turadi. Ichki muhit doimiyligi qanchalik aniq va ishonchli boshqarilsa, tashqi muhit oʻzgarishlariga nisbatan organizm javob reaksiyasi shunchalik kamroq bogʻliq holda oʻzgaradi va shunchalik erkinroq boʻladi. Yirik fransuz fiziologi va patolog olimi Klod Bernar bu holatni shunday ifodalab oʻtgan: „Ichki muhit doimiyligi — erkin hayot sharoiti“[7]. Hayot sharoitlari oʻzgarishidan qatʼiy nazar organizm oʻzining ichki muhiti doimiyligini saqlash qobiliyatiga gomeostaz (yun.gomoes-bir xil,stasis-turish) deb ataladi. Bu atama amerikalik olim Kennon tomonidan fanga kiritilgan. Organizmda tana harorati, qon bosimi, qon va toʻqima suyuqligining osmotik bosimi, ularda oqsillar, glyukoza, natriy, kaliy, kalsiy, xlor, fosfor, vodorod va boshqa ionlar miqdori kabi koʻrsatkichlar nisbatan doimiy darajada saqlanadi. Gomeostatik konstantalarni 2-xilga boʻlinadilar:

  • 1. Plastik
  • 2. Mutloq barqaror

Plastik konstantalar bir muncha kengroq chegaralarda oʻzgarganda ham hayotiy faoliyatga katta zarar yetkazmaydi. Ularga tomirlarda oqayotgan qon miqdori, qondagi shaklli elementlar miqdori, qon plazmasi bilan shaklli elementlar nisbati , Gemoglobin (Hb) miqdori, qonning solishtirma og'irligi, qonning yopishqoqligi va ECHT kiradi.

Mutloq barqaror konstantalar hatto oz miqdorda oʻzgarganda ham hayotiy jarayonlarga katta zarar etkazadi. Bu konstantalarga qon plazmasi ion tarkibi, H+, osmotik bosim, plazmadagi oqsillar, O2 va SO2 ning parsial bosimi, glyukoza miqdori v.b. kiradi. Gomeostazning tub zaminida statik jarayonlar emas, balki dinamik jarayonlar yotadi, chunki muhit doimiyligi muntazam buzilib turadi va muntazam qayta tiklanib turiladi. Shuning uchun ichki muhit doimiyligini saqlashga qaratilgan barcha jarayonlarning butun kompleksini gomeokinez deyish toʻgʻriroq boʻladidi. Gomeostazni moslashtiruvchi, taʼminlovchi mexanizmlarning murakkab tizimida nerv va endokrin tizimlar hal qiluvchi muhim ahamiyatga ega.

 

hisoblanadi

Qon tizimi toʻgʻrisidagi tushunchani 1939 — yilda rus olimi G.F.Lang yaratdi[8]. Bu tizim 4 qismdan iborat:

  1. Qon ishlovchi aʼzolar (qizil koʻmik, limfa tugunlari, timus va taloq);
  2. Tomirlarda oqib turuvchi periferik qon
  3. Qonni yemiruvchi aʼzolar (jigar, taloq, qizil suyak koʻmigi);
  4. Markaziy boshqaruvchi neyrogumoral apparat.

Qonning hosil boʻlishi

tahrir

Odamda ham barcha umurtqali hayvonlardagiday qon hujayralari asosan suyak koʻmigida hosil boʻladi.

 

Eritrotsitlarning yemirilishi, ulardagi temirdan qayta foydalanish va gemoglobin sintezi ham koʻmikda sodir boʻladi.

Qarib qolgan eritrotsitlarning qondan ajratib olinishi va ularning qayta ishlanishi taloq faoliyatiga bogʻliq. Limfa tugunlarida oq qon tanachalari rivojlanib yetiladi. Bu jarayonda taloq va timus ham ishtirok etadi. Qon tizimi faoliyatini boshqarishda maxsus gumoral omillar-eritropoetinlar, leykopoetinlar va trombopoetinlar katta ahamiyatga ega. Nerv tizimi ham bu jarayonda ishtirok etadi[9]. Demak, qonning oʻzi, qon yaratilishini taʼminlovchi ko’mik, limfa tugunlari, taloq va timus, qon hujayralari emirilishini yuzaga chiqaradigan taloq, koʻmik, bu tizim faoliyatini boshqaruvchi nerv va gumoral omillar qon tizimini tashkil qiladi. Qon toʻqima sifatida quyidagi xususityatlarga ega :

    1. Uning barcha tarkibiy qismlari tomirlardagi oqimdan uzoqda hosil boʻladi;
    2. Qonning hujayralararo moddasi suyuq va undagi hujayralar-shaklli elementlar muallaq holatda boʻladi;
    3. Qonning asosiy qismi muntazam harakat qilib turadi.

Qonning asosiy vazifalari

tahrir

Qon tizimi organizmning hayot faoliyatini taʼminlovchi enf muhim tizimlardan biri hisoblanib, juda koʻp vazifalarni bajaradi:

 
  1. Transport vazifasi — tomirlarda aylanib yurib, qon kislorodni toʻqimalarga tashish vazifasini bajaradi[10].
  2. Nafas vazifasi- qon O2 va CO2 ni biriktirib olaadi va tashiydi.
  3. Trofik (oziqlantirish) vazifasi shundan iboratki, qon hamma hujayralarni vitaminlar, glyukoza, mineral moddalar, aminokislotalar, yogʻlar va suv bilan taʼminlab turadi.
  4. Ekskretor vazifasi. Qon „hayot tashlandiqlari“ — moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlari boʻlgan ammiak, siydikchil, siydik kislotasi, kreatinin va boshqa moddalarni toʻqimalardan olib, ayiruv aʼzolariga yetkazib beradi. Qon tasodifan yoki maʼlum maqsad bilan kiritilgan moddalarni, suv va tuzlarning ortiqcha qismisini ham ayiruv aʼzolariga yetkazish vazifasini bajaradi.
  5. Termoregulyator vazifa — qon issiqlikka boy boʻlgan aʼzolarni sovutadi va issiqlikni yoʻqotuvchi aʼzolarni isitadi. Jigar, chuqur joylashgan muskullar, yurak va boshqa aʼzolar faoliyati davomida hosil boʻladigan issiqlikni qon orqali issiqlikni yoʻqotuvchi aʼzolarga yetkazib berishini taʼminlaydi.
  6. Qon gomeostaz jarayonida ham faol ishtirok etib, qator gomeostatik konstantalar --Rh, osmotik bosim, ionlar konsentrasiyasi va boshqalar stabilligini saqlab turadi[11].
  7. Qon toʻqimalar va qon orasida tuz va suv almashinuvini jarayonini taʼminlab turadi. Kapillyarlarning arterial qismidan tuzlar va suyuqlik toʻqimalarga oʻtadi va venoz qismida esa ular qonga qaytib soʻriladi.
  8. Himoya vazifasi — qon immunitetning eng muhim omilidir, immunitet esa organizmni tirik tanachalar va genetik yod moddalardan himoyalaydi. Bu vazifa leykositlarning fagositar faolligi (hujayra immuniteti) va qonda mikroblar va ularning zaharlarini zararsizlantiruvchi antitelolar borligi (gumoral immunitet) bilan taʼminlanadi[12]. Qonning ivishi ham himoya reaktsiyasi hisoblanadi.
  9. Gumoral boshqaruv — qon doimo harakatda boʻlgani tufayli organizm qismlarining kimyoviy hamkorligini amalga oshirib turadi, u gormonlar va boshqa fiziologik faol moddalarni, ular hosil boʻlgan hujayralardan boshqa hujayralarga tashib turadi, gumoral boshqarishni amalga oshiradi, aʼzolarni oʻzaro bogʻlaydi, organizmni bir butun qilib, muhit oʻzgarishlariga moslashtiradi[13][14].
  10. Kreator aloqalarni amalga oshirish. Qon plazmasi va shaklli elementlari tomonidan tashiladigan makromolekulalar hujayralararo axborot oqimini yetkazilib berilishini taʼminlab turadi. Bu axborot tufayli hujayralarda oqsil sintezi, hujayraning tafovutlanganlik darajasi saqlanilishi, toʻqimalar tuzilishi saqlanilishi va qayta tiklanilishi boshqarilib turiladi.[15]
 

Yuqorida keltirilgan vazifalardan boshqaruv, transport himoya va vazifalari asosiylar hisoblanadi va qolgan vazifalar shular asosidan kelib chiqadi. Qonning barcha uch vazifasi oʻzaro bogʻliq boʻlib ularning birini ikkinchisidan ajratib qoʻyishni ilojisi yoʻq. Transport vazifasini qon plazmasi va shaklli elementlar amalga oshiradi. Qon aʼzolar va toʻqimalar hayotiy faoliyati uchun zarur boʻlgan turli xildagi moddalar, gazlar va almashinuv mahsulotlarini tashiydi. Bu moddalarning koʻpchiligi oʻzgartirilmagan koʻrinishda tashiladi, baʼzilari turli oqsillar bilan mustahkam boʻlmagan birikmalar hosil qilinib keyin tashiladi. Qonning nafas olish, oziqlantirish, ekskretor kabi vazifalari, haroratni boshqarish roʻlidagi ishtiroki transport faoliyati bilan bogʻliq boʻlib, qonning uzluksiz harakati tufayli doimo amalga oshirilib turiadi. Keltirilib oʻtilgan faktlardan qonning hayot uchun qanchalik ahamiyatli ekanligi yaqqol koʻrinib turibdi. Shuning uchun ham organizm holatini aniqlash va kasalliklarni tashxislash asoslarihda eng birinchi oʻrinda qon tekshirib koʻriladi. Kasalxonalarda, klinikalarda va boshqa davolash maskanlarida hozirgi zamon fan yutuqlariga asoslangan va zamonaviy asbob-uskunalar yordamida amalga oshiriladigan juda koʻp usullarorqali bemorning qoni tekshirib koʻriladi[16].

Manbalar

tahrir
  1. The Franklin Institute Inc. „Blood — The Human Heart“. Archived from the original on 5 March 2009. Retrieved 19 March 2009.
  2. Azimov, Q.R.. Qon tizimi patofiziologiyasi, 137, Toshkent, 2010. 
  3. Elert G (2012). „Volume of Blood in a Human“. The Physics Factbook. Archived from the original on 3 November 2012. Retrieved 1 November 2012.
  4. Nazarenko G. I., Kishkun A. A. Klinicheskaya otsenka rezultatov laboratornix issledovaniy // M.: Meditsina — 2006. — 544 s. ISBN 5-225-04579-0
  5. Obщiy analiz krovi s leykotsitarnoy formuloy i SOE. Opisanie. Metodi. Referensnie znacheniya.. Data obraщeniya: 27 marta 2014. Arxivirovano 28 aprelya 2015 goda.
  6. Dyadya G. I. i dr. Universalniy spravochnik praktikuyuщego vracha (Razdel „Obщiy analiz krovi“) // Voronej: Nauchnaya kniga. — 2017. — 512 s. ISBN 978-5-521-05469-5.
  7. „Учение о гомеостазе организма по Клоду Бернару“. www.vikent.ru. Vikent.ru. Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.
  8. И.В. Городецкая. ФИЗИОЛОГИЯ СИСТЕМЫ СИСТЕМЫ, 2012, Витебск: УО «ВИТЕБСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕЪ>, 2012 — 117-bet. ISBN 978-985-466-559-7. 
  9. Alenzi, FQ; Alenazi, BQ; Ahmad, SY; Salem, ML; Al-Jabri, AA; Wyse, RK (March 2009). „The haemopoietic stem cell: between apoptosis and self renewal“. The Yale Journal of Biology and Medicine. 82 (1): 7-18. PMC 2660591. PMID 19325941.
  10. "Low Hemoglobin: Causes & Symptoms". Cleveland Clinic. Retrieved 28 April 2022.
  11. Qodirov, A. Ichki muhit suyuqliklar fiziologiyasi, 2012, Toshkent: Abu Ali ibn Sino — 115-134-bet. 
  12. Janeway CA Jr, Travers P, Walport M, et al. Immunobiology: The Immune System in Health and Disease. 5th edition. New York: Garland Science; 2001. Glossary. Available from: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/books/NBK10759/
  13. Neyrogumoralnaya regulyatsiya / Kassil G. H. // Bolshaya meditsinskaya ensiklopediya : v 30 t. / gl. red. B. V. Petrovskiy. — 3-e izd. — M. : Sovetskaya ensiklopediya, 1981. — T. 16 : Muzei — Nil. — 512 s. : il.
  14. Kassil G. N., Neyro-endokrinno-gumoralnie vzaimootnosheniya pri porajeniyax diensefalnoy oblasti, v sbornike: Fiziologiya i patologiya diensefalnoy oblasti golovnogo mozga, M., 1963;
  15. Aleshin B. V., Gistofiziologiya gipotalamo-gipofizarnoy sistemi, M., 1971.
  16. „Лабораторная диагностика“. www.mediccity.ru. Клиника МедикСити. Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.