Qurbon Boybo‘tayevich Boybo‘tayev (1911—1976) — geliotexnika sohasida faoliyat ko‘rsatgan olim, Buxoro davlat universitetida tashkil etilgan geliofizika ilmiy maktabi asoschisi.

Qurbon Boybo‘tayevich Boybo‘tayev
Tavalludi 1911-yil
Hozirgi Toshkent viloyati Bekobod tumani Qiyot qishlog‘i
Vafoti 1976-yil
Istiqomat joylari Toshkent, Buxoro, Sirdaryo
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR
Kasbi fizik olim
Sohasi geliotexnika, geliofizika
Ish joylari Buxoro davlat universiteti, Sirdaryo pedagogika instituti
Taʼlimi hozirgi Samarqand davlat universitetining fizika fakulteti
Ilmiy darajasi texnika fanlari nomzodi (1955)
Ilmiy unvoni professor (1969)
Mashhur shogirdlari fan doktorlari B.M.Ochilov, Y.N.Yoqubovm, R.Avezov, fan nomzodlari O.X.Shodiyev, M.K.Kaxxorov va boshqalar

Tarjimayi holi

tahrir

Qurbon Boybo‘tayev 1911-yilda Toshkent viloyati Bekobod tumani Qiyot qishlog‘ida tug‘ilgan. 1933-yilda hozirgi Samarqand davlat universitetining fizika fakultetiga o‘qishga kirib, 1938-yilda muvaffaqiyatli tutatgan.

1938-yildan Buxoro davlat pedagogika instituti (hozirgi Buxoro davlat universiteti)ning umumiy fizika kafedrasida assistent lavozimida ish boshlagan. 1944-yildan 1968-yilgacha Umumiy fizika kafedrasining mudiri bo‘lgan[1].

1956-yilda Moskvadagi G.M.Krjijanovskiy nomli Energetika ilmiy tadqiqot institutining maxsus ilmiy kengashida „Turli tizimli quyosh suv isitkichlarining qiyosiy tahlili“ («Сравнительные испытания различных систем солнечных водонагревателей») mavzusida nomzodlik ishini himoya qilgan[2].

Qurbon Boybo‘tayev o‘z ilmiy tadqiqotida trubasimon suv isitkichlariga nisbatan tekis ko‘zguli qozonchaning foydali ish koeffitsiyentini aniqladi, ulardagi harorat pasayishi, o‘lchash usullarini va buni geliotexnika ehtiyojlarida keng qo‘llash mumkinligini tadqiq qildi.

Qurbon Boybo‘tayev 1960-yilda hozirgi Buxoro davlat universiteti Umumiy fizika kafedrasining dotsenti bo‘ldi. U Buxoro davlat unversitetida geliofizik tadqiqotlarning asoschisi va boshlovchisi hisoblanadi. Buxoro davlat universitetida uning rahbarligida geliofiziklar maktabi tashkil qilindi. Undan fan doktorlari B.M.Ochilov, Y.N.Yoqubov, R.Avezov, fan nomzodlari O.X.Shodiyev, M.K.Qahhorov va boshqalar yetishib chiqdilar.

Qurbon Boybo‘tayev 50 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. U 1968-yildan Sirdaryo pedagogika instituti fizika fakultetida dekan lavozimida va Umumiy fizika kafedrasi mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. „Mehnat shuhrati“ ordeni, „O‘zbekiston xalq ta'limi a’lochisi“ va qator davlat mukofotlari sohibi bo‘lgan.

1969-yilda professor ilmiy unvonini olgan. Oilali, 3 nafar farzandi bor. Farzandlarining hammasi oliy ma’lumotli. Qizi Tursunoy Qurbonboyeva Buxoro davlat universiteti Umumiy kimyo kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Manbalar

tahrir
  1. Раҳматов И. Бухоролик гелиофизик олимлар, Бухоро, 2009 — 7-bet. 
  2. Байбутаев К.Б. Сравнительные испытания различных систем солнечных водонагревателей. Автореферат дисс., представл. на соискание учен. степени кандидата техн. наук / Акад. наук СССР. Энергет. ин-т им. Г. М. Кржижановского., – Москва, 1955.