Rahimboy Rahimov
Rahimboy Otajonovich Rahimov (1965-yil 20-iyun. Xiva, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori (2008), professor (2009).
Rahimboy Otajonovich Rahimov | |
---|---|
Tavalludi |
20-iyun 1965-yil Xiva, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | muhandis-quruvchi |
Sohasi | arxitektura |
Taʼlimi | Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti |
Ilmiy darajasi | texnika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirRahimboy Rahimov 1965-yil 20-iyun Xiva shahrida tugʻilgan[1]. 1982—1989 yillarda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini muxandis-quruvchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1983—1985-yillarda harbiy xizmatda boʻlgan. 1989—1995-yillarda Urganch qurilish texnikumi oʻqituvchisi, 1995—1999-yillarda Urganch davlat universiteti katta oʻqituvchisi, 2003—2009-yillarda Urganch davlat universiteti dotsenti vazifasida ishlagan. 2009-yildan Urganch davlat universiteti professori[2].
Oilasi
tahrirOilali. Uch oʻgʻil, bitta qizi bor.
Ilmiy faoliyati
tahrirRahimboy Rahimov 1999-yilda nomzodlik ishini, 2008-yilda ruscha: „Физико-химические основы автоклавной технологии силикатных материалов с улучшенными эксплуатационными свойствами“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 180 ta ilmiy ishlar, jumladan, 3 ta monografiya, 8 ta darslik, 6 ta oʻquv metodik qoʻllanma, 2 ta ixtiro muallifi. Rossiya tabiiy fanlar akademiyasi akademigi[1][2].
Mukofotlari
tahrir- „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ esdalik nishoni (2011);
- „O‘zbekiston Mustaqilligiga 25 yil“ esdalik nishoni (2016)[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.
- ↑ 2,0 2,1 „Рахимов Рахимбой Атажанович“.