Rain Man

Leonore Fleischer qalamiga mansub roman

„Rain Man“ („Yomgʻir odami“) — amerikalik yozuvchi Leonore Fleischer qalamiga mansub roman. Roman shu nomli film asosida yozilgan. Film ssenariysini Ronald Bass bilan Barry Morrow yozgan. Ssenariy uchun asos boʻlgan hikoyani ham Barry Morrow yozgan. Roman bir necha tilga tarjima qilingan.

Rain Man
Muallif(lar) Leonore Fleischer
Til inglizcha
Janr(lar)i roman
Nashriyot „Penguin Books“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1989

Syujeti

tahrir

Romanda Charlie Babbitt (talaffuzi: Charli Bebbitt) ismli qoʻpol va egoist koʻzboʻyamachi haqida hikoya qilinadi. Babbitt oʻzidan uzoqlashib ketgan otasi koʻp million dollar qiymatga ega boyliklarini Raymon (talaffuzi: Reymon) ismli boshqa oʻgʻliga meros qilib qoldirganidan xabar topadi. Charliega faqat otasining avtomobili hamda atirgul kolleksiyasi qoladi.

Charlie oʻta aqlli va autist akasi Raymond haqida avval eshitmagan boʻladi. Charlie akasiga qolgan boylikka erishish uchun uni autistlar uyidan olib chiqadi. Pirovardida ikki aka-uka bir-biriga bogʻlanib qoladi, Charlie otasi qaroridan boshqa gʻazablanmay qoʻyadi.

Havolalar

tahrir