Ras al-Xayma xalqaro aeroporti
Ras al-Xayma xalqaro aeroporti (IATA: RKT, ICAO: OMRK) (arabcha: مطار رأس الخيمة الدولي) – Birlashgan Arab Amirliklarining Ras al-Xayma amirligidagi xalqaro aeroport. Aeroport Fors koʻrfazi qirgʻogʻida, Ras al-Xayma shahridan 11 nautical mile (20 km; 13 mi) janubda joylashgan. Aeroportda ikkita yoʻlovchi terminali binosi, shuningdek, yuk tashish, samolyotlarga texnik xizmat koʻrsatish va aviatsiya oʻquv jihozlari mavjud[2].
Ras al-Xayma xalqaro aeroporti مطار رأس الخيمة الدولي | |||
---|---|---|---|
IATA kodi: RKT – ICAO kodi: OMRK | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Fuqarolik | ||
Operator | Fuqaro aviatsiyasi departmenti | ||
Joylashuvi | Ras al-Xayma | ||
Havo yoʻli tuguni | Air Arabia | ||
Dengiz sathidan balandligi | 94 ft / 29 m | ||
Koordinatalari | 25°36′48″N 055°56′20″E / 25.61333°N 55.93889°E | ||
Vebsayti | |||
Xarita | |||
| |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
m | ft | ||
16/34 | 3,760 | 12,336 | Asfalt |
Manba: BAA Aeronavtika axborot nashri[1] |
Tarixi
tahrir1976-yilda aeroport uzoq yillik hukmdor Shayx Saqr bin Muhammad al Qosimiy tomonidan ochilgan. Dubay xalqaro aeroportidan farqli oʻlaroq, Ras al-Xayma aeroporti xalqaro yoki mintaqaviy aviatsiya markaziga aylanmadi.
2007-yilda Ras al-Xayma aeroportida habi boʻlgan RAK Airways milliy aviakompaniya sifatida oʻz faoliyatini boshladi. 2008-yilda global iqtisodiy inqiroz tufayli aviakompaniya muntazam faoliyatini toʻxtatdi. 2010-yilda yangi brending va boshqaruv bilan qayta ishga tushirildi, lekin 2013-yilda faoliyatini butunlay toʻxtatdi[3][4][5].
2014-yilda RAK Airways faoliyatini toʻxtatgandan soʻng Air Arabia turli yoʻnalishlarga, xususan Pokiston, Misr, Saudiya Arabistoni va Bangladeshga tijorat reyslarini boshladi. Ras-al-Xayma keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan oʻn yil muddatga Air Arabia aviakompaniyasining markazi sifatida belgilandi[6].
Ras al-Xayma Fors koʻrfazining arab davlatlari orasida sifat menejmenti boʻyicha ISO 9001: 2000 akkreditatsiyasini olgan ikkinchi aeroport boʻldi[7]. Ayni paytda Ras al-Xayma xalqaro aeroporti yuk tashish, xususan, Ras al-Xayma erkin savdo zonasi tarkibidagi korxonalarni jalb qilish boʻyicha saʼy-harakatlarga eʼtibor qaratilmoqda[8].
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
tahrirQuyidagi aviakompaniyalar Ras al-Xayma aeroportidan muntazam va charter reyslarini amalga oshirib kemoqda:
Yoʻlovchi tashish
tahrirAviakompaniya | Manzillar |
---|---|
Air Arabia | Islomobod, Kojikode, Lohur, Peshovar, Qohira |
Air India Express | Kannur[9], Kojikode, Laknau[10] |
IndiGo | Haydarobod[11], Mumbay[12] |
Yuk tashish
tahrirAviakompaniya | Manzillar |
---|---|
IndiGo CarGo | Mumbay[13] |
Baxtsiz hodisalar va falokatlar
tahrir- 1998-yil iyul oyida Ukrainaning Ilyushin Il-76 yuk samolyoti aeroportdan koʻtarilib, yaqin atrofdagi dengizga qulab tushdi. Bortdagi barcha 8 ekipaj aʼzosi halok boʻldi[14].
Ommaviy madaniyatda eslanishi
tahrir2015-yilda Akshay Kumar bosh rolni oʻynagan "Airlift" hind filmi Ras al-Xayma aeroportida suratga olingan[15].
Manbalar
tahrirIqtiboslar
tahrir- ↑ United Arab Emirates AIP (Wayback Machine saytida 30 December 2013 sanasida arxivlangan) (login required)
- ↑ „Ras Al Khaimah International Airport-Management Team“. rakairport.com. 2013-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
- ↑ „RAK Airways takes to the skies at long last“. Arabian Business. 2016-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
- ↑ „RAK Airways: A timeline“. Arabian Supply Chain. 2016-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
- ↑ „RAK Airways Not Coming Back“. Gulf News (2014-yil 30-yanvar).
- ↑ „Air Arabia to become official carrier of Ras Al Khaimah“. Arabian Business.
- ↑ „RAK airport woos European carriers“.
- ↑ „Ras Al Khaimah International Airport - AirlinesHQ.com“. airlineshq.com. Qaraldi: 2023-yil 30-may.
- ↑ Ameya. „Air India Express adds international flights this summer, focus on Kannur“ (en). Network Thoughts (2024-yil 19-mart). Qaraldi: 2024-yil 19-mart.
- ↑ „Air India Express 2Q24 Middle East Network Additions“. AeroRoutes (2024-yil 15-aprel). Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ „INDIGO ADDS HYDERABAD – RAS AL KHAIMAH SERVICE IN LATE-2Q23“. Aeroroutes. Qaraldi: 2023-yil 8-mart.
- ↑ Joshi, Gaurav.. „UAE Expansion: IndiGo Starts New Direct Mumbai-Ras Al Khaimah Flights“ (en). Simple Flying (2022-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 24-sentyabr.
- ↑ „A look at routes where IndiGo has deployed its freighters“ (en). JetArena (2023-yil 12-aprel). Qaraldi: 2023-yil 12-aprel.
- ↑ „July 13, 1998: Cargo plane crashes off Ras Al Khaimah | Today History – Gulf News“ (2018-yil 12-iyul).
- ↑ „Akshay Kumar shoots film in Ras Al Khaimah“. Deccan Chronicle (2015-yil 20-mart).
Bibliografiya
tahrir- „RKT Ra'sal-Khaymah Airport“. FlightStats. Qaraldi: 2012-yil 20-avgust.
Havolalar
tahrir- Rasmiy veb-sayti (Wayback Machine saytida 2004-06-08 sanasida arxivlangan)