Rasim Akchurin Sulaymonovich (1931-yil 24-dekabr; Oʻzbekiston SSR, Zangiota tumani) – sovet qoʻmondoni, general-polkovnik (17.02.1990). Mashhur kardiojarroh akademik Renat Akchurinning ukasi.

Rasim Akchurin Sulaymonovich
Tavalludi 24-dekabr 1931-yil (1931-12-24) (92 yosh)
Toshkent viloyati, Zangiota tumani
Qoʻshin turlari havo mudofaa kuchlari
Xizmatdagi yillari 1951–1992
Unvoni general-polkovnik

Hayoti

tahrir

Rasim Akchurin 1931-yil 24-dekabrda Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Zangiota qishlogʻida oʻqituvchi oilasida tugʻilgan. 1933-yildan boshlab Andijonda, ota-onasining yangi ish joyida yashay boshlagan. 1949-yilda Andijondagi oʻrta maktabni tugatgan. 1949-yildan M. I. Kalinin nomidagi Leningrad politexnika institutida tahsil olgan[1].

1951-yilda institutning ikkinchi kursini tamomlab, Sovet Armiyasi safiga chaqirilgan. 1954-yilda Havo mudofaasi kuchlarining 3-Boltiq zenit-artilleriya maktabini tamomlagan (Latviya SSR, Aluksne shahri). 1954-yildan Turkiston harbiy okrugining 30-alohida havo hujumidan mudofaa korpusida vzvod komandiri (Qirgʻiziston SSR, Mayli-Say qishlogʻi), 1957-yildan S-75 zenit-raketa tizimida vzvod komandiri lavozimlarida xizmat qilgan.

1970-yilda Havo mudofaasi Harbiy qoʻmondonlik akademiyasini tamomlagan. 1970-yildan Moskva havo mudofaasi okrugida xizmat qilgan va 291-zenit-raketa polkining komandiri boʻlgan (Kostroma viloyati Neya shahri). 1973-yildan 16-havo mudofaasi korpusining (Gorkiy shahri) zenit-raketa qoʻshinlari boshligʻi boʻlgan. 1974-yilda qoʻmondon oʻrinbosari va 1982-yilda 3-Havo mudofaasi korpusi qoʻmondoni (Yaroslavl), 1982-yilda Moskva havo mudofaasi okrugi zenit-raketa kuchlari qoʻmondoni boʻlgan. 1985-yilda mamlakat Havo mudofaasi kuchlarining zenit-raketa qoʻshinlari qoʻmondoni boʻlgan. 1992-yilda zaxiraga oʻtkazilgan.

Rasim Akchurin 1993–1996-yillarda Aerokosmik kompleksni konvertatsiya qilish boʻyicha Rossiya markazida maslahatchi, 1996–1999-yillarda Rossiya Federatsiyasi hukumati maʼmuriy boʻlimi maslahatchisi, 1999-yil yanvar oyidan avgust oyigacha Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Rossiya davlat tarixiy-madaniy markazining harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi boʻlimi boshligʻi hamda 1999-yil avgustdan Moskva taʼlim boshqarmasi Harbiy-vatanparvarlik va fuqarolik taʼlimi markazi direktori lavozimlarida ishlagan.

Rasim Akchurin ijtimoiy ishlarda faol ishtirok etagan. U 1999-yildan Moskva viloyati tatar milliy-madaniy avtonomiyasi kengashi raisi, 2014-yildan esa faxriy rais boʻlgan. Shuningdek, Moskva shahar faxriylar kengashining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.

Mukofotlari

tahrir
  • Qizil Bayroq ordeni.
  • ikkinchi va uchinchi darajali „SSSR Qurolli Kuchlarida Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni.
  • Jukov medali.
  • „Rossiya dengiz flotiga 300 yil“ medali.
  • „Harbiy hamdoʻstlikni mustahkamlagani uchun“ medali.
  • V. I. Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan „Harbiy jasorat uchun“ yubiley medali.
  • „1941–1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning yigirma yilligi“ yubiley medali.
  • „SSSR Qurolli Kuchlari faxriysi“ medali.
  • „Harbiy hamdoʻstlikni mustahkamlagani uchun“ medali.
  • „SSSR Qurolli Kuchlariga 40 yil“ yubiley medali.
  • „SSSR Qurolli Kuchlariga 50 yil“ yubiley medali.
  • „SSSR Qurolli Kuchlariga 60 yil“ yubiley medali.
  • „SSSR Qurolli Kuchlariga 70 yil“ yubiley medali.
  • Birinchi, ikkinchi va uchinchi darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ medallari.
  • „Kuba inqilobiy qurolli kuchlarining 30 yilligi“ medali (Kuba, 24.11.1986)[2].
  • „Duslyk“ ordeni (Tatariston, 2021)[3].
  • „Tatariston Respublikasiga xizmatlari uchun“ ordeni (2016)[4].

Adabiyotlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Rasim Akchurin Sulaymonovich“. nailtimler.com. Qaraldi: 27-oktabr 2023-yil.
  2. Informatsiya o nagrajdenii v OBD „Pamyat naroda“.
  3. „Генерал-полковник Расим Акчурин награжден орденом «Дуслык»“. Полномочное представительство Республики Татарстан в Российской Федерации (2021-yil 24-dekabr). 2021-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-dekabr.
  4. „Расим Акчурин награжден медалью ордена «За заслуги перед Республикой Татарстан»“. Газета «Республика Татарстан» (2016-yil 26-dekabr). 2021-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-dekabr.