Rauf Parfi
Rauf Parfi (asli ismi: Tursunali Parfiyev; 1943-yil 27-sentyabr, Shoʻralisoy qishlogʻi, Yangiyoʻl tumani — 28-mart 2005-yil, Toshkent) oʻzbek shoiri. Otasi Parfi Muhammadamin savodli boʻlib, Fargʻona viloyatining Vodil qishlogʻidan shoʻrolar quvgʻini tufayli Shoʻralisoyga kelib qolgan. Onasi — Sakinaxonim Isabek qizi ham asli Fargʻonadan edi. Rauf 1958-yilda 8-sinfni tugatgach, oʻqishni Yangiyoʻl shahridagi kechki maktabda davom ettiradi va mehnat faoliyatini boshlaydi. Shoir 1960-1965-yillarda Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan. Turli yillarda Kinematografiya davlat qoʻmitasi, „Oydin“ gazetasi, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat hamda „Yozuvchi“ nashriyotlarida muharrir boʻlib ishlagan[1].
Rauf Parfi | |
---|---|
Asl ismi | Tursunali Parfiyev |
Tavalludi |
27-sentyabr 1943-yil |
Vafoti |
28-mart 2005-yil (61 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Taxallusi | Oʻzturk |
Kasbi | shoir, tarjimon |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston va SSSR |
Rauf Parfi hayoti davomida siyosiy muxolifligi uchun mustaqil Oʻzbekiston hukumati tomonidan xushlanmagan. Shuning uchun ham, oʻlimidan soʻng 2013-yilda Rauf Parfi tugʻilganiga 70 yil toʻlishi munosabati bilan[2], 2018-yilda esa 75 yil toʻlishi munosabati bilan Toshkentda oʻtkazish rejalangan tadbirlarning barchasi Oʻzbekiston rasmiylari bosimi ostida toʻxtatilgan[3].
Asarlari
tahrirBirinchi sheʼri 1957-yilda eʼlon qilingan.
- „Karvon yoʻli“ (1968);
- „Aks-sado“ (1970);
- „Tasvir“ (1973);
- „Xotirot“ (1974);
- „Koʻzlar“ (1976);
- „Qaytish“ (1981);
- „Sabr daraxti“ (1986);
- „Sukunat“ (1991);
- „Tavba“ (2001) sheʼriy toʻplamlari bor.
× "Adashgan ruh" dostoni muallifi
Rauf Parfi lirik qahramon ruhiy olamining nozik evrilishlarini mahorat bilan tasvir etuvchi sheʼrlari bilan tanilgan. Shoir soʻzning rang va ohanglaridan, sheʼriy tasvir vositalaridan oʻziga xos uslubda foydalanadi. Sheʼrlari bir necha xorijiy tillarga tarjima qilingan[4].
Rauf Parfi Bayronning „Manfred“, Nozim Hikmatning „Inson manzaralari“, Karlo Kaladzent „Dengiz xayoli“ va boshqa jahon sheʼriyati klassiklarining sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.[5]
Vafoti
tahrirRauf Parfi 2005-yil 28-martda Toshkent shahrida 61 yoshida vafot etadi.
Manbalar
tahrir- ↑ Rauf Parfi: Antologiya sudbi
- ↑ „Oʻzbekistonda Rauf Parfining yubileyini keng nishonlashga ruxsat berilmagan“. BBC Oʻzbek (25-sentyabr 2013). Qaraldi: 25-sentyabr 2013.
- ↑ Shuhrat Bobojon.. „Rauf Parfining Navoiy kutubxonasida oʻtkazilishi rejalangan yubileyi taqiqlandi“. Ozodlik radiosi (19-sentyabr 2018). Qaraldi: 29-sentyabr 2018.
- ↑ Rauf Parfi[sayt ishlamaydi]
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
tahrir- Rauf Parfi: Nahotki bu elning qahramoni yoʻq?…
- Arboblar.uz (Wayback Machine saytida 2020-09-29 sanasida arxivlangan)
- Mytashkent.uz
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |