Ravshan Gʻulomov

Oʻzbekiston davlat arbobi, iqtisodchi

Gulyamov Ravshan Ayupovich – 2019-yildan Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining iqtisodiy-ijtimoiy siyosat boʻyicha davlat maslahatchisi[1].

Ravshan Ayupovich Gʻulomov
ruscha: Равшан Аюпович Гулямов
 Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining iqtisodiy-ijtimoiy siyosat boʻyicha davlat maslahatchisi
Mansab davri
2019-yil 4-iyuldan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Vyacheslav Golishev
 Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi
Mansab davri
2017-yildan – 2018-yilgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Najmiddinxo‘ja Sharipov
 Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri
Mansab davri
2011-yildan – 2012-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Galina Saidova
Vorisi Elyor Gʻaniyev
 Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri
Mansab davri
2010-yildan – 2011-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Sunnatilla Bekenov
Vorisi Galina Saidova
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 28-iyul 1968-yil (1968-07-28) (56 yosh)
Toshkent
Mukofotlari

Biografiya

tahrir

1968-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati – oʻzbek.

Maʼlumoti – oliy, 1992-yilda Toshkent davlat universiteti, 1998-yilda Avstraliya milliy universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati 1985—1992 – Toshkent davlat universiteti talabasi.

1986—1988 – harbiy xizmat.

1992—1992 – Davlat banki davlat byudjeti boshqarmasi 2-toifali mutaxassisi.

1992—1994 – Markaziy bank valyuta-iqtisodiy bosh boshqarmasi 2-toifali iqtisodchisi, bosh eksperti, sektor mudiri, bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosari.

1994—1998 – Markaziy bank valyuta nazorati va tashqi aloqalar departamenti direktori oʻrinbosari.

1998—2001 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi xizmati bosh konsultanti.

2001—2004 – Markaziy bank raisining oʻrinbosari.

2004—2006 – Milliy bank boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari.

2006—2007 – „Asaka“ davlat-aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi.

2007—2009 – Taraqqiyot va rivojlanish fondi ijrochi direktori.

2009—2010 – Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari.

2010—2011 – Iqtisodiyot vaziri.

2011—2012 – Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.

2012—2017 – Taraqqiyot va rivojlanish fondi ijrochi direktori.

2017-2018 – Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi.

2018—2019 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudiri.

2019—2019 – Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi oʻrinbosari[2].

2019-yildan – Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining iqtisodiy-ijtimoiy siyosat boʻyicha maslahatchisi[3].

Manbalar

tahrir