Elyor Gʻaniyev
Gʻaniyev Elyor Majidovich (1960-yil 1-yanvar, Sirdaryo viloyati) — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri (2020-2020), Savdo vaziri (1997-2005, 2006-2010, 2012-2017), Tashqi ishlar vaziri (2005-2006, 2010-2012), Bosh vazirining oʻrinbosari (2002-2006, 2009-2012, 2019-2020).
Gʻaniyev Elyor Majidovich | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri | |
Mansab davri 2020-yil 22-yanvar – 2020-yil 8-avgustgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Ochilboy Ramatov |
Vorisi | Ilhom Mahkamov |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri | |
Mansab davri 2012-yil 13-yanvar – 2017-yil 1-noyabrgacha | |
Hukumat boshligʻi |
Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Galina Saidova |
Vorisi | Jamshid Xoʻjayev |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri | |
Mansab davri 2010-yil 1-noyabr – 2012-yil 13-yanvargacha | |
Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Vladimir Norov |
Vorisi | Abdulaziz Komilov |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri | |
Mansab davri 2006-yil – 2010-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Ravshan Gʻulomov |
Vorisi | Galina Saidova |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri | |
Mansab davri 2005-yil 3-fevral – 2006-yil 12-iyulgacha | |
Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Sodiq Safoyev |
Vorisi | Vladimir Norov |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi | |
Mansab davri 2002-yil – 2005-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi |
Oʻtkir Sultonov Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | lavozim ta'sis etilgan[1] |
Vorisi | lavozim bekor qilingan |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri | |
Mansab davri 1997-yil – 2002-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi | Oʻtkir Sultonov |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | T. Rahimov |
Vorisi | lavozim bekor qilingan |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1-yanvar 1960-yil Sirdaryo, OʻzSSR |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrir1960-yil 1-yanvarda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan.
1981-yilda Toshkent politexnika institutining neft va gaz sanoati texnik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
1981-1985 — Toshkent politexnika instituti oʻqituvchisi.
1985-1990 — Qurolli Kuchlar xizmatida.
1990-1992 — Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari davlat qoʻmitasi katta referenti.
1992-1993 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi boshqarma boshligʻi.
1993-1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti boʻlim boshligʻi.
1994-1997 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosari.
1997-2002 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri.
2002-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi.
2005-2006 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Tashqi ishlar vaziri.
2006-2009 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.
2009-2010 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.
2010-2012 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Tashqi ishlar vaziri.
2012-yil 13-yanvardan 2017-yil 28-noyabrgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.
2017-yil 1-noyabrdan 2019-yil 28-yanvargacha — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy-ijtimoiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisining oʻrinbosari[2].
2019-yil 28-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — investitsiyalar, tashqi iqtisodiy aloqalar, innovatsiyalar, erkin iqtisodiy zonalar majmuasi rahbari etib tayinlandi.[3]
2020-yil 22-yanvardan 8-avgustgacha Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri.[4]
2005-yildan 2018-yilgacha — Oʻzbekiston Voleybol federatsiyasi Prezidenti.[5]
Ingliz tilini biladi.
1996-yilda Doʻstlik ordeni berilgan[6]
Oilasi
tahrirOilali, besh nafar farzandi bor[7].
Otasi — Majid Gʻaniyev, Sirdaryo viloyati ijroiya qoʻmitasida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
Manbalar
tahrir- ↑ https://nrm.uz/contentf?doc=416484_2002_g&products=1_vse_zakonodatelstvo_uzbekistana
- ↑ Elyor Gʻaniyev prezident apparatiga
- ↑ Elyor Gʻaniev bosh vazir oʻrinbosari lavozimiga qaytdi
- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/01/22/elyor-ganiyev-nomzodi-vazirlik-lavozimiga-korsatildi
- ↑ https://m.kun.uz/news/2019/11/02/dilmurod-nabiyev-endi-ozbekiston-voleybol-federatsiyasini-ham-boshqaradi
- ↑ PF-1548-son 26.08.1996. Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida
- ↑ Biografiyasi