Roʻdakiy tumani
Roʻdakiy tumani (tojikcha: ноҳияи Рӯдакӣ) – Tojikistonning maʼmuriy-hududiy birligi, respublikaga boʻysunuvchi tuman.
Tuman | |
---|---|
Tegishli | RBT |
Maʼmuriy markazi | Somoniyon |
Asos solingan sanasi | 1927-yil sentyabr |
Hikmatullozoda Abdugʻaffor (2023-yildan beri)[1] | Hokim |
Rasmiy tili | tojikcha |
Aholi (2022) |
387 200[2] (18,4 % ) |
Millatlar tarkibi | tojiklar, oʻzbeklar |
Dinlar tarkibi | musulmon – sunniy |
Maydoni | 1700 km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Qisqacha | RU |
Kod ISO 3166-2 | TJ.RR.RU |
Telefon kodi | +992 3137 |
Pochta indeksi | 735100 |
Internet domeni | .tj |
Rasmiy sayti | hukumat-rudaki@mail.ru |
Xaritada | |
38°25′0″N 68°50′0″E / 38.41667°N 68.83333°E |
Tarixi
tahrirSovet davrigacha boʻlgan tarixi
tahrirQadim zamonlardan beri hozirgi Roʻdakiy tumani joylashgan hududda asosiy mashgʻuloti chorvachilik va dehqonchilik boʻlgan odamlar yashagan. Turli davrlarda mahalliy yer va uning aholisi Soʻgʻd, Baqtriya, Sosoniylar davlati, Kushon podsholigi, Somoniylar davlati (IX-X asrlar), Gʻaznaviylar sultonligi (X-XII asrlar), Moʻgʻullar davlati,Temuriylar imperiyasi, Shayboniylar hamda Ashtarxoniylar boshqaruvidagi Buxoro xonligi va Buxoro amirligi (XVIII-XX asr boshlari) tarkibida boʻlgan.
Tuman hududida IX-XII asrlarga oid quyidagi tarixiy-arxeologik joylar aniqlangan: Chorgultepa va Tojxon, jumladan Chorgultepa, Oli Somon, Obi Shifo, Koʻktosh, Qariyai Qamar va Bachamazor qishloqlari; Guliston – Mavlaviy, Sabzikor, Tezgar, Falakon qishloqlari bilan; Rohatiy – Machiton, Nilkon, Teppayi Samarqandi, Simiganj qishloqlari bilan; Chorteppa – Kampir-qalʼa, Shaynak, Mortepa, Chortepa qishloqlari bilan; Esanboy – Namozgoh, Bibihuram, Xoʻja Tutbuloq, shuningdek, Qalʻa-Kofarnixon[3].
Sovet davri tarixi
tahrir1920—1921-yillarda Oʻrta Osiyoda roʻy bergan inqilobiy voqealar natijasida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzildi. BXSR tarkibida Hisor bekligi yerlari ham kirgan.
Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish oʻtkazilishi natijasida 1924-yilda Oʻzbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSR tashkil etildi.
1927-yil 17-sentyabrda maʼmuriy-hududiy chegaralanishdan keyin Tojikiston ASSRning Hisor viloyati tarkibida Laqay-Tojik tumani tashkil etildi. Yosh respublika maʼmuriy birligining bu dastlabki nomi hududda yashovchi mahalliy xalqlar – laqaylar va tojiklar sharafiga shunday nomlangan.
1933-yil 7-martda Tojikiston SSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasining 1932-yil 29-avgustdagi Farmonini bajarish maqsadida Laqay-Tojik tumani nomi bekor qilindi, yangi nom sifatida tuman markazining geografik nomi – Koʻktosh toponimi qoʻllandi. Tuman esa Tojikiston SSR Stalinobod viloyatining Koʻktosh tumani nomini oldi[4].
1955-yil 14-sentyabrda Koʻktosh tumani tugatilib, uning hududi qoʻshni Stalinobod tumaniga oʻtkazildi[5]. 1956-yil 20-iyunda Stalinobod tumani markazi Yana-Chirchiq shaharchasidan Koʻktosh shaharchasiga koʻchirildi[6] (1956-yil 1-oktyabrda shaharcha nomi Sardorov Qoraxon shaharchasi deb oʻzgartirildi[7]).
Tojikiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1960-yil 1-noyabrdagi farmoni bilan Stalinobod tumani Stalinobod shahar mehnatkashlari deputatlari kengashining maʼmuriy-xoʻjalik boʻysunishiga oʻtkazildi va Stalinobod shahrining (1961-yildan – Dushanbe shahri) Lenin tumani deb nomlandi[8].
1961-yil 4-mayda Lenin tumani Stalinobod shahar kengashining maʼmuriy boʻysunuvidan chiqarilib, toʻgʻridan-toʻgʻri respublika organlari boʻysunishiga oʻtkazildi[9].
1963-yil 4-yanvarda maʼmuriy markazi Sardorov shaharchasi boʻlgan Lenin qishloq tumani respublika boʻysunishiga oʻtkazildi va u oʻtgan oʻn yilliklar davomida saqlanib qoldi.
1965-yil 5-yanvarda Lenin tumanida Lohur, Sultonobod, Tojikiston SSRning 40 yilligi, Qoʻshtepa va Ispechak qishloq kengashlari tuzildi.
Yangi tarixi
tahrir1991-yil 9-sentyabrda Tojikiston mustaqillikka erishgach, Lenin tumani Tojikiston Respublikasi tarkibidagi respublikaga boʻysunuvchi tuman maqomini saqlab qoldi.
2003-yil 21-noyabr sanasidagi Tojikiston Oliy Majlisining 462-sonli Farmoni bilan Lenin tumani nomi buyuk fors shoiri Abu Abdulloh Rudakiy sharafiga Roʻdakiy tumani deb oʻzgartirildi.
2020-yilda tumanning 76,6 km² hududi poytaxt Dushanbega oʻtkazildi[10].
Geografiyasi
tahrirRoʻdakiy tumani Tojikistonning Hisor vodiysida joylashgan. Shimol va shimoli-sharqda Tojikistonning Varzob, Hisor, Shahrinav, Vahdat tumanlari, gʻarbda Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyati, janub va sharqida Tojikistonning Xatlon viloyatining Qubodiyon, Doʻstiy, Xuroson va Yovon tumanlari bilan chegaradosh.
Roʻdakiy tumanining maʼmuriy markazi – Somoniyon shaharchasi, poytaxt Dushanbedan (temir yoʻl vokzalidan) 17 km janubda, Rangontogʻ togʻ tizmasining shimoliy etagida, Hisor vodiysidan oqib oʻtuvchi Amudaryoning irmogʻi sanaladigan Kofarnihon daryosidan 3 km uzoqlikda, oʻng tomonda joylashgan.
Aholisi
tahrirTuman aholisi 2017-yil 1-yanvar holatiga koʻra 472 219 kishini tashkil etadi, shu jumladan shahar, uchta shaharcha – Somoniyon (22,6 ming), Mirzo Tursunzoda (18,8 ming), Navobod (9,5 ming) – jami 51 928 kishini tashkil etadi, bu umumiy aholi sonining 11% degani[11].
Roʻdakiy tumani aholisi 2021-yil 1-yanvar holatiga koʻra 602 740 kishi (95 872 xonadon) boʻlishi kerak edi. Biroq, 218 260 nafar aholi (35 767 xonadon) istiqomat qiladigan tumanning 76 59 gektar yer maydoni Dushanbe shahriga oʻtkazildi[12].
Maʼmuriy-hududiy boʻlinishi
tahrirRoʻdakiy tumani tarkibiga 3 ta shaharcha – Somoniyon, Navobod va Mirzo Tursunzoda, shuningdek, 13 ta qishloq fuqarolar yigʻinlari (tojikcha: ҷамоатjamoat) bor[13]:
QFY | Aholisi (2015-yil)[13] |
---|---|
Mirzo Tursunzoda shaharchasi | 17 900[14] |
Navobod shaharchasi | 9 100[14] |
Somoniyon shaharchasi | 22 600[14] |
Guliston | 41 130 |
Zaynabobod | 36 844 |
Qiblay | 13 860 |
Lohur | 20 047 |
Rohatiy | 32 152 |
Rossiya | 31 030 |
Sarikishtiy | 38 474 |
Sultonobod | 16 066 |
Chimtepa | 45 221 |
Chorgultepa | 37 551 |
Chortepa | 32 076 |
Choryakkoron | 14 496 |
Esanboy | 20 072 |
Boshqaruvi
tahrirTuman maʼmuriyati – hokimyati rahbari Tojikiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan rais hisoblanadi. Tumanning qonun chiqaruvchi organi – Xalq deputatlari majlisi boʻlib, 5 yil muddatga xalq tomonidan saylanadi.
Sanoat va qishloq xoʻjaligi
tahrirHozirda tuman hududida 122 sanoat korxonasi, 56 qurilish tashkiloti, 3 transport, 2 togʻ-kon, 10 kommunal va maishiy korxona, 8 bozor, 3 savdo majmuasi faoliyat koʻrsatmoqda.
Tuman aholisi bevosita qishloq xoʻjaligiga aloqador tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadi. 2017-yil yanvar oyidagi statistik maʼlumotlarga koʻra, tumanda 4 ming 650 dan ortiq fermer va dehqon xoʻjaligi faoliyat yuritmoqda.
Tumanning taniqli shaxslari
tahrir- Abdurahim Hamroevich Rahimov (01.05.1952 – 09.08.2001) – 2001-yil yanvardan 2011-yil 8-sentyabrga qadar Tojikiston Respublikasi Madaniyat vaziri.
- Halimaxon Sulaymonova (1907−…?) – Tojikiston SSR Koʻktosh viloyatining Kaganovich nomidagi kolxozning paxtani qoʻlda terish rekordchisi, ikki marta Sotsialistik Mehnat Qahramoni va „Oʻroq va bolgʻa“ oltin medallari (1947, 1948), Lenin ordeni va ikkita Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1944, 1946) sohibasi[15][16].
- Karomatullo Qurbonov (1961-1992) – mashhur tojik xonandasi, sozandasi va bastakori, estrada yoʻnalishida xalq qoʻshiqlarini qayta ishlash muallifi va ijrochisi – „Gulshan“ Tojikiston davlat vokal-instrumental ansambli solisti[17]. Roʻdakiyliklar xalq hofizi va hamyurti xotirasi sharafiga tuman markazi – Somoniyon shaharchasida haykalini oʻrnatgan[18].
- Ibrohimbek Laqay (1889−1931) – shoʻro hukumati oʻrnatilishiga qarshi kurashgan xalq qahramoni, bosmachi. Chekaboy toʻqsaboning oʻgʻli[19], Koʻktosh qishlogʻida tugʻilgan. Laqay urugʻi oqsoqoli. 1921—1931-yillarda Tojikiston va Oʻzbekistonning janubiy viloyatlarida (Sharqiy Buxoroda) bosmachilar harakatiga rahbari[20][21].
- Mirzomurod Rahimov (1960−1980) – baynalmilalchi-jangchi, Lenin tumani Chortepa qishlogʻida tugʻilgan; 1980-yil 3-avgust – jangda qahramonlarcha halok boʻlgan, oʻzini fidokorona oʻqqa tutib, safdoshlarini qutqargan. Harbiy jasorati uchun vafotidan keyin Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan[22].
- Muqim Sultonov (1894-1975) – Shoʻriyonbosh qishloqdagi qizil tayoq dehqon otryadi komandiri. Laqay tumani „Qizil yulduz“ kolxozi raisi; shoʻrolarga qarshi kurashgan – Ibrohimbekni qoʻlga olish (1931-yil 23-iyun) ishtirokchisi[23] . Lenin ordeni, ikkita Qizil Bayroq ordeni kavaleri [24].
- Qoraxon Sardarov (1905-1952) – Koʻktosh qizil tayoq dehqon otryadi komandiri, Laqay tumanida Sovet hokimiyatini oʻrnatish faoli; Tojikiston SSR Mehnat Qizil Bayroq ordeni kavaleri (1930), ikkita RSFSR Qizil Bayroq ordeni (1926, 1932) sohibi[25][26] .
- Quvondiq Tashev (1882-1938) – qizil tayoq dehqon otryadi komandiri, Laqay tumanida Sovet hokimiyatini oʻrnatish faoli, 1920-1930 yillarda Tojikistonda bosmachilarga qarshi kurash qahramoni. Unga atab Somoniyon shaharchasida yodgorlik oʻrnatilgan.
- Qumrixon Abdurahimova (taxminan 1920−..?) – Sotsialistik mehnat arbobi, kolxozchi, Tojikiston SSR Stalinobod viloyati Koʻktosh tumanidagi Kaganovich nomidagi kolxozning paxtani qoʻlda terish rekordchisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni, Lenin ordeni sohibasi (1948-yil)[15][27][28].
- Rahmonqul Jabarov (1902−..?) – Tojikiston SSR Stalinobod viloyati Koʻktosh tumanidagi Kaganovich nomidagi kolxoz raisi (1930—1950); Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1947-yil), uchta Lenin ordeni (1944, 1947, 1948), Vatan urushi (1946) ordeni sohibi[28][29] .
- Semyon Alekseevich Zinovyev (1907−..?) – 1937—1941-yillarda Tojikiston SSR Kommunistik partiyasi Koʻktosh tuman qoʻmitasi birinchi kotibi.
- Sergey Dmitrievich Kotov (1911-1981) – Lenin tumanidagi A. S. Pushkin nomidagi 1-sonli maktab tarix oʻqituvchisi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi; Buxenvald konslageri asiri (Germaniya), ushbu konslagerda fashistlarga qarshilik koʻrsatish tashkilotchilaridan biri (1943-1945); Qizil Yulduz ordeni kavaleri.
- Xojiraxon Rasulova (1917 – taxminan 1987-yil) – Tojikiston SSR Koʻktosh tumanidagi „Qizil yulduz“ fermer xoʻjaligi paxtani qoʻlda terish rekordchisi, SSSR Sotsialistik Mehnat Qahramoni, ikkita Lenin ordeni (1947, 1948), Mehnat Qizil Bayroq ordenlari (1946, 1957) sohibasi[30].
- Yoʻldosh Sohibnazarov (1902-1979) – qizil tayoq dehqon otryadi komandiri, Laqay tumanida Sovet hokimiyatini oʻrnatish faoli, 1920-1930-yillarda Tojikistonda bosmachilarga qarshi kurash qahramoni, davlat arbobi. Lenin ordeni kavaleri[31] .
- Zaynabbibi Qurbonova (1887−1928) – birinchi sovet tojik ayolrahbari – Tojikiston ASSR Laqay tumani mehnatkashlar deputatlari kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi[32][33] .
Yodgorliklari
tahrir- Abu Abdulloh Rudakiy haykali – Fors va tojik mumtoz adabiyotining asoschisining haykali. 2003-yilda tuman markazi – Somoniyon shaharchasining markaziy maydoniga oʻrnatilgan. Ayni yilda tuman nomi shoir sharafiga Roʻdakiy deb qayta nomlandi
- Vladimir Ilich Lenin haykali – dunyodagi birinchi sotsialistik davlat – Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqining asoschisi; 2003-yilgacha u tuman markazining markaziy maydonida Lenin haykali turgan boʻlsa, hozirda saqlanib qolmagan. Leninning yana bir haykali oldin „Moskva“ kolxozining „Partizani Surx“ maktabi oldida turar edi, hozirda Roʻdakiy tumanidagi Harbiy va mehnat shon-sharafi yodgorlik majmuasi hududida joylashgan.
- Tojik askari haykali- tojik sovet askarining ramziy haykali. Ikkinchi jahon urushi davrida SSSR va Yevropa xalqlarini fashistlar, Gitler Germaniyasi zulmidan ozod qilgan askarlar sharafiga 1975-yilda – Ulugʻ Vatan urushining 30 yilligiga bagʻishlab qoʻyilgan. Roʻdakiy tumani Harbiy va mehnat shon-sharafi yodgorlik majmuasi markazida oʻrnatilgan.
- Karomatullo Qurbonov (1961−1992) haykali – mashhur tojik qoʻshiqchisi va bastakori, estrada sanʼatida xalq qoʻshiqlarini estrada yoʻnalishida qayta kuylagan muallif va ijrochi – „Gulshan“ Tojikiston davlat vokal-instrumental ansambli solisti[17]. Karomatullo Qurbonov haykali tuman markazi – Somoniyon shaharchasida oʻrnatilgan[18] .
- Mixail Abramovich Plavelskiy (1908−1931) haykali – Y. M. Sverdlov nomidagi alohida Stalinobod aviatsiya otryadining harbiy uchuvchisi, jangovar topshiriqni bajarayotib asirga olingan va 1931-yil 11-aprelda Xoji Bebok dovonida bosmachilar tomonidan oʻldirilgan. Dovon keyinchalik „Gardani kushti“ (oʻzbekcha: „kesilgan boʻyin“) deb nomlagan. Uchuvchi M. A. Plavelskiy haykali Dushanbedan Boxtarga olib boruvchi avtomagistralning ayrilishiga oʻrnatilgan[34][35].
Manbalar
tahrir- ↑ „Указы Президента Республики Таджикистан | NIAT „Xovar““ (ru-RU). 2023-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-mart.
- ↑ „Численность населения Республики Таджикистан на 1 января 2022 года“.
- ↑ „История Таджикистана: от неолита до Бактрии и Согда - к современности“. 2021-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
- ↑ „О переименовании одноимённых районов, центров и почтово-телеграфных учреждений на территории УССР, УЗССР, ТуркССР и ТаджССР // Исторические материалы“. 2021-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-yanvar.
- ↑ Vedomosti Verxovnogo Soveta SSSR. № 19 (837), 1955 g.
- ↑ Vedomosti Verxovnogo Soveta SSSR. № 16 (858), 1956 g.
- ↑ Vedomosti Verxovnogo Soveta SSSR. № 23 (865), 1956 g.
- ↑ Vedomosti Verxovnogo Soveta SSSR. № 46 (1030), 1960 g.
- ↑ SSSR. Administrativno-territorialnoe delenie soyuznix respublik: Dopolnenie k spravochniku vipuska 1960 goda. – M.: Izd-vo „Izvestiya Sovetov deputatov trudyaщixsya SSSR“, 1961.
- ↑ „Постановление Правительства Республики Таджикистан от 29 февраля 2020 года, №152 "О предложениии маджлисов народных депутатов города Душанбе и района Рудаки об изменении границ города Душанбе и района Рудаки"“. www.adlia.tj. Qaraldi: 2023-yil 13-mart.
- ↑ „Численность населения Республики Таджикистан на 1 января 2017 года. Сообщение Агентства по статистике при Президенте Республики Таджикистан“. 2015-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-may.
- ↑ Вечёрка. „Рудаки "едет" в Душанбе или расширение столичной географии“ (ru-RU). Вечёрка (2022-yil 11-fevral). Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
- ↑ 13,0 13,1 Jamoat-level basic indicators, United Nations Development Programme in Tajikistan, accessed 13 October 2020
- ↑ 14,0 14,1 14,2 „Population of the Republic of Tajikistan as of 1 January 2015“ (ru). Statistics office of Tajikistan. 2015-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 15,0 15,1 „Герой Социалистического Труда Сулейманова Халимахон :: Герои страны“ (ru). www.warheroes.ru. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Российский государственный архив кинофотодокументов“ (ru). photo.rgakfd.ru. 2018-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-oktyabr.
- ↑ 17,0 17,1 „ВИА «Гульшан» — Музыка 70-80-х“ (ru). abrgen.ru. 2019-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-oktyabr.
- ↑ 18,0 18,1 „Талант убить не удалось. Памяти Кароматулло Курбанова | Новости Таджикистана ASIA-Plus“ (ru). news.tj. 2018-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Высшие государственные должности в Бухарском эмирате“ (ru). testhistory.ru. 2019-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Ибрагим-бек. История локайского Робин Гуда — Михаил Гефтер“ (ru). gefter.ru. 2019-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Тайная сделка советской власти с главным «басмачом» Средней Азии — BBC News Русская служба“. www.bbc.com. 2019-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Всё о Таджикистане — Район им. А.Рудаки“ (ru). tojkiston.ucoz.ru. 2019-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Конец Ибрагим-бека (1929—1930) — Письма о Ташкенте“. mytashkent.uz. 2019-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Ордена Советских республик. — Этими жалкими побрякушками можно управлять людьми! Наполеон Бонапарт“. nagradoved.livejournal.com. 2017-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-oktyabr.
- ↑ „отвага — Страница 2 — Медаль «За Отвагу» — SAMMLER.RU“ (ru). www.sammler.ru. 2018-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Орден красного знамени — Документ — стр. 4“ (ru). textarchive.ru. 2018-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-oktyabr.
- ↑ Kumrixon Abduraximova – NEB.RF[sayt ishlamaydi]
- ↑ 28,0 28,1 „Мастера земли | Смена“ (ru). smena-online.ru. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Герой Социалистического Труда Джабаров Рахманкул :: Герои страны“ (ru). warheroes.ru. 2019-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Герой Социалистического Труда Расулова Ходжирахон :: Герои страны“ (ru). www.warheroes.ru. 2019-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-oktyabr.
- ↑ Хабибуло Назаров. „Юлдаш-командир“ (ru). biblus.ru. 2018-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-oktyabr.
- ↑ „2-й Всесоюзный съезд работниц и крестьянок“ (ru). csdfmuseum.ru. 2021-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Таджикистан после революции 1917 года в фотографиях — BBC News Русская служба“. www.bbc.com. 2019-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Журнал "Мишпоха"連縁天影戦記“. 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-iyun.
- ↑ „Пять душанбинских памятников, которые вы, возможно, никогда не видели | Новости Таджикистана ASIA-Plus“ (ru). news.tj. 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-oktyabr.
Adabiyotlar
tahrir- Axror Tabarov. Noxiyai Lenin dar masiri tarix (Lenin tumani tarix jarayonlarida). Dushanbe, 1997-yil.
- Xolmahmad Mashrabov. Az sohili Eloq to Reyxstag (Iloq sohilidan Reyxstaggacha). Dushanbe, „Donish“ nashriyoti, 2005-yil