Robaxon Mahmudova
Robaxon Anvarovna Mahmudova (ruscha: Робахон Анваровна Махмудова; 1958-yil, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik huquqshunos, sudya va senator. 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi etib saylangan. 2020-yil 13-iyuldan boshlab u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari — maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlar kollegiyasining raisi lavozimini egallab kelgan. 2023-yil 21-may kunidan boshlab Robaxon Mahmudova Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasidan prezidentlik sayloviga oʻz nomzodini qoʻyganidan keyin, uning sudlar kollegiyasi raisi lavozimi vaqtincha toʻxtatilgan[1]. 2024-yil 20-yanvardan „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi raisi etib saylangan[2].
Robaxon Mahmudova | |
---|---|
Adolat sotsial-demokratik partiyasi raisi | |
Mansab davri 2024-yil 20-yanvardan | |
Oʻtmishdoshi | Bahrom Abduhalimov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
9-noyabr 1958-yil Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Fuqaroligi |
SSSR→ Oʻzbekiston |
Millati | oʻzbek |
Kasbi | advokat, sudya |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirRobaxon Mahmudova 1958-yil Fargʻona viloyatida tavallud topgan. 1983-yilda Toshkent davlat universitetining Huquqshunoslik fakultetini tamomlagan. U Fargʻona viloyati Jinoyat ishlari boʻyicha sudining raisi boʻlib ishlagan[3]. 2008-yil 29-avgustgacha u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida ishlagan. 2017-yildan 2020-yilgacha u Oʻzbekiston Prezidentining Fargʻona viloyatidagi Xalq qabulxonalari rahbari sifatida ishlagan[4].
2020-yil yanvar oyida u IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining senatori va Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash qoʻmitasi raisi etib saylandi[5]. 2020-yil 13-iyulda O'zbekiston Oliy Majlisi Senati Robaxon Mahmudovani 10-yil muddatga Oʻzbekiston Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari etib sayladi, shuningdek uni Fan,Taʼlim va sogʻliq boʻyicha qoʻmita raisi lavozimidan ozod qildi[6]. 2024-yil 20-yanvardan „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi raisi etib saylangan[2].
Mukofotlar
tahrir2020-yil 6-martda Oʻzbekiston Prezidenti farmoni bilan Shavkat Mirziyoyev „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlandi[7].
Manbalar
tahrir- ↑ „Судебные полномочия Робахон Махмудовой приостановлены — Верховный суд“. Gazeta uz (2023-yil 12-may). Qaraldi: 15-may 2023-yil.
- ↑ 2,0 2,1 „Robaxon Mahmudova «Adolat» partiyasi raisi etib saylandi“ (kun.uz). 2024-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-yanvar.
- ↑ https://centrasia.org/person2.php?st=1220126007
- ↑ https://uz.sputniknews.ru/20200122/Stali-izvestny-imena-predsedateley-Komitetov-nizhney-palaty-parlamenta-13281845.html
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2020/01/21/heads/
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2020/07/12/makhmudova/
- ↑ https://centrasia.org/person2.php?st=1220126007