Rodeziya
Rodeziya (inglizcha: Rhodesia [roʊˈdiːʒə]) – 1965-yildan 1979-yilgacha mavjud boʻlgan va Janubiy Afrika hududidagi Janubiy Rodeziya koloniyasi hamda hozirgi Zimbabve hududida joylashgan tan olinmagan mamlakat.
Rodeziya Tan olinmagan davlat; dominion (1970-yilgacha) | |||||||||
| |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||||
Shiori lotincha: Sit Nomine Digna | |||||||||
Madhiya Rise, O Voices of Rhodesia | |||||||||
Poytaxti | Salisbury | ||||||||
Til(lar)i | ingliz | ||||||||
Pul birligi | Rodeziya funti (1970-yilgacha) Rodeziya dollari (1970-yildan keyin) | ||||||||
Maydoni | 390 580 km² | ||||||||
Aholisi | 6 930 000 (1978-yil) | ||||||||
Boshqaruv shakli | Konstitutsiyaviy monarxiya (1965–1970) Parlamentar respublika (1970–1979) | ||||||||
Prezident | |||||||||
- 1970–1975 | Clifford Dupond | ||||||||
- 1976–1978 | John Wrathall | ||||||||
- 1978–1979 | Jack Pithey | ||||||||
- 1975–1976, 1978–, 1978–1979 | Henry Everard | ||||||||
Bosh vazir | |||||||||
- 1965–1979 | Ian Smith | ||||||||
Tarix | |||||||||
- 11-noyabr 1965-yil | Mustaqillik | ||||||||
- 2-mart 1970-yil | Respublikaning eʼlon qilinishi | ||||||||
- 1-iyun 1979-yil | Tugatilishi | ||||||||
Janubiy Rodeziya 1964-yil boʻlib oʻtgan referendum natijalariga koʻra 1965-yilda Buyuk Britaniyadan mustaqilligini eʼlon qiladi. Dastavval koloniya Buyuk Britaniyaning mustaqil dominioni boʻlishga umid qiladi, lekin 1970-yilda, Buyuk Britaniyaning jahon hamjamiyatiga Rodeziyaning mustaqilligini tan olmasligi haqidagi murojaatnomasidan keyin oʻzini respublika deb eʼlon qiladi. Yangi mamlakatning hokimiyatida Ian Smith boshchiligidagi Rodeziya fronti oqlar partiyasi turgan.
1979-yilda, uzoq yillik fuqarolar urushidan soʻng hokimiyatga tub qora tanli aholi boshchiligidagi harbiylashgan guruhlar keldi. Davlat nomi dastlab Zimbabve-Rodeziyaga, keyinchalik esa Zimbabvega oʻzgartiriladi. Shuningdek barcha davlat ramzlari ham almashtirilgan. Buyuk Britaniya va boshqa davlatlar 1980-yilda Zimbabve mustaqilligini tan olgan.
Rodeziya oʻz nomini Cecil Rhodes – ingliz biznesmeni sharafiga olgan.
Tarixi
tahrirRodeziya 1965-yilda Buyuk Britaniyadan mustaqilligini eʼlon qilgan. Bunga asosiy sabab bosh vazir Ian Smith boshchiligidagi Rodeziya hukumati umumiy ovoz berish huquqi haqidagi qonunga qarshi chiqqanligi edi. Dastlab koloniya mustaqil dominionlik huquqini olishga umid qilgan, lekin 1970-yilda, jahon hamjamiyati Rodeziya mustaqilligini tan olishni rad etgandan soʻng referendum natijasiga koʻra u Rodeziya respublikasi deb eʼlon qilingan.
1979-yilda Smith hukumati oppozitsiya bilan ichki kelishuv imzolashga majbur boʻldi. Unga koʻra, umumiy saylov oʻtkazilgan va uning natijalariga koʻra yepiskop Abel Muzorewa gʻalaba qozongach, davlat nomi Zimbabve-Rodeziyaga oʻzgartirilgan.
Buyuk Britaniya hukumati yangi siyosiy hokimiyatni tan olmadi. Britaniya hukumati, Rodeziya hukumati va radikal oppozitsiya yetakchilari oʻrtasida imzolangan Lancaster House kelishuvi natijasida Rodeziya vaqtinchalik kolonial imperiya tarkibiga qaytarilgan. Kolonial imperiya hukumati yangi saylov oʻtkazgan va ushbu saylovlarda soʻl-radikal Zimbabve Afrika milliy birlik harakati (inglizcha: Zimbabwe African National Union; qisqartmasi – ZANU) va uning yetakchisi Robert Mugabe gʻalaba qozongan.
Rodeziya davlati mavjud boʻlgan davrda janubda Janubiy Afrika Respublikasi (JAR), janubi-gʻarbda Botsvana va Janubiy-gʻarbiy Afrika (soʻnggisi JAR boshqaruvi ostida), shimolda Zambiya (sobiq Shimoliy Rodeziya), sharqda boʻlsa Portugaliya Mozambiki (1975-yildan soʻng Mozambik) davlatlari bilan chegaradosh boʻlgan. Chet davlatlari bilan rasmiy diplomatik aloqalari mavjud emasligiga qaramay (BMT xavfsizlik kengashining 216-rezolyutsiyasi xavfsizlik kengashiga aʼzo barcha davlatlarni Rodeziya hukumati bilan diplomatik aloqalar oʻrnatishini taqiqlagan), Rodeziya koʻplab mamlakatlar bilan norasmiy tarzda siyosiy va savso-sotiq aloqalarini olib borgan:
Maʼmuriy-hududiy boʻlinishi
tahrirRodeziya markazlashgan hukumatga ega boʻlib, 7 ta provinsiya va maqomi jihatidan provinsiyaga tenglashtirilgan 2 ta shahardan iborat edi. Hukumat boshqaruvi har bir provinsiyadagi provinsiya poytaxtidan turib amalga oshirilgan.
Provinsiya | Poytaxti |
---|---|
Manicaland | Umtali |
Shimoliy Mashonaland | Salisbury |
Janubiy Mashonaland | Salisbury |
Victoria | Fort Victoria |
Shimoliy Matabeleland | Bulawayo |
Janubiy Matabeleland | Bulawayo |
Midlands | Gwelo |
Aholisi
tahrirShahar | Yevropaliklar | Tub aholi | Boshqa millatlar | Umumiy |
---|---|---|---|---|
Solsberi | 96,420 (25.07%) | 280,090 (72.84%) | 8,020 (2.09%) | 384,530 |
Bulavayo | 50,090 (20.40%) | 187,590 (76.38%) | 7,910 (3.22%) | 245,590 |
Mutare | 8,340 (17.93%) | 36,220 (77.88%) | 1,950 (4.20%) | 46,510 |
Gveru | 8,390 (18.23%) | 36,880 (80.12%) | 760 (1.65%) | 46,030 |
Kve kve | 3,160 (9.62%) | 29,250 (89.01%) | 450 (1.37%) | 32,860 |
Kadoma | 1,880 (8.97%) | 18,770 (89.55%) | 310 (1.48%) | 20,960 |
Xvange | 2,160 (10.72%) | 17,980 (89.28%) | ---- | 20,140 |
Zvishavane | 1,560 (9.87%) | 14,170 (89.63%) | 80 (0.51%) | 15,810 |
Fort Viktoriya | 2,530 (22.29%) | 8,470 (74.63%) | 350 (3.08%) | 11,350 |
Aholi tarkibi (1969-yil 20-mart va 29-apreldagi aholini roʻyxatga olish holatiga koʻra)
tahrirRasa | Kolichestvo, chel. | % |
---|---|---|
Tub aholi | 4 846 930 | 95,05% |
Yevropaliklar | 228 296 | 4,48% |
Osiyoliklar | 8 965 | 0,18%[2] |
Yevropaliklar kelib chiqishi boʻyicha
tahrirMamlakat | Soni, kishi. | % |
---|---|---|
Rodeziya | 92 934 | 40,71% |
JAR (asosan Janubi-Gʻarbiy Afrika) | 49 585 | 21,83% |
Buyuk Britaniya | 52 468 | 22,98% |
Afrikaning boshqa mamlakatlari (asosan Zambiya) | 12 556 | 5,50%[2] |
Tili
tahrirRodeziyada yashovchi yevropaliklarning asosiy qismi ingliz tilida, oz qismi afrikaans tilida, mamlakat tub aholisining 2/3 qismi shona tilida, qolganlari ndebele tilida soʻzlashadi[3]. Mamlakatda istiqomat qiluvchi hindlar gujarot va hind tillarida soʻzlashadi.
Zimbabve Respublikasi (1980)
tahrir1980-yil 18-aprelda mamlakat Zimbabve Respublikasi nomi ostida Millatlar hamdoʻstligi tarkibidagi mustaqil davlatga aylandi. Uning poytaxti hisoblangan Salisbury shahri 2 yildan soʻng Xarere deb qayta nomlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ Paxton J.. The Statesman's Year-Book 1971-72: The Businessman's Encyclopaedia of all nations. Springer, 2016. ISBN 9780230271005.
- ↑ 2,0 2,1 Godwin P., & Hancock I. 'Rhodesians Never Dieʼ: The impact of war and political change on White Rhodesia, 1970—1980-yillar. Johannesburg: Pan Macmillan South Africa, 2013. 400-bet.
- ↑ „Ndebele“. Ethnologue. 2018-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-yanvar.