Rustam Doʻrmonov
Rustam Charshanbiyevich Doʻrmonov (1969-yil 28-yanvarda tugʻilgan[1]) – Oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, hujumchi ampulasida oʻynagan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Rustam Charshanbiyevich Doʻrmonov | ||
Tavallud sanasi | 28-yanvar 1969-yil | ||
Tavallud joyi | Termiz, Oʻz SSR, Soviet Union | ||
Boʻyi | 1.77 m (5 ft 9 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Surxon | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1985—1989 | Surxon | 89 | (14) |
1990—1991 | Neftyanik Fergana | 80 | (25) |
1992—1994 | Neftchi | 73 | (53) |
1995 | Paxtakor | 20 | (5) |
1996—1997 | Neftchi | 55 | (37) |
1999—2000 | Navbahor | 25 | (12) |
2000—2002 | Neftchi | 69 | (12) |
Milliy terma jamoa | |||
1992—2000 | Oʻzbekiston | 14 | (2) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Futbolchilik faoliyati
tahrirDoʻrmonov 1985-yildan 1989-yilgacha Sovet Ittifoqi Ikkinchi ligasida „Surxon Termiz“ jamoasida oʻynagan. Jamoadagi oʻyinlari davomida u bir vaqtning oʻzida Sovet Armiyasi safida xizmat qilgan. Harbiy xizmat davrida Tallinning „Zirka“ armiya jamoasi tarkibida oʻynagan. 1990-yilda Fargʻonaning „Neftyanik“ (hozirgi „Neftchi“) jamoasiga koʻchib oʻtgan va 1992—1994-yillarda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan burgalikda ketma-ket uch marta Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritgan. 1994-yilgi MDH kubogida ham qatnashib, „Neftchi“ jamoasini ikkinchi oʻrinni olishida munosib hissa qoʻshgan. 1995-yilda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida oʻynagan, keyingi yili esa Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga qaytgan va 1997-yil oxirigacha oʻynagan. 1999—2000-yillarda Namanganning „Navbahor“ jamoasida oʻynagan[2]. 2000-yilda yana „Neftchi“ga qaytib kelgan va keyingi yili mamlakat chempioni boʻlgan. 2002-yilgi mavsum yakunlanganidan soʻng, professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Doʻrmonov faoliyatining katta qismini Fargʻonaning „Neftchi“ klubida oʻtkazgan va Oʻzbekiston Oliy ligasida116 ta gol urgan[3]. Doʻrmonov bu natijalari Fargʻonaning „Neftchi“ klubida Yuriy Sarkisyandan keyin eng koʻp gol urgan futbolchiga aylantirgan. Rustam liga va kubok oʻyinlarida jami 133 ta gol urgan xolda Gennadiy Krasnitskiy klubi aʼzosi sifatida tanlangan.
Terma jamoadagi faoliyati
tahrirDoʻrmonov futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini 1992-yil 17-iyun kuni Markaziy Osiyo kubogi doirasida Tojikiston milliy terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan[4][5]. 1994-yilda Yaponiyada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida ishtirok etish uchun terma jamoaga tarkibiga kiritilgan. OFK 1994-yildan boshlash terma jamoalar safiga faqat 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilarni jalb qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan boʻlsa-da, bu turnirga deyarli barcha jamoalar eng kuchli tarkib bilan borgan. Turnirda Rustam Doʻrmonov turnir gʻolibiga aylangan jamoaning asosiy oʻyinchisi boʻlmagan va asosan zaxiradan maydonga tushgan. Turnir yakunida oltin medallarini ham qoʻlga kiritishiga toʻsqinlik qilmagan. Rustam 2000-yilgacha milliy terma jamoada oʻynagan. U terma jamoa safida jami 14 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan[6]. Doʻrmonov 1998-yilgi Jahon chempionati saralashida Yamanga qarshi oʻyinda ham oʻynagan.
Murabbiylik faoliyati
tahrir2016-yilning yoz oyida „Navbahor“ klubi bilan shartnoma imzolagan va bosh murabbiylik qilagan[7][8]. 2017-yilgi mavsumda Xotira-79 klubida bosh murabbiylik qilgan[9][10][11]. 2019-yilgi mavsum bir muddat Fargʻonaning „Istiqlol“ klubi murabbiylar shtabida koʻrinish bergan[12].
Yutuqlar
tahrirKlub
tahrir- Oʻzbekiston oliy ligasi chempioni (4): 1992, 1993, 1994, 2001
- Oʻzbekiston kubogi sohibi (2): 1992, 1996
- MDH kubogi kumush medal sohibi (1): 1994
Terma jamoa bilan
tahrir- Futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari chempioni: 1994-yil
Shaxsiy sarlavha
tahrir- Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi 2-oʻrin: 1993 yil
- Oʻzbekiston Superligasining eng yaxshi toʻpurari: 1993 (26 gol)[13]
- Gennadiy Krasnitskiy klubi: 172 gol
- „Shuhrat“ medali sohibi[14]
Shaxsiy hayoti
tahrirRustam Doʻrmonovning akasi Abdusamad Doʻrmonov va ukasi Ravshan Doʻrmonov[15] ham futbolchi boʻlgan. 1992-yilgi mavsumda uch aka-uka bir vaqtning oʻzida „Neftchi“ (Fargʻona) klubi tarkibida oʻynagan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Osiyo o'yinlari g'olibi 48 yoshga to'ldi“ (2017-yil 28-yanvar).
- ↑ V chest vidayuщixsya futbolistov (rus.)
- ↑ Rustam Durmanov[sayt ishlamaydi], 9 Fevralya 2009
- ↑ „Статистика футболистов сборной Узбекистана“ (deadlink). 2015-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-iyul 2015-yil.
- ↑ Tadjikistan – Uzbekistan – 2 : 2 17.06.1992 (rus.)
- ↑ Sbornaya Uzbekistana, pobedivshaya na Aziade v 94-om. Gde oni seychas? (rus.)
- ↑ „"Navbahor"ga Kosta-Rika va Gondurasdan legionerlar keladi“ (03 avg 2016).
- ↑ „Rustam Do'rmonov: “Oxirigacha oliy ligada qolish uchun kurashamiz”“ (29 okt 2016).
- ↑ „Rustam Do'rmonov Xotira-79 bosh murabbiyi“ (2016-yil 30-mart).
- ↑ „Rustam Do'rmonov “Xotira-79” bilan xayrlashdi“ (28 iyu 2016).
- ↑ „Rustam Do'rmonov "Xotira-79" bosh murabbiyi“ (22 iyu 2017).
- ↑ Sbornaya Uzbekistana, pobedivshaya na Aziade v 94-om. Gde oni seychas? (rus.)
- ↑ „Oliy liganing barcha snayperlari“ (28 okt 2015).
- ↑ Ukaz Prezidenta (rus.)
- ↑ V chest vidayuщixsya futbolistov (rus.)
Havolalar
tahrir- Rustam Doʻrmonov National-Football-Teams.com saytida
- Rustam Doʻrmonov Footballfacts saytida
- Rustam Doʻrmonov Transfermarkt saytida