Rustam Madumarov
Rustam Tojiddinovich Madumarov (Рустам Тожиддинович Мадумаров, 1976-yil 26-mart, Toshkent shahri) – oʻzbekistonlik sobiq qoʻshiqchi va tadbirkor. „Dado“ musiqiy guruhi aʼzosi. Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning katta qizi Gulnora Karimovaning fuqaroviy eri boʻlgan. Karimova bilan birga yirik moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilgan. 2016-yilda Panama hujjatlarida keltirilgan 104 nafar oʻzbekistonlik ofshor egalaridan biri[1].
Rustam Tojiddinovich Madumarov | |
---|---|
Tavalludi |
26-mart 1976-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi |
Qoʻshiqchi Tadbirkor |
Faoliyat yillari | 1999—2012 |
Turmush oʻrtogʻi | Gulnora Karimova |
Qarindoshlari | Akasi: Alisher Madumarov |
Veb-sayti | dado.uz |
Bolaligi va taʼlim
tahrir1977-yil 26-martda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati tojik. Yunusobod tumanidagi 240-maktabda oʻqigan. 1998-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tugatgan. Universitetda oʻqish bilan birga ishlab chiqarish korxonasi ishchisi boʻlgan[2].
Musiqiy faoliyati
tahrir1996—1999-yillarda „Anor“ musiqiy guruhining aʼzosi boʻlgan[2][3]. 1999-yilda akasi Alisher Madumarov bilan birga „Dado“ musiqiy guruhiga asos solgan[4][5][6][7].
Tadbirkorlik faoliyati va jinoyat ishi
tahrirGulnora Karimova yordamida, Alisher Madumarov, Gayane Avakyan bilan birgalikda media mahsulotlar ishlab chiqarish va savdosiga ixtisoslashgan „Nirvana“, „Terra Group“, „Prime Media“, „Gamma Promotion“ shirkatlariga asos solgan[8].
2014-yil 17-fevral kuni qamoqqa olingan. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan jinoiy faoliyatdan kelgan daromadlarni legallashtirish, soliq toʻlashdan boʻyin tovlash hamda millionlab dollar qiymatga ega mulkni oʻgʻirlash aybi bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan[9]. Bosh prokuratura tergov davomida Madumarov yetakchilik qilgan uyushgan jinoiy guruhning 12 davlat hududida bir yarim milliard dollarga yaqin „legallashtirilgan mablagʻi“ aniqlanganini eʼlon qilgan[10]. 2017-yil 24-may kuni Harbiy sud qarori bilan 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Keyinchalik uning jazo muddati olti yilga qisqartirilgan[11][1]. 2023-yilning boshlarida ozodlikka chiqqan. Shu yil 1-oktyabr kunida Rustam Madumarov Gonkongda qamoqqa olingani aytilgan[12].
Shaxsiy hayoti
tahrir2000-yildan buyon Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning katta qizi Gulnora Karimova bilan yaqin aloqalarda boʻlgani, Karimova bilan 2008-yilda qisqa muddat rasman nikohda boʻlganligi aytiladi[13].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Rustam Madumarov nomi "Panama hujjatlari"da“.
- ↑ 2,0 2,1 „Рустам Мадумаров (о себе)“.
- ↑ „Рустама Мадумарова и Гаянэ Авакян осудили на длительные сроки“.
- ↑ „Дадо“.
- ↑ „Gulnoraning sheriklari: savol va javoblar“. BBC Uzbek (2015-yil 15-iyul). Qaraldi: 2020-yil 17-may.
- ↑ Mirovalev, Mansur. „Uzbekistan: President's daughter and the Panama Papers“. Al Jazeera (2016-yil 12-may). Qaraldi: 2020-yil 17-may.
- ↑ Luke Heighton; Edward Malnick. „Fears that 'dirty money' paid for Uzbek dictator's daughter's £17m Mayfair and Belgravia homes“. The Daily Telegraph (2017-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 17-may.
- ↑ „Руководство медиа-холдинга «Terra Group» обвиняют в легализации преступных доходов и уклонении от уплаты налогов“.
- ↑ „Соратники дочери президента Узбекистана получили длительные тюремные сроки“.
- ↑ „Гулнора Каримовага нисбатан иккита жиноят иши қўзғатилган — Бош прокуратура“.
- ↑ „Gulnara Karimova & Rustam Madumarov“.
- ↑ „Exclusive: Uzbek Man Linked To Ex-President's Daughter Arrested Allegedly Trying To Get Money From Hong Kong Bank“.
- ↑ Moldalieva, Kaiyrgul „Гульнара Каримова с заплывшими от богатства глазами, чья жизнь богата на песни и скандалы“. Gezitter (2015-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 17-may.