Rustam Qodirov (ruscha: Рустам Кадыров; 27-iyul 1983-yil, Guliston) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, himoyachi va yarim himoyachi pozitsiyalarida oʻynagan[1][2].

Rustam Qodirov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rustam Qodirov
Tavallud sanasi 27-iyul 1983-yil (1983-07-27) (41 yosh)
Tavallud joyi Guliston Oʻzbekiston
Ampluasi Himoyachi, Yarim himoyachi, Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlgan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2000—2001 Guliston 15 (3)
2002—2008 Mashʼal 167 (61)
2009—2010 Nasaf 32 (4)
2011 Metallurg Bekobod 5 (0)
2012—2014 Guliston 42 (12)
Milliy terma jamoa
2002—2003 Oʻzbekiston U20
2004—2006 Oʻzbekiston U23
2006—2008 Oʻzbekiston 4 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati

tahrir

Rustam futbolchilik faoliyatini 1999-yilda Gulistonning „Guliston“ jamoasida boshlagan. 2002-yilgi mavsumda Muborakning „Mashʼal“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. „Mashʼal“ klubi tarkibida oʻzining eng yaxshi davrlarini oʻtkazdi. Rustam 2007, 2007-yillarda 14 va 11 ta gol urgan holda jamoasining eng yaxshi toʻpurariga aylandi. 2009-yilgi mavsumda Qashqadaryoning boshqa bir klubi, Qarshining „Nasaf“ jamoasiga va ketma-ket ikki mavsum Oʻzbekiston Superligasida bronza medallarini qoʻlga kiritishida yordam berdi. 2011-yilgi mavsumda Bekobodning „Metallurg“ klubiga oʻtgan. 2012-yilgi mavsumda sobiq jamoasi, Guliston klubiga qaytgan va 2014-yilgi mavsumda shu jamoa safida faoliyatiga yakun yasagan.

Milliy terma jamoa

tahrir

Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi safida 2003-yilda BAA da oʻtkazilgan FIFA U-20 jahon chempionatida qatnashgan. Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida 2006-yilgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan. 2007-yilda Rauf Inileyev murabbiylik davrida milliy terma jamoadagi debyutini, Estoniya terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan[2].

Yutuqlar

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir