Rut Dreifuss
Rut Dreifuss (1940-yil 9-yanvarda tugʻilgan) – shveysariyalik iqtisodchi va siyosatchi, 1993-2002-yillarda Federal Kengash (Shveysariya) aʼzosi boʻlib xizmat qilgan. U 1998-yilda Shveysariya vitse-prezidenti, 1999-yilda esa Sotsial-demokratik partiya nomidan Shveysariya prezidenti lavozimida xizmat qilgan[1][2][3].
Ruth Dreifuss | |
---|---|
Ruth Dreifuss (2014-yil) | |
Shveysariya Prezidenti | |
Mansab davri 1-yanvar 1999-yil – 31-dekabr 1999-yil | |
Vitse-prezident | Adolf Ogi |
Oʻtmishdoshi | Flavio Cotti |
Vorisi | Adolf Ogi |
Federal Ichki Ishlar Departamenti | |
Mansab davri 10-mart 1993-yil – 31-dekabr 2002-yil | |
Oʻtmishdoshi | Flavio Cotti |
Vorisi | Pascal Couchepin |
Shveysariya Federal Kengashi a'zosi | |
Mansab davri 1 April 1993 – 31-dekabr 2002-yil | |
Oʻtmishdoshi | René Felber |
Vorisi | Micheline Calmy-Rey |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
9-yanvar 1940-yil St. Gallen, Shveysariya |
Siyosiy partiyasi | Shveysariya Sotsial Demokratik partiyasi |
Alma mater | Jeneva Universiteti |
Bolalik yillari va taʼlim
tahrirRut Dreifuss 1940-yil 9-yanvarda Shveysariyaning Sankt-Gallen shahrida savdogar Sidney Dreifuss (1899-1956) va kotib Janna „Yohanna“ oilasida ikkinchi farzand boʻlib tugʻilgan[4] [5]. Uning akasi Jan-Jak Dreyfus Jeneva universitetining faxriy professori[6]. Uning otasi Shveysariyaning Endingen shahrida joylashgan eng qadimgi yahudiy oilalariga mansub. Uning oilasi dastlab Elzasdagi Horbourg-Wihr shahridan boʻlgan, ular 1886-yilda Boppelsen fuqaroligiga ega boʻlishgan[7] [8]. Rasmiy ravishda Dreyfus diniy emas, biroq oʻzini dunyoviy yahudiy deb biladi[9] [10].
1945-yilda oila Jenevaga koʻchib oʻtdi, u yerda Dreifuss 1947-yildan beri Ekole de Secheronda oʻrta maktabida oʻqidi. Oʻrta maktab tugatgandan soʻng (Rue Neckar) biznes maktabida tahsil oldi. 1958-yilda Jenevadagi Ecole des Études Socialesda ijtimoiy fanlarni oʻrganishni boshladi, bir vaqtning oʻzida Jeneva universitetida bir nechta kurslarda qatnashdi. 1970-yilda, 30 yoshida, iqtisodiyot fanlari boʻyicha Master of Arts darajasini oldi[11].
Karyera
tahrirBiznes ilmini egallagach, Rut kotiba va ijtimoiy xizmatchi boʻlib ishladi. Shuningdek, u 1961-yildan 1964-yilgacha Cooperationda jurnalist sifatida faoliyat koʻrsatdi. 1964-yilda Sotsialistik Partiyaga (SP) qoʻshildi. 1972-1981-yillarda u Shveysariya Taraqqiyot va Federal Hamkorlik agentligida ilmiy ekspert boʻlib ishlagan. Shuningdek, Dreifuss 1993-yil-da Shveysariya Federal Kengashiga saylangunga qadar ijtimoiy sugʻurta, mehnat qonunchiligi va ayollar masalalari bilan shugʻullangan. Shveysariya kasaba uyushmasi kotibasi etib saylandi [12].
Dreyfus 1989-yildan 1992-yilgacha Bern shahri qonunchilik assambleyasida sotsial-demokrat aʼzosi edi. U 1991-yilda Shveysariya Milliy Kengashiga saylovda qatnasha olmadi.
U Jahon Ayol Liderlari Kengashining aʼzosi boʻlib, hozirgi va sobiq ayol liderlarning xalqaro tarmogʻi boʻlib, uning vazifasi global miqyosdagi eng yuqori darajadagi ayol liderlar va jamiyatda adolatni mustahkamlash boʻyicha harakatlarga amalga oshirishdir.
Federal Kengashga saylov
tahrirRene Felber Shveysariya Federal Kengashidan isteʼfoga chiqqanidan soʻng, Shveysariya partiyalarining Federal Kengashdagi vakilligini aniqlashda qoʻllaniladigan norasmiy "sehrli formula " boʻyicha Sotsial-demokratik partiya aʼzosi saylanishi kerak edi. Kristian Brunner 1993-yil 3-martda boʻlib oʻtgan saylovda Sotsial-demokratik partiyaning rasmiy nomzodi boʻlgan boʻlsa-da, oʻng qanot partiyalar Sotsial-demokratik partiyaning yana bir aʼzosi, milliy parlament aʼzosi va hukumat vaziri Frensis Metini qoʻllab-quvvatlashga qaror qilishdi. Oʻsha paytda Noyshatel kantoni saylovdan bosh tortgan, chunki partiya buni qoʻllab-quvvatlamagan edi.
1993-yil 10-martda yangi saylov tashkil etildi va Sotsial-demokratik partiya Rut Dreifuss va Kristian Brunnerni ikki rasmiy nomzod sifatida taqdim etdi. Saylov uchun rasmiy „chipta“da birinchi marta ikki ayol nomzod bor edi va Rut Dreyfus 3-turda 144 ovoz bilan saylandi.
Siyosiy harakatlar
tahrirRut Dreifuss 2002-yil 31-dekabrda isteʼfoga chiqqunga qadar Federal Ichki Ishlar Departamentini boshqargan. U 1999-yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha Konfederatsiya prezidenti etib saylangan birinchi ayol boʻldi.
U bir nechta referendumlarda gʻalaba qozondi, jumladan, tibbiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonun loyihasini qayta koʻrib chiqish, ijtimoiy taʼminot tizimining 10- qayta tahrirlash, profilaktika, terapiya, reabilitatsiya, dori-darmon taʼminoti, kino sanoati va uning rivojlanishiga oid yangi qonunlarda koʻpchilik ovoz bilan gʻalaba qozondi. Toʻrt Ustun siyosati OITS epidemiyasi tarqalishini kamaytirishga qaratilgan edi.
Rut Dreifuss Giyohvandlik siyosati boʻyicha global komissiyaning aʼzosi va sobiq raisi boʻlgan [13] [14].
Bibliografiya
tahrir- Dreifuss ist unser Name (Dreifuss – bizning ismimiz), Isabella Mariya Fischli, Ed. Pendo, 2002-yil, ISBN 3-85842-487-0 .
- „Rut Dreifuss“ hokimiyatdagi ayollar – butun dunyo boʻylab yarim asr faoliyat yuritgan ayol prezidentlar va bosh vazirlar, Torild Skard, Bristol: Policy Press, 2014, ISBN 978-1-44731-578-0 .
Manbalar
tahrir- ↑ „Dreifuss, Ruth“ (de). hls-dhs-dss.ch. Qaraldi: 2023-yil 21-sentyabr.
- ↑ „Bildkollektion“ (de-DE). Visual. 2023-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-sentyabr.
- ↑ „Ratsmitglied ansehen“. www.parlament.ch. Qaraldi: 2023-yil 21-sentyabr.
- ↑ Obituary of Hermann Dreifuss (paternal grandfather) https://www.e-newspaperarchives.ch/?a=d&d=NZZ19390911-03.2.19&srpos=5&e=-------en-20–1--img-txIN-Sidney+Dreifuss-------0-----
- ↑ „La liberté 11 October 1993 — e-newspaperarchives.ch“ (en). www.e-newspaperarchives.ch. Qaraldi: 2023-yil 21-sentyabr.
- ↑ „Archives UNIGE - Notices d'autorité“. archives.unige.ch. Qaraldi: 2023-yil 21-sentyabr.
- ↑ Bicard von Boppelsen (ZH) https://hls-dhs-dss.ch/famn/index.php
- ↑ „Jules BICARD geb. 23 Jan 1867 Horburg (Horbourg-Wihr), Alsace (Elsass), Frankreich gest. Datum unbekannt: JMH Genealogy“. www.hohenemsgenealogie.at. Qaraldi: 2023-yil 21-sentyabr.
- ↑ „Dreifuss: Judentum ist mehr als eine Konfession“. www.vgt.ch. Qaraldi: 2023-yil 21-sentyabr.
- ↑ Spuren der Zeit - Die Schweizer Judendörfer - Auf Spurensuche in Endingen und Lengnau - Play SRF (nemischa), qaraldi: 2023-09-21
- ↑ „Geschichte der Sozialen Sicherheit-Dreifuss, Ruth“. www.geschichtedersozialensicherheit.ch. Qaraldi: 2023-yil 21-sentyabr.
- ↑ Skard, Torild (2014) „Ruth Dreifuss“ in Women of power – half a century of female presidents and prime ministers worldwide, Bristol: Policy Press, ISBN 978-1-44731-578-0, pp. 405-6
- ↑ „Drugs and Development Policies: a discussion with the Global Commission on Drug Policy“. The London School of Economics & Political Science (2021-yil 29-mart). Qaraldi: 2021-yil 26-oktyabr.
- ↑ „GDPO Patron - Ruth Dreifuss“. Swansea University. Qaraldi: 2021-yil 26-oktyabr.
Siyosiy idoralar | ||
---|---|---|
Oldingisi | Shveysariya Federal Kengashi a'zosi 1993–2002 |
Keyingisi |
Oldingisi | Ichki Ishlar federal departamenti 1993–2002 |
Keyingisi |
Oldingisi | Shveysariya vitse-prezidenti 1998 |
Keyingisi |
Shveysariya prezidenti 1999 |