CSKA Pomir (Dushanbe, futbol klubi)

SSKA Pomir Dushanbe (tojikcha: Клуби футболи ЦСКА-Помир Душанбе; forscha: زسکا پامیر دوشنبه) – Tojikistonning Dushanbe shahrida joylashgan professional futbol klubi boʻlib, hozirda Tojikiston oliy ligasida ishtirok etadi. 1997-yildan buyon klub Tojikiston Mudofa vazirligining homiyligida musoboqalarda ishtirok etadi.

CSKA Pomir Dushanbe
Toʻliq nomi CSKA Pamir Dushanbe
ЦСКА-Помир Душанбе
Laqabi tojikcha: Дастаи Футболи Помир
Asos solingan 1950 (74 yil avval) (1950)
Tojikiston markaziy stadioni
Sigʻimi 20,000
Direktori Shamsiddin Kosimov
Liga Tojikiston Oliy ligasi
Oʻrni Tajikistan Higher League, 6th of 10

Klub 1950-yilda tashkil etilgan. Jamoa o'zining dastlabki turnirlardagi ishtirokini „Bolshevik“ nomi bilan boshlagan. Debyut mavsumida jamoa Tojikiston SSR chempionati turnir jadvalida oxirgi oʻrinni egallagan va jamoa a'zolari tarqatib yuborilgan.

U 1956-yilda yana SSSR chempionatlarida ishtirok etad boshlagan. 1960-yilgacha asosan quyi o'rinlarni egallagan va yomon natijalar qayd etgan. Bu davrda jamoa bir necha bor o'z nomini oʻzgartirgan.

1960-yilda klub nomi „Energetik“ deb oʻzgartirilgan. Klub oʻz tarkibini mustahkamladi va asta-sekin ikkinchi liga zonasining oʻrtamiyona jamoalari qatoriga ko'tarilgan. 1964-yilda ittifoq respublikalari jamoalari tomonidan „A“ klassi kengaytirilganligi sababli klub asosiy ligada ishtirok eta boshlagan.

Dastlabki yillarda jamoaning natijalari qoniqarsiz bo'lgan, lekin 1960-yillarning oʻrtalaridan tarkibiga mamlakatdagi yaxshi futbolchilarni taklif etgan va liganing eng kuchli jamoalari bilan tengma-teng oʻynay boshlagan. Ushbu muvaffaqiyatlarning eʼtirofi 1967-yilda 11 nafar „Energetik“ oʻyinchisiga SSSR sport ustasi unvonlari berilishi edi.

1969-yilda Dushanbe jamoasi oʻz zonasida 4-oʻrinni egalladi. 1970-yilda futbol ligasi tizimi isloh qilingan. Jamoa nomini o'zgartirdi va „Pomir“ nomi ostida Birinchi ligada ishtirok eta boshlagan. Pomir nomi ostida jamoa koʻp mavsumlar davomida uzluksiz va juda muvaffaqiyatli ishtirok etgan.

1973-yildan 1978-yilgacha jamoani Ishtvan Sekech boshqargan. „Pomir“ jamoasining 70-yillardagi shakllanishi va yuklsalishi uning nomi bilan bogʻliq. Oʻtgan yillar davomida Birinchi ligada klub kuchli raqobatdosh klub va ligada eski gvardiya sifatida obroʻ qozongan.

1983-yildan 1986-yilgacha jamoani Yuriy Syomin boshqargan va u „Pomir“ klubini Birinchi liga yetakchisiga aylantirgan. 1986-yilda uning oʻrnini Sharif Nazarov egallagan. 1989-yilda zambiyalik futbolchilar Derbi Makinka, Pirson Mvanza va Wisdom Chansa bir necha oyga jamoaga kelishdi. Bular SSSR futbol chempionatining elit divizioni tarixidagi birinchi xorijlik legionerlar edi.

1988-yil mavsum oxirida tarixda ilk bor Tojikiston SSRdan yagona vakil sifatida SSSR Oliy ligasiga yo'l olgan. SSSR parchalanishidan oldin liganing soʻnggi uch mavsumi davomida (1989, 1990 va 1991-yillar) ishtirok etgan. Ular soʻnggi Sovet Kubogining yarim finalida CSKA Moskvaga yutqazishdi. Tojikistonda davom etayotgan fuqarolar urushi tufayli klub tugatilib, uning futbolchilari Oʻzbekiston chempionatiga koʻchib oʻtishgan[1][2].

CSKA Pamir

tahrir

1992-yilning bahorida radikal islomchilar Tojikistonda fuqarolar urushini boshlab yubordilar, bu esa barcha rusiyzabon futbolchilarni jamoani tark etishga majbur qildi. Biroq, debyut mavsumidayoq klub Tojikiston chempioniga aylangan.

1995-yilda „Pomir“ ikkinchi va oxirgi marta oltin medallarni qoʻlga kiritgan. 1996-yil boshida Hamdoʻstlik kubogida ishtirok etganidan so'ng, bir necha yetakchi futbolchilar klubni tark etishgan. 1996-yildan keyin Dushanbedagi bir nechta klublar Tojikiston ligasidan chetlatilgan.

1996, 1997 va 1999-yilgi mavsumlarda jamoa moliyaviya qiyinchilikka uchragan Tojikiston chempionatida ishtirok etmagan. Shundan jamoaga mamlakat Mudofaa vazirligi yordam bera boshlagan. Xususan, mudofa vaziri Sherali Xayrulloyev jamoaga shaxsan o'zi qo'llab quvatlagan. 1997-yilda klub Tojikiston Mudofaa vazirligi qoshida qayta tashkil etilgan va Tojikistonning CSKA klubiga aylantirilgan. Bu davrda jamoaga Damir Kamaletdinov ustozlik qilgan.

Shundan soʻng klub SKA Havo Mudofaasi Pomiri, 1998-yildan esa SKA-Pomir nomi bilan turnirlarda ishtirok eta boshlagan. 2000 va 2002-yilgi mavsumlarda jamoa chempionatda toʻrtinchi oʻrinni egallagan, 2001-yilda esa bronza medali sohibiga aylangan.

Keyingi mavsumlarda u 5-8-oʻrinlarni egallagan. 2008-yilgi mavsumda moliyaviya qiyinchilik sababli mavsumdagi chorak qism oʻyinlarni tugatmasdan turnirni tark etgan. Klubdagi barqarorlik faqat 2009-yilda paydo boʻla boshlagan. 2012-yilgi mavsumda Tojikiston chempionatida 13 nafar ishtirokchi orasida 7-oʻrinni egallagan.

2016-yilning iyulida CSKA jamoasi rahbarlari bosh murabbiy Rahmatullo Fuzaylovni ishdan boʻshatib[3], uning oʻrniga Tohirjon Moʻminov bilan shartnoma imzolagan[4].

2019-yilning 5-yanvarida Rustam Xoʻjayev CSKA jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan[5]. 2019-yil 23-iyun kuni Xoʻjayev bosh murabbiy lavozimini tark etgan[6]. 2019-yil 8-iyulda Sergey Jitskiy CSKAning yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan[7].

Yillar davomida Pomir jamoasi tarbiyalanuvchilari Gʻulomxaydarov, Shirinbekov, Gess, Rahimov, Fuzaylov, Valeriy Sarychev, Oleg Malyukov va boshqalar Moskvaning eng yaxshi jamoalarida oʻynagan, SSSR terma jamoasida, shuningdek, Rossiya va Yevropaning boshqa klublarida toʻp surgan.

Stadion

tahrir

Klub ilgari „Pomir“ stadionida oʻynagan boʻlsa, bugun kichikroq CSKA stadionida oʻynamoqda.

Tashkil etilgan kundan boshlab, SSSR chempionatlari va kuboklarida klub oʻz uy uchrashuvlarini Tojikistonning oʻsha davrdagi eng yirik stadioni – M. V. Frunze nomidagi Respublika stadionida oʻtkazgan va stadion oʻsha paytda 21 000 dan ortiq tomoshabinni sigʻdirgan.

SSSR parchalanganidan keyin stadion Respublika markaziy stadioni „Pomir“ nomini oldi. Ushbu stadionda 2000-yillarning oʻrtalarigacha CSKA-Pomir oʻz mehmonlarini qabul qilgan. Hozirda u uy uchrashuvlarini 7000 tomoshabinga moʻljallangan CSKA stadionida oʻtkazmoqda.

Ichki tarix

tahrir
Mavsum Liga Tojikiston kubogi Eng yaxshi toʻpurar Murabbiy
Div. Pos. Pl. D M UG OʻG O Ism Liga
1992 1st 1 20 16 1 3 61 15 33 Gʻolib   Umed Alidodov 11   Sharif Nazarov
1993 1st 2 30 25 2 3 93 21 52   Sharif Nazarov
1994 1st 2 30 20 5 5 75 28 45
1995 1st 1 28 22 1 5 81 32 67
1998 1st 7th 22 7 9 6 31 32 30   Damir Kamaletdinov
2000 1st 4th 34 15 7 12 54 51 52   Damir Kamaletdinov
2001 1st 3rd 18 9 5 4 29 19 32   Damir Kamaletdinov
2002 1st 4th 22 12 7 3 57 25 43   Damir Kamaletdinov
2003 1st 9th 30 15 3 12 61 41 48   Damir Kamaletdinov
2004 1st 7th 36 11 4 21 55 76 37   Damir Kamaletdinov
2005 1st 7th 18 5 4 9 30 36 19   Damir Kamaletdinov

  Kenge Khaitov

2006 1st 8th 22 5 5 12 24 39 20
2007 1st 7th 20 7 1 12 34 44 22
2008 1st 11th 40 7 2 31 21 98 23
2009 1st 8th 18 2 2 14 16 42 8 Ikkinchi oʻrin   Abdugaffor Sattorovich Yuldashev
2010 1st 6th 32 9 10 13 35 51 37
2011 1st 6th 40 16 4 20 65 69 52   Vladimir Utkin
2012 1st 7th 24 8 6 10 26 25 30 Chorak final   Aliyor Ashurmamadov
2013 1st 9th 18 2 5 11 10 26 11   Hussein Shodiev

  Abdugaffor Sattorovich Yuldashev

2014 1st 8th 18 3 6 9 14 27 15   Alia Sylla 6   Abdugaffor Sattorovich Yuldashev
2015 1st 6 18 8 2 8 18 22 26 Yarim final   Davronjon Tukhtasunov 8   Abdugaffor Sattorovich Yuldashev
2016 1st 6 18 8 3 7 23 16 27 1/8 fianl   Davronjon Tukhtasunov 4
2019 1st 4 21 8 5 8 24 27 29 Chorak final   Shodibek Gafforov 7   Rustam Khojayev

  Sergey Zhitsky

2020 1st 3 18 8 5 5 29 25 29 1/8 fianl   Shodibek Gafforov

  Shervoni Mabatshoev

7   Sergey Zhitsky
2021 1st 3 27 12 8 7 37 29 44 Chorak final   Fathullo Fathulloyev 9   Aliyor Ashurmamadov
2022 1st 5 22 7 4 11 30 34 25 Chorak final   Sharafdzhon Solehov 5   Amin Subhoni

Xalqaro musoboqalardagi tarix

tahrir
Natijalar 2022-yil 30-iyungacha boʻlin oʻtgan oʻyinlarga oid
Musoboqa D M UG OʻG
Klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati 2 0 0 2 2 8
AFC Kubogi 3 0 2 1 3 4
Jami 5 0 2 3 5 12
Natijalar 2022-yil 30-iyungacha boʻlin oʻtgan oʻyinlarga oid
Mavsum Musoboqa Bosqich Jamoa Uy Safar Umumiy
1996–97 Klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati Birinchi bosqich   Neftchi 1–4 1–4 2–8
2022 AFC Kubogi E guruhi   Altyn Asyr 1–1 3-oʻrin
  Soʻgʻdiyona Jizzax 2–3
  Neftchi Qoʻchqor-Ota 0–0

Yutuqlar

tahrir
  • SSSR birinchi ligasi gʻolibi: 1988-yil.
  • SSSR-MDH kubogi yarim finalchisi: 1991/1992.

Tojikiston

tahrir
  • Tojikiston chempionatida 1-oʻrin (2): 1992, 1995.
  • Tojikiston chempionatida 2-oʻrin (2): 1993, 1994.
  • Tojikiston chempionatida 3-oʻrin (1): 2001.
  • Tojikiston kubogi sohibi (1): 1992.
  • Tojikiston kubogi finalchisi (1): 2009.

Statistika

tahrir

Quyida CSKA „Pomir“ jamoasi futbolchilarining 1988-1991-yillar oraligʻida SSSR oliy ligasidagi oʻyinlari haqidagi statistik maʼlumotlar keltirilgan[8].

SSSR oliy ligasidagi eng koʻp oʻyin oʻtkazganlar

tahrir
Ism Oʻyinlar
1   Yuriy Baturenko 80
1     Andrey Manannikov 80
2     Muhsin Muhammadiyev 78
3   Hakim Fuzaylov 75
4     Rashid Rahimov 74
5   Alimjon Rafiqov 61
6   Çaryýar Muhadow 54
6   Vasiliy Postnov 54
7   Anatoliy Volovodenko 50

SSSR oliy ligasidagi eng koʻp gol urganlar

tahrir
Ism Gollar
1     Muhsin Muhammadiyev 22
2     Rashid Rahimov 10
2   Çaryýar Muhadow 10
3   Yuriy Baturenko 5

Joriy tarkib

tahrir
2024-yil 3-iyun[9]
Amplua Futbolchi
1   UZB DR Shoxrux Eshboʻtayev
2   TJK YH Sakhayli Mulloev
3   TJK HM Bakhtiyor Azimov
4   TJK HM Komroni Mirzokhon
6   TJK YH Sheroz Sharipov
7   TJK HJ Amin Ergashev
9   TJK HJ Shakhboz Khabibov
10   CMR HM Gerard Bakinde
11   UZB HJ Muhiddin Odilov
14   TJK HJ Saidmakhmud Gulomov
16   TJK DR Khusniddin Makhmadali
17   TJK HM Isroil Kholov
17   UZB YH Muhammad Isayev
Amplua Futbolchi
18   TJK YH Abdullo Sharipov
20   TJK HM Komron Ibrokhimov
21   TJK YH Vaisiddin Safarov
22   TJK HM Dzhonibek Sharipov
23   TJK HM Jafar Bokiev
26   TJK DR M Safaraliev
28   GHA YH Anani Kwasi
33   CMR HJ Jean Gaten
63   TJK YH Saydali Ibragimov
64   TJK HM Rustam Daviatov
66   TJK YH Mukhammadikbol Davlatov
77   TJK HJ Bakhodir Abduvaliev
77   UZB HJ Islom Isoqjonov

Mashhur futbolchilar

tahrir

Oʻz mamlakatlari uchun xalqaro musobaqalarda qatnashgan futbolchilar.

Tojikiston


Sobiq SSSR mamlakatlari
Afrika

Bosh murabbiylar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Tajikistan 1996“. 2023-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-fevral.
  2. Vsevolod Yureskul: „Pamir“ s molotka – optom i v roznitsu // Futbolniy kurer. – № 18. – s.12.
  3. „ru:ЦСКА Памир расстался с главным тренером Рахматулло Фузайловым“ (ru). fft.tj. Football Federation Tajikistan (2016-yil 19-iyul). 2016-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-iyul.
  4. „ru:Тохир Муминов – новый главный тренер ЦСКА Памир“ (ru). fft.tj. Football Federation Tajikistan (2016-yil 19-iyul). 2016-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-iyul.
  5. „ru:РУСТАМ ХОДЖАЕВ СТАЛ НОВЫМ ГЛАВНЫМ ТРЕНЕРОМ ЦСКА ПАМИР“ (ru). fft.tj. Football Federation Tajikistan (2019-yil 5-yanvar). 2019-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-yanvar.
  6. „РУСТАМ ХОДЖАЕВ ПОДАЛ В ОТСТАВКУ С ПОСТА ГЛАВНОГО ТРЕНЕРА ЦСКА ПАМИР“ (ru). fft.tj/. Football Federation Tajikistan (2019-yil 23-iyun). 2019-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-iyul.
  7. „УКРАИНСКИЙ СПЕЦИАЛИСТ СЕРГЕЙ ЖИЦКИЙ НАЗНАЧЕН ГЛАВНЫМ ТРЕНЕРОМ ЦСКА ПАМИР“ (ru). fft.tj/. Football Federation Tajikistan (2019-yil 8-iyul). 2019-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-iyul.
  8. „Таджикистан — Планета Футбол — Яндекс.Словари“. 2012-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-aprel.
  9. „44 ЛЕГИОНЕРА ИЗ 13 СТРАН ВЫСТУПЯТ В 1XBET-ЧЕМПИОНАТЕ ТАДЖИКИСТАНА-2023“ (Russian). fft.tj/. Tajikistan Football Federation (2023-yil 31-mart). 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
  10. : FootBook :. Sayt futbolnoy statistiki
  11. „Потапов Николай Гаврилович, 1926, футболист“. 2022-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-mart.
  12. „«Памир» обрел нового тренера“. 2017-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 18-sentyabr.
  13. Toxir Muminov – noviy glavniy trener TsSKA „Pamir“ – Pressa.tj
  14. Rustam Khodzhaev – Profil trenera | Transfermarkt
  15. „Тренер тренер ЦСКА Памир Алиер Ашурмамадов подал в отставку“. 2022-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-mart.

Havolalar

tahrir