Safiya Sulton (usmonli turkcha: صفیه سلطان; turkcha: Safiye Sultan) Murod III ning Haseki sultoni (Bosh turmush oʻrtogʻi) va Usmonli imperiyasining Volida sultoni, Mehmed III ning onasi va Ahmad I va Mustafo I larning buvisi edi. Safiya, shuningdek , Ayollar Sultonligi deb atalgan davrning taniqli shaxslaridan biri edi. U Usmonli imperiyasida yetti sulton: Sulaymon Sultan, Salim II, Murod III, Mehmed III, Ahmad I, Mustafo I va Usmon II hukmronligi davrida saroy aʼzosi sifatida yashagan.

Safiya Sulton (turkcha: Safiye Sultan)
Volida Sulton
Saltanat 1595-yil 16-yanvar – 1604-yil 26-yanvar
Oʻtmishdoshi Nurbonu Sulton
Davomchisi Handon Sulton
Tugʻilishi 1550-yil
Dukagjin, Albaniya
Vafoti 1619-yil 10-noyabr
Istanbul, Usmonlilar imperiyasi
Dafn etilgan joy
Murod III maqbarasi, Istanbul
Turmush oʻrtogʻi Murod III
Farzandlari

Hayoti

tahrir

Venetsiyaliklarning keltirgan manbalariga koʻra, Safiya asli alban boʻlib, Dukagjin togʻlarida tugʻilgan[1].

1563-yilda 13 yoshida uni amakivachchasi Sulaymon podshohning nabirasi Oysha Sulton va Hurram Sultonning yagona qizi Mehrimoh Sulton orqali boʻlajak Murod III ga joriya sifatida tuhfa qilgan[2]. Safiya („pok“) nomini olgach, u Murodning (oʻsha paytda Sulton Salim II ning toʻngʻich oʻgʻli) kanizagi boʻladi. 1566-yil 26-mayda u Murodning oʻgʻli, boʻlajak Mehmed III ni dunyoga keltiradi, oʻsha yili Sulton Sulaymon vafot etadi.

Haseki Sulton

tahrir
 
Sofiya sultonning turmush oʻrtogʻi Usmonlilar sultoni Murod III.

1574-yilda Salim II vafot etadi va Murod yangi sulton boʻladi. Safiya bolalari bilan darhol poytaxtga joʻnab, sulton Murod bilan yashay boshlaydi. Istanbulga yetib kelgan zahoti Safiya darhol Haseki unvonini oladi va unga kunlik 800 asper maosh tayinlanadi. Avvalgi sulton Salim II ning suyuklisi va Murodning onasi Nurbanu Volidayi sulton sifatida haram va butun saroy ustidan hukmronlik qiladi. Safiya Sulton qaynona soyasi ostida haseki boʻlib yashaydi. Dastlabki bir necha yil davomida, haramda keskinliklar yuz bergan boʻlsa ham, ikki ayol oʻrtasida ochiq-oydin jang boʻlmagan. Biroq Safiya siyosiy hokimiyatni qoʻlga kiritishga intilgan, bu esa shahzodalarning onasi sifatida mutlaqo mantiqiy toʻgʻri harakat hisoblangan. Biroq Nurbonu Sulton kelinining siyosiy hayotga intilishlarini ham, Sulton Murodga taʼsir oʻtkazishga urinishiga ham qarshilik koʻrsatadi. Chunki Safiya Nurbonuning oila ustidan hukmronligi hamda Murod va u orqali oʻz imperiyasi ustidan hukmronlik qilishiga tahdid solgan.

Safiya Murod taxtga chiqishidan oldin uning yagona kanizagi boʻlgan va u bir necha yillar davomida u bilan yashagan. Murodning onasi Nurbanu unga sulola[3]manfaati uchun boshqa kanizaklar bilan ham boʻlishni maslahat beradi. 1581-yilga kelib Usmonlilar sulolasining faqat bitta merosxoʻri, Murod va Safiyaning oʻgʻli Mehmedgina sulola davomchisi boʻlgan. 1583-yilda Nurbonu Safiyani jodugarlar va sehrgarlar yordamida Murodni ojiz qilish va yangi kanizaklar olishiga yoʻl qoʻymaslikda ayblaydi. Bu Safiyaning yaqin do‘stlari va xizmatkorlarining qamoqqa olinishi, surgun qilinishi, qiynoqqa solinishi va qatl etilishi bilan yakunlanadi. Murod jodugarlik, munajjimlik faoliyati haqidagi mish-mishlarga ishongan va nihoyat, 1583-yil boshida (hatto 1582-yilda) Safiyani Eski saroyga badargʻa qilgan[4]. Murodning singlisi Ismixon unga ikkita go‘zal kanizak sovg‘a qilgan. Shundan soʻng, sulton Murod yigirma o‘g‘il va yigirma yetti qizning otasi bo‘lgan[5].

Ayrim manbalarga koʻra, Safiya surgundan ozod etilganidan keyin ham oʻz qadr-qimmatini saqlab qolgan va Murodning kanizaklariga hasad qilmagan. U hatto sultonga koʻplab kanizaklarni tuhfa qilgan va Sultonning minnatdorchiligiga sazovor boʻlgan. Murodning keyingi yillarida Safiya uning yagona hamrohi boʻlib qolgan[6].

Nurbanu vafot etganidan soʻng, Safiya Toʻpqopi saroyiga qaytadi. U Sulton Murodning oʻsha vaqtdagi siyosatidan hafsalasi pir boʻlgan va faqat hokimiyatni qoʻlga kiritishni oʻylagan. Murod barcha masalalarni Safiya bilan muhokama qilgan. U haseki sifatida oʻz taʼsir doirasiga ega boʻlgan[7]. Jovanni Moro yozganidek, 1595-yilda Safiya shahzodaning onasi sifatida ega boʻlgan vakolati bilan, davlat ishlariga vaqti-vaqti bilan aralashgan, ammo oliy hazratlari (sulton) undan har doim maslahat olgan va soʻzlarini hamisha tinglagan.

Aynan shu davrda Safiya oʻz tarafdorlaridan iborat tizim shakllantiradi va bevosita siyosat ishlarida qatnsha boshlaydi.

Safiya qaynonasidan qanchalik nafratlansa ham, u Venetsiya tarafdori siyosatini davom ettiradi. Shuningdek u, Haseki sifatida Venetsiya manfaatlari uchun sulron Murodga taʼsir koʻrsatadi. U sultonga koʻp jihatdan taʼsir oʻtkaza olgan boʻlsa-da, har doim ham voqealarni oʻz xohishiga koʻra shakllantira olmagan. Masalan, 1593-yilda u Murodni oʻzi yoqtirgan ingliz elchisi foydasiga kelishuv qilishiga harakat qilgan. Biroq Murod Safiyaning taklifini rad etgan. Shunday qilib, Murod davrida uning qudrati va taʼsiri kuchaygan boʻlsa-da, lekin sulton tomonidan unga jiddiy chegaralar ham qoʻyilgan.

Murod bilan Safiyaning bir nechta farzandlari boʻlgan. Jumladan:

  • Mehmed III (1566-yil 26-may – 1603-yil 22-dekabr) otasi Murod III oʻrniga keyingi sulton boʻldi;
  • Humoshoh Sulton (1564-yilda tugʻilgan, Manisa saroyi, Manisa), Safiyaning toʻngʻich qizi. Damad Nishar Mustafozoda Mehmed Poshoga turmushga chiqqan
  • Shahzoda Selim (1567-yil, Manisa – 1595-yil Istanbul,Topkapı saroyi).

Safiya Sultonning 2-oʻgʼli va 4-farzandi. U 1595-yilda akasi Mehmet lll tomonidan qatl qilingan.

  • Shahzoda Mahmud (1568-yil, Manisa saroyi, Manisa – 1581-yil, Topkapi saroyi, Istanbul, Selim II maqbarasi, Ayasofya masjidida dafn etilgan);
  • Oysha Sulton (1565 – 1605-yil 15-mayda vafot etgan, Mehmed III maqbarasi, Ayasofya masjidida dafn etilgan), birinchi marta 1586-yil 20-mayda Damat Ibrohim poshoga turmushga chiqqan, 1602-yil 5-aprelda Damat Yemişchi Hasan Poshoga turmushga chiqqan, uchinchi marta 1600-yil 29-iyunda Damat Güzelce Mahmud Posho bilan oila qurgan;
  • Fatma Sulton (1574 – 1620-yilda vafot etgan, Murod III maqbarasi, Ayasofya masjidida dafn etilgan), 1593-yil 6-dekabrda Damat Halil poshoga, 1604-yil dekabrda Xizir Poshoga turmushga chiqqan.
  • Mihrimah Sulton (1579-yilda tugʻilgan), 1613- yilda Damad Ahmad Poshoga, keyin Domod Cherkes Mehmed Poshoga erga tekkan;
  • Shehzade Yahyo (1585 – 1649), Chernogoriya grafi Aleksandr sifatida tanilgan;

Valide Sulton (Sulton Ona)

tahrir

[[Fayl:Sultan_Mehmet_III_of_the_Ottoman_Empire.jpg|thumb| Usmonlilar sultoni Mehmed III. Murod 1595-yilda vafot etgach, Safiya oʻgʻli Mehmedni sulton boʻlishi uchun harakat qiladi va u Usmonli tarixidagi eng qudratli Volida Sultonlardan biri boʻladi. 1595-yilda Valide Sulton boʻlgach, ichki va tashqi ishlarda faol harakat boshlaydi. 1603-yilda oʻgʻli vafot etgunga qadar Usmonli siyosatini oʻzi va oq amaldorlar hamda enderun boshligʻi Gʻazanfer ogʻa boshchiligidagi amalga oshiradi. U armiyani boqish uchun shaxsiy hisobidan urush xarajatlari uchun pul ajratadi[8].

Safiya Volida Sulton sifatida oʻzi uchun eng yuqori nafaqani tayinlaydi. U Mehmed III hukmronligining soʻnggi davrida kuniga 3000 asper miqdoridagi katta nafaqa olgan. Mehmed III 1596-yilda Vengriyadagi Eger yurishiga chiqqanida, onasiga imperiya ustidan hukmronlik qilish vakolatini bergan va unga xazina boshqaruvini ham yuklagan. Muvaqqat hukmronlik davrida Safiya oʻgʻlini Istanbul qoziligiga siyosiy tayinlovni bekor qilishga va uning kuyovi Damat Ibrohim Poshoga sadr vazirligi lavozimiga tayinlashga koʻndirgan. U oʻgʻlining 9 yillik hukmronligi davrida hatto hukumatdagi korrupsiyada, davlat siyosatidagi muhim va daromadli lavozimlarni taklif qilingan eng yuqori narxda sotishda ayblangan.

[[Fayl:DSC03994_Istanbul_-_Yeni_camii_-_Foto_G._Dall'Orto_24-5-2006.jpg|thumb| Istanbul, Eminönü shahridagi Yeni masjidining ichki dizayni. Qurilish Safiya hukmronligi davrida boshlangan.]] Safiya 1603-yilda nevarasi Mahmudning qatl etilishida muhim rol oʻynagan. Ingliz elchisining soʻzlariga koʻra, Mahmud „otasini kampir Sulton xonim boshqarib, buvisi davlatni xarobaga keltirganidan, u (Safiya) oʻzining pul orttirish istagidan boshqa hech narsani oʻylamaganidan, onasiga tez-tez shikoyat qilgan“[9].

Mehmed III oʻrniga 1603-yilda oʻgʻli Ahmad I taxtga oʻtiradi. Uning birinchi muhim qarorlaridan biri buvisini hokimiyatdan mahrum qilish edi. 1604-yil 9-yanvar, juma kuni Safiya sulton Eski saroyga surgun qilinadi. Bu uning eri va oʻgʻli orqali 19 yil davom etgan hukmronligining yakuni boʻlgan[10]. 1617-yilda Ahmad Ining ukasi Mustafo I sulton boʻlganida, uning onasi Halime Sulton, qaynonasi Safiya hali tirik boʻlsa-da, haqiqiy sultonxonim sifatida 3000 asper maosh olgan. Biroq, Halime oʻgʻlining hukmronligi oraligʻida ikki marotaba Eski Saroyga surgun qilinganida ham atigi 2000 asper maosh olgan. Eski Saroyda yashagan davrida Ahmad I ning suyuklisi Sulton ham kuniga atigi 1000 asper maosh olgan. Keyingi barcha sultonlar Safiya naslidan boʻlgan.

 
Istanbul, Eminönü shahridagi Yeni masjidi. Qurilish Safiya Sulton tomonidan boshlangan va Mehmed IV ning onasi Turhan Hatice hukmronligi davrida yakunlangan.

Tashqi aloqalar

tahrir

Safiya, xuddi Nurbanu singari, Venetsiya tarafdori boʻlgan siyosatni qoʻllab-quvvatlagan, ulardan biri uni „soʻzi har doim oʻtadigan, oʻz soʻziga ega, ishonchli ayol“ deb taʼriflagan.

Safiya Angliya bilan ham yaxshi munosabatlarini saqlab qolgan. U Mehmed III ni Vengriyadagi yurishda ingliz elchisiga hamrohlik qilishiga koʻndirgan. Uning faoliyati davomidagi oʻziga xos jihati shundaki, u Angliya qirolichasi Elizabeth I bilan shaxsan yozishib, qirolicha nomidan sultonga ixtiyoriy ravishda murojaat qilgan. Ikki ayol ham bir-birlariga turli sovgʻalar yuborib turishgan.

Masjid al-Malika Safiyya

tahrir
 
Masjid al-Malika Safiyya, Qohira (tashqi koʻrinish)
 
Masjid al-Malika Safiyya, Misr[11] (ichki koʻrinish)

Qohiradagi Al-Malika Saffiya masjidi Safiya sulton sharafiga nomlangan[12].

Bolalari

tahrir

Safiya Sultonning Murod lll bilan koʻplab farzandlari boʻlgan. Ammo Safiyaning oʻgʻillarini koʻpi 1581-yilgacha boʻlgan davrda yoki gʻoʻdakligida kasallikdan vafot etgan.

Umuman olganda Safiya Sultonning jami 11 ta farzandi 6 oʻgʻil 5 ta qizi boʻlgan.

Sulton Mehmed III 1566 1603 Murod lll va Safiya Sultonning 1-oʻgʻli. U juda yomon boʻlgan. Taxtga oʻtirishi bilan oʻzining 19 ta aka-ukasini, otasining 7 ta homilador joriyalarini va keyinchalik hatto oʻz oʻgʻlini ham qatl qildirgan.
Humoshoh Sulton 1564 1644 Murod III va Safiya Sultonning ilk farzandi va 1-qizi. U 2 marta turmushga chiqqan.
Shahzoda Selim 1567 1580 Murod lll va Safiya Sultonning 2-oʻgʻli. Shahzoda Selim 1595-yilda akasi tomonidan 18 ta akasi bilan birga qatl qilingan.
Shahzoda Sulaymon 1567 1595 Murod III va Safiya Sultonning 3-oʻgʻli. Shahzoda Selimning egizagi boʻlishi ham mumkin. U 1595-yilda akasi Mehmet tomonidan qatl qilingan.
Shahzoda Mahmut 1568 1580 Murod lll va Safiya Sultonning 4-oʻgʻli. Shahzoda Mahmut 1580-yilda kasallikdan vafot etadi. Bu Safiya Sultonning Eski saroyga ketishiga sababchi boʻlgan.
Oysha Sulton 1570 1605 Murod III va Safiya Sultonning 2-qizi. U 3 marta turmushga chiqqan. U siyosatga uncha qiziqmasdi.
Fatma Sulton 1571 1620 Murod lll va Safiya Sultonning 3-qizi. Fatma Sulton 3 marta turmushga chiqqan. Fatma koʻpincha onasining siyosatdagi faoliyatiga yordam bergan.
Shahzoda Usmon 1573 1574 Safiya Sultonning bolaligida vafot etgan ogʻillaridan biri. U 1 yoshida kasallikdan vafot etgan.
Mehrimoh Sulton 1579 1625 Murod III va Safiya Sultonning 4-qizi. 2 marta turmushga chiqqan. U siyosatga uncha qiziqmas edi.
Fahriya Sulton 1584 1656 Murod III va Safiya Sultonning 5-qizi. 2 marta turmushga chiqqan. U Murod lll Mehmet lll va Usmon ll davrida Topkapi saroyida yashagan.

Vafoti

tahrir

Lasly Peirce oʻz kitobida Safiya Mustafo I ning hukmronligi davrida Eski Saroyda nafaqaga chiqqan vaqtining birinchi oylarida hali hanuz tirik boʻlganligini, bu uning kamida 1621-yilgacha hayot kechirgani va nabirasi Usmon II davrida vafot etganligini anglatadi. Safiya Murod III qabriga dafn etilgan.

Badiiy adabiyotda va filmlarda tasvirlanishi

tahrir
  • Ann Chamberlynning Sofiyasida u Korsarlar tomonidan Konstantinopolga olib ketilgan 14 yoshli venetsiyalik zodagon qiz sifatida tasvirlangan.
  • Katty Hikmanning Safiya Sultonning ingliz savdogar bilan oʻzaro munosabatlari va haramdagi ingliz asirligi haqidagi hikoyasi asosida olingan Kushchi darvozasi filmida u muhim qahramon sifatida namoyon boʻladi. U qanday qilib Albaniya togʻlaridagi vatanidan keltirilib, haramga tushib qolgani haqida batafsil tushuntirilgan.
  • 2011-yilgi „Muhteşem Yüzyıl“ serialida „Yosh Safiya Sulton“ rolini turk aktrisasi Gözde Turker ijro etgan.
  • 2015-yilgi „Muhtasham yuzyil: Kösem“ serialida Safiya Sulton obrazini turk aktrisasi Hulya Avşar ijro etgan.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Peirce 1993, p. 94: "Murad's favorite was Safiye, a concubine said to be of Albanian origin from the village of Rezi in the Ducagini mountains.".
  2. Pedani 2000, p. 11.
  3. Peirce 1993, p. 95. Pedani 2000, p. 13. Peirce 1993, p. 94.
  4. Pedani 2000.
  5. Peirce 1993, p. 240. Peirce 1993, p. 202. Ioanna Iordanou, Venice's Secret Service: Organizing Intelligence in the Renaissance Peirce 1993, pp. 242–243.
  6. Peirce 1993.
  7. Peirce 1993, p. 231. Börekçi 2009, p. 23. Michael, Michalis N.; Kappler, Matthias; Gavriel, Eftihios (2009). Archivum Ottomanicum. p. 187. Peirce 1993, pp. 128. Alderson 1956, Table XXXI et seq..
  8. Peirce 1993, p. 223. Peirce 1993, p. 226. Peirce 1993, p. 219. Peirce 1993, p. 228.
  9. Andrea 2007, p. 13. Peirce 1993, p. 225. Peirce 1993, p. 242.
  10. Börekçi 2009.
  11. „Photo by alimahmoud177“. Photobucket. Qaraldi: 2016-yil 19-fevral.
  12. „Masjid al-Malika Safiyya | Archnet“. archnet.org. Qaraldi: 2016-yil 19-fevral.

Adabiyotlar

tahrir
  • Alderson, A. D. (1956). The Structure of the Ottoman Dynasty. Oxford: Clarendon.
  • Andrea, Bernadette (2007). Women and Islam in Early Modern English Literature. Cambridge: Cambridge University Press. ISBN 978-0-521-12176-7.
  • Börekçi, Günhan (2009). „Ahmed I“. In Ágoston, Gábor; Masters, Bruce (eds.). Encyclopedia of the Ottoman Empire. New York: Facts on File. ISBN 978-0-8160-6259-1.
  • Jardine, L. (2004). „Gloriana Rules the Waves: Or, the Advantage of Being Excommunicated (And a Woman)“. Transactions of the Royal •Historical Society. 6 (14): 209-222. doi:10.1017/S0080440104000234.
  • Mitchell, Colin P. (2011). New Perspectives on Safavid Iran: Empire and Society. Taylor & Francis. ISBN 978-1-136-99194-3.
  • Pedani, M. P. (2000). „Safiyeʼs Household and Venetian Diplomacy“. Turcica. 32: 9-32. doi:10.2143/TURC.32.0.460.
  • Peirce, Leslie Penn (1993). The Imperial Harem: Women and Sovereignty in the Ottoman Empire. Studies in Middle Eastern History. New York: Oxford University Press. ISBN 978-0-19-507673-8.