Sakrayogan Jon
Sakrayotgan Jon (inglizcha: hoppin' John) — anʼanaviy Janubiy Amerika taomidir[1] vigna, guruch, maydalangan piyoz va achchiq qalampir, tuz va sarimsoq bilan ziravorlangan bekon boʻlaklaridan tayyorlanadi[2].
„Sakrayotgan Jon“ hikoyasi Qoʻshma Shtatlardagi qullik davriga borib taqaladi. Uning asosiy tarkibiy qismi boʻlgan vigna oʻsha paytda Gʻarbiy Afrikada keng tarqalgan edi[3][2]. Shuning uchun, unga asoslangan taomni tayyorlash Amerika Qoʻshma Shtatlariga import qilingan Kongo qullari uchun oson edi[4]. Taomni surlangan mol goʻshti yordamida tayyorlagan Senegal va Nigeriya musulmonlari yoki Seminole hindulari tufayli paydo boʻlgan versiyalari[5] mavjud.
Taom nomining kelib chiqishi haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. Bir versiyaga koʻra, u fransuzcha pois pigeons [pwapiˈʒɔ̃] (kabutar noʻxati) iborasidan, boshqasiga koʻra, hindcha bahatta kachang iborasining Madagaskar talaffuzidan kelib chiqqan, yaʼni noʻxat[5] degan maʼnoda.
„Sakrayotgan Jon“ odatda 1-yanvarda isteʼmol qilinadi. Bu taom yangi yilda boylik va omad keltiradi, deb ishoniladi[2][6][1]. Noʻxat tangalarni, koʻkatlar — bu dollar pullarini[2] va taom bilan birga beriladigan makkajoʻxori noni — oltinni anglatadi[7]. „Sakrayotgan Jon“ ning qoldiqlari „Sakrayotgan Jenny“ deb nomlanadi (inglizcha: skippin' Jenny), ular egalarining tejamkorligini ifodalaydi; qoldiqlarini isteʼmol qilish kelgusi yilda boyib ketish imkoniyatini oshiradi, deb ishoniladi[8].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 The New Encyclopedia of Southern Culture 2009.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Herbert C. Covey, Dwight Eisnach 2009.
- ↑ „Vigna unguiculata“ (inglizcha). tropicalforages.info. 2010-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-avgust 2016-yil.
- ↑ Dosier S.. Civil War Cooking: The Confederacy, Blue Earth Books: Exploring History Through Simple Recipes Series, Capstone, 2000 — 26-bet. ISBN 0736803505.
- ↑ 5,0 5,1 James E. McWilliams 2007.
- ↑ 366 Delicious Ways to Cook Rice, Beans, and Grains, 1998. |mesto=New York|isbn=978-0-452-27654-3|ssilka=https://books.google.com/books?id=k5psVbxGQkIC%7Cstranitsi=51%7Cref=Chesman%7Cavtor=Chesman[sayt ishlamaydi], A.}}
- ↑ Albala K.. Beans: A History. Berg, 2007. ISBN 0857850784.
- ↑ Vann M. „Beyond Black-Eyed Peas: New Year's good-luck foods“ (inglizcha). The Austin Chronicle. 4-iyun 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-avgust 2016-yil.
Adabiyotlar
tahrir- James E. McWilliams. A Revolution in Eating: How the Quest for Food Shaped America, Arts and Traditions of the Table: Perspectives on Culinary History Series, Columbia University Press, 2007. ISBN 0231129939.
- Herbert C. Covey, Dwight Eisnach. What the Slaves Ate: Recollections of African American Foods and Foodways from the Slave Narratives, American mosaic, ABC-CLIO, 2009. ISBN 031337497X.
- John T. Edge. The New Encyclopedia of Southern Culture, 7: Foodways: Easyread Large Bold Edition, ReadHowYouWant, 2009. ISBN 145872171X.
Havolalar
tahrir- „Скачущий Джон — рецепт“. talerka.ru. 2013-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-dekabr 2012-yil.