Salvador de Madariyaga
Salvador de Madariaga y Roxo (isp. Salvador de Madariaga y Rojo; 1886-yil 23-iyul, La Coruña, Ispaniya – 1978-yil 14-dekabr, Lokarno, Shveytsariya) – ispan yozuvchisi, diplomat, jurnalist, tarixchi, psixolog.
Salvador de Madariyaga | |
---|---|
Tavalludi |
Salvador de Madariaga y Rojo 1886-yil 23-iyul |
Vafoti |
1978-yil 14-dekabr Lokarno, Shvetsariya |
Fuqaroligi | Ispaniya |
Kasbi | Diplomat, yozuvchi |
Unvoni | Fanlar doktori |
Biografiyasi
tahrirDe Madariaga Parijda muhandislik taʼlimini olgan, soʻngra Buyuk Britaniyaning Oksford universitetida oʻqishni davom ettirgan. Bir muddat „Shimoliy Ispaniya temir yoʻl kompaniyasi“da ishlagan, biroq koʻp oʻtmay muhandislik faoliyatini toʻxtatib, Londonga koʻchib oʻtgan. U yerda jurnalist sifatida faoliyat yuritib, The Times uchun ingliz tilida maqolalar yoza boshlagan. Aynan shu davrda oʻzining dastlabki esselerini eʼlon qilgan[1].
Yozuvchi 1921-yilda Madaryaga Millatlar Ligasi Kotibiyatiga doimiy muxbir sifatida tayinlandi, 1922-yilda esa qurolsizlanish boʻlimi rahbari etib tayinlandi. 1928-yildan boshlab Oksford universitetida ispan tili professori lavozimida faoliyat yuritdi. U shu yerda milliy ruhshunoslikka oid oʻzining birinchi kitobini nashr ettirdi: „Inglizlar, fransuzlar, ispanlar“ („Englishmen, Frenchmen, Spaniards“)[2].
Salvadar 1931-yilda Ispaniyaning AQShda elchisi va Millatlar Ligasida doimiy vakili etib tayinlandi hamda bu lavozimni besh yil davomida egalladi. Shu davrda Madaryaga „Millatlar Ligasining vijdoni“ laqabini oldi[1]. 1932-yildan 1934-yilgacha u Fransiyada elchi boʻlib ishladi[2]. 1933-yilda esa chap liberal Avtonom Galisiya respublikachilar tashkilotidan Ispaniya Milliy Kongressiga saylanib, bir vaqtning oʻzida adliya vaziri va taʼlim vaziri lavozimlarini egalladi[3].
1936-yil iyulda fuqarolar urushi boshlanishi bilan u ixtiyoriy ravishda Angliyaga ketib, u yerdan Franko diktaturasiga qarshi kurashni tashkiliy jihatdan qoʻllab-quvvatladi. 1949-yilda esa Yevropa kollejining asoschilari qatoriga kirdi[4].
Adabiyotdagi faoliyati
tahrirMadaryaga Don Kixot, Xristofor Kolumb va Lotin Amerikasi tarixi haqidagi kitoblar muallifidir[1]. U oʻz asarlarida doimo yagona, birlashgan Yevropa gʻoyasini ilgari surgan. Fransuz, nemis, ispan, galisian (ona tili) va ingliz tillarida ijod qilgan. 1973-yilda Buyuk Karl nomidagi xalqaro mukofotga sazovor boʻlgan. 1976-yilda Ispaniyaga qaytib kelib, u yerda oʻzining adabiy faoliyatini davom ettirgan[5].
Manbalar
tahrir- ↑ Salvador de MADARIAGA ( at www.oxfordshireblueplaques.org.uk Error: unknown archive URL 20200126085207 sanasida arxivlangan) – OXFORDSHIRE BLUE PLAQUES SCHEME(ingl.)
- ↑ Salvador de Madariaga ( at www.nndb.com Error: unknown archive URL 20111204215558 sanasida arxivlangan) na sayte NNDB(ingl.)
- ↑ Salvador de Madariaga ( at www.nndb.com Error: unknown archive URL 20111204215558 sanasida arxivlangan) na sayte NNDB(ingl.)
- ↑ René Wadlow. Salvador De Madariaga: Conscience of the League of Nations ( at www.transnational-perspectives.org Error: unknown archive URL 20111006184104 sanasida arxivlangan)(ingl.)
- ↑ Salvador de Madariaga y Rojo Salvador de Madariaga y Rojo ( at www.britannica.com Error: unknown archive URL 20140913012628 sanasida arxivlangan) na sayte Encyclopaedia Britannica(ingl.)