Samuel P. Huntington
Samuel Philips Huntington — (1927-yil 18-aprel — 2008-yil 24-dekabr) amerikalik siyosatshunos, maslahatchi va akademik. U Harvard universitetida yarim asrdan koʻproq vaqtini oʻtkazdi, u yerda Harvard xalqaro aloqalar markazi direktori va Albert J. Weatherhead III universiteti professori boʻlgan.
Samuel P. Huntington | |
---|---|
Tavalludi |
Samuel Phillips Huntington 18-aprel 1927-yil New York City, New York, AQSh |
Vafoti |
24-dekabr 2008-yil (81 yoshda) Martha's Vineyard, Massachusetts, U.S. |
Fuqaroligi | AQSh |
Partiyasi | Democratic |
Turmush oʻrtogʻi |
Nancy Arkelyan (turm. 1957) |
Onasi | Dorothy Sanborn Phillips |
Jimmy Carter prezidentligi davrida Huntington Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi xavfsizlikni rejalashtirish koordinatori boʻlgan. 1980-yillarda Janubiy Afrikadagi aparteid davrida P. V. Bothaning Xavfsizlik xizmatlarida maslahatchi boʻlib ishlagan.
U oʻzining 1993-yilda „Sovuq urushdan keyingi yangi dunyo tartibi toʻgʻrisida“gi „Clash of Civilizations“ nazariyasi bilan mashhur. U kelajakdagi urushlar mamlakatlar oʻrtasida emas, balki madaniyatlar oʻrtasida olib borilishini va islom ekstremizmi Gʻarbning dunyodagi hukmronligi uchun eng katta tahdidga aylanishini taʼkidlaydi. Huntington fuqarolik-harbiy munosabatlar, siyosiy rivojlanish va qiyosiy hukumat boʻyicha Amerika qarashlarini shakllantirishga yordam bergan[1]. Ochiq Syllabus loyihasiga koʻra Huntington siyosatshunoslik kurslari uchun kollej va oliy oʻquv yurtlari oʻquv dasturlarida eng koʻp tilga olingan ikkinchi muallifdir[2].
Yoshligi va taʼlim
tahrirHuntington 1927-yil 18-aprelda New York shahrida qisqa hikoyalar yozuvchi Dorothy Sanborn (qizlik familiyasi Phillips) va mehmonxona savdosi jurnallari noshiri Richard Thomas Huntington oilasida tug‘ilgan[3][4]. Uning bobosi noshir John Sanborn Phillips, 18 yoshida Yale universitetini imtiyozli diplom bilan tugatgan, qisqa muddat AQSh armiyasida xizmat qilgan, Chicago universitetida magistrlik darajasini olgan va Harvard universitetida doktorlik dissertatsiyasini tamomlagan va u yerda 23 yoshidan dars bera boshlagan[5][1].
Akademik martaba
tahrirHuntington 1950-yildan 1959-yilgacha Harvard hukumati departamenti aʼzosi boʻlgan[6] mansabdor Zbigniew Brzezinski bilan birga New Yorkdagi Columbia universitetiga koʻchib oʻtdi. 1959-yildan 1962-yilgacha shu universitetda hukumat professori va Urush va tinchlikni oʻrganish instituti direktori oʻrinbosari boʻlgan[1]. Huntington 1963-yilda Harvardga qaytishga taklif qilinadi va bu yerda oʻlimiga qadar faoliyat yuritadi.1965-yilda Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining aʼzosi etib saylanadi[7]. Huntington va Warren Demian Manshel „Foreign Policy“ jurnalining asoschisi va muharrirlari edilar. Huntington 1977-yilgacha jurnal hammuallifi sifatida qoldi[8].
Huntingtonning birinchi yirik kitobi "The Soldier and the State: The Theory and Politics of Civil-Military Relations" (1957) boʻlib, nashr etilgandan soʻng juda ziddiyatli vaziyatni yuzaga keldtiradi, ammo hozirda Amerika fuqarolik-harbiy munosabatlariga oid eng taʼsirli kitob sifatida qabul qilingan[9][10][11]. U oʻzining "Political Order in Changing Societies" (1968) asari bilan mashhur boʻlib, bu asar modernizatsiya nazariyotchilarining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yaqinda dekolonizatsiya qilingan mamlakatlarda barqaror demokratiyani vujudga keltirishi haqidagi anʼanaviy fikriga qarshi chiqdi. Shuningdek, 1976-yilda Uch tomonlama Komissiya tomonidan eʼlon qilingan "The Crisis of Democracy: On the Governability of Democracies" hisoboti hammuallifi ham edi. 1977-yilda Jimmy Carter maʼmuriyatida milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchi etib tayinlangan Brzezinski Huntingtonni Oq uyning Milliy xavfsizlik kengashining xavfsizlikni rejalashtirish boʻyicha koordinatori boʻlishga taklif qildi. U bu lavozimda 1978-yilning oxirigacha xizmat qildi.
Huntington 2007-yilda nafaqaga chiqqunga qadar bakalavrlarga dars berishni davom ettirdi.
Shaxsiy hayoti
tahrirHuntington rafiqasi Nency Arkelyan bilan 1956-yilda prezidentlikka nomzod Adlai Stevensonning nutqi ustida birga ishlayotganida tanishgan. Ularning Nicholas va Timothy ismli ikki nafar oʻgʻillari boʻlgan.[1]
Bir necha yil davomida sogʻligʻi yomonlashganidan keyin Huntington 2008-yil 24-dekabrda 81 yoshida Massachusetts shtatidagi Marthaʼs Vineyard orolida vafot etdi[3].
Eʼtiborli dalillar
tahrirThe Soldier and the State
tahrir"The Soldier and the State: The Theory and Politics of Civil-Military Relations" (1957) asarida[12] Huntington fuqarolik-harbiy munosabatlarning umumiy nazariyasini taqdim etadi. Obyektiv fuqarolik nazorati nazariyasini taklif qiladi, unga koʻra qurolli kuchlar ustidan nazoratni taʼminlashning optimal vositasi ularni professionallashtirishdir.
Political Order in Changing Societies
tahrir1968-yilda Qoʻshma Shtatlarning Vietnamdagi urushi juda ham qizgʻinlashib borayotgan bir paytda, Huntington „Political Order in Changing Societies“ni nashr etdi, bu oʻtgan oʻn yil ichida AQSh ning rivojlanayotgan dunyoga nisbatan siyosatiga taʼsir koʻrsatgan modernizatsiya nazariyasi tanqidi edi.
Huntingtonning taʼkidlashicha, jamiyatlar zamonaviylashgan sari ular yanada murakkab va tartibsiz boʻlib boradi. Agar ushbu tartibsizlikni keltirib chiqaradigan ijtimoiy modernizatsiya jarayoni siyosiy va institutsional modernizatsiya jarayoni bilan mos kelmasa, oqibat zoʻravonlikka olib kelishi mumkin.
1970-yillarda Huntington demokratik va diktator hukumatlarning maslahatchisi bo'lgan. 1972-yilda u Braziliyada Medici hukumati vakillari bilan uchrashadi; bir yil oʻtgach, „Approaches to Political Decompression“ hisobotini nashr etdi, siyosiy liberalizatsiya xavfidan ogohlantirdi, bosqichma-bosqich liberallashtirishni va Meksika Institutsional Inqilobiy partiyasi timsoliga asoslangan kuchli partiyaviy davlat tuzishni taklif qildi. Uzoq muddatli oʻtishdan soʻng, 1985-yilda Braziliya demokratik davlatga aylandi.
1980-yillarda Janubiy Afrika rejimining qimmatli maslahatchisiga aylandi, bu rejim uning siyosiy tartib haqidagi gʻoyalarini aparteidni isloh qilish va kuchayib borayotgan qarshilikni bostirish uchun „umumiy strategiyasini“ yaratishda ishlatdi. Huntington Janubiy Afrika hukmdorlarini islohotni amalga oshirish uchun davlatning repressiv kuchini oshirish (oʻsha paytda politsiya zoʻravonligi, sudsiz ushlab turish va qiynoqlarni oʻz ichiga olgan) zarur boʻlishi mumkinligiga ishontirdi. Reformatsiya „ikki qarash, yolgʻon, notoʻgʻri taxminlar va maqsadli koʻrlikni“ talab qilishini Janubiy Afrikadagi odamlarga aytib oʻtdi. Shunday qilib, u oʻz mezbonlarining aparteidni yoʻq qilish oʻrniga uni „isloh qilish“ loyihasini tasdiqladi[13].
Huntington Braziliyani muvaffaqiyat timsoli sifatida tez-tez tilga olib, 1988-yilda Amerika Siyosatshunoslik Assotsiatsiyasiga prezidentga qilgan murojaatida uning roliga ishora qilib, siyosatshunoslik bu jarayonda kamtarona rol oʻynaganini izohladi. Britaniyalik siyosatshunos Alan Hooper kabi tanqidchilarning taʼkidlashicha, zamonaviy Braziliyada, ayniqsa, beqaror partiyaviy tizim mavjud boʻlib, undagi eng yaxshi institutsionallashgan partiya Luiz Inasio Lula da Silvaning Ishchilar partiyasi nazorat ostida boʻlishga qarshi chiqqan. Bundan tashqari, Hooperning taʼkidlashicha, zamonaviy Braziliyada fuqarolar ishtirokining yetishmasligi siyosiy ishtirok etishning yuqoridan pastga oʻtish jarayoni tufayli kelib chiqadi.
The Third Wave
tahrir1991-yilda chop etilgan „The Third Wave: Democratization in the Late Twentieth Century“ kitobida Huntington 1974-yildagi Portugaliya inqilobidan boshlab uchinchi demokratlashuv toʻlqini boʻlganligini va bu butun Yevropa, Lotin Amerikasi, Osiyo va Afrikadagi 60 dan ortiq mamlakatlarni oʻz ichiga olgan tendensiyani tasvirlashini, shuningdek, bu davlatlar demokratik oʻtish davrining qaysidir bosqichini boshdan kechirganligini taʼkidlaydi. Huntington ushbu kitobi uchun 1992-yilda Louisville universiteti Grawemeyer mukofotiga sazovor boʻldi[14].
"The Clash of Civilizations"
tahrir1993-yilda Huntington „The Clash of Civilizations?“ nom ostidagi " Foreign Affairs " jurnalida chop etilgan taʼsirli, tez-tez iqtibos keltiriladigan maqolasi bilan xalqaro munosabatlar nazariyotchilari orasida katta munozaralarga sabab boʻldi. Maqolada u Sovet Ittifoqi qulagandan soʻng islom Gʻarbning dunyoda hukmronligi yoʻlidagi eng katta toʻsiq boʻlib qolishini taʼkidlagan. Shuning uchun Gʻarbning navbatdagi katta urushi Islom bilan boʻlishi muqarrar, deydi u[15]. Uning Sovuq urushdan keyingi geosiyosat va „beqarorlikning muqarrarligi“ tavsifi Francs Fukuyama tomonidan ilgari surilgan „End of History“ tezisiga zid edi.
Huntington „The Clash of Civilizations?“ni qoʻshimcha maʼlumotlar bilan kengaytiradi va 1996-yilda "The Clash of Civilizations and the Remaking of World Order" nomi bilan nashr ettiradi. Maqolada va kitobda aytilishicha, Sovuq urushdan keyingi mojarolar mafkuraviy emas, balki madaniy tafovutlar tufayli tez-tez va zoʻravonlik bilan yuzaga keladi. Sovuq urush davrida Kapitalistik Gʻarb va Sharqiy Kommunistik Blok oʻrtasida ziddiyat yuzaga kelgan boʻlsa, endi u dunyodagi yirik sivilizatsiyalar oʻrtasida sodir boʻlishi mumkin edi — yettiasini aniqlaydi va mumkin boʻlgan sakkiztalik : (i) Gʻarbiy, (ii) Lotin Amerika, (iii) islom, (iv) sinik (xitoy), (v) hindu, (vi) pravoslav, (vii) yapon va (viii) Afrika. Ushbu madaniy tashkilot zamonaviy dunyoni suveren davlatlar haqidagi klassik tushunchaga qarama-qarshi qoʻyadi. Hozirgi va kelajakdagi mojarolarni tushunish uchun madaniy nizolarni tushunish kerak va urushning sababi sifatida davlat emas, balki madaniyatni qabul qilish kerak. Shunday qilib, Gʻarb davlatlari madaniy ziddiyatlarning murosasiz tabiatini tan olmasalar, ustunliklarini yoʻqotadilar. Huntingtonning gaplariga koʻra Sovuq urushdan keyingi geosiyosiy tashkilot va tuzilmadagi bu oʻzgarish Gʻarbdan oʻzining demokratik universalizm idealini oʻrnatishdan va tinimsiz harbiy aralashuvdan voz kechib, oʻzini madaniy jihatdan mustahkamlashni talab qiladi. Huntington 1996-yilgi kengaytirilgan variantida shunday deb yozgan edi: „Etnik mojarolar va sivilizatsiyalar toʻqnashuvi paydo boʻlayotgan dunyoda Gʻarbning Gʻarb madaniyatining universalligiga boʻlgan ishonchi uchta muammoga duch keladi:yolgʻon; axloqsizlik va xavflilik“[16].
Gʻarb sivilizatsiyasining Gʻarbiy nasroniylik (katolik-protestant) bilan identifikatsiyasi Huntingtonning asl gʻoyasi emas edi, bu Sovuq urush davrigacha boʻlgan anʼanaviy Gʻarb fikri va boʻlinmasi edi[17]. Tanqidchilar (masalan, Le Monde Diplomatique jurnalidagi maqolalar) "The Clash of Civilizations and the Remaking of World Order " asarini Amerika tomonidan Xitoyga, jahon islom va pravoslav madaniyatiga qarshi Gʻarb tajovuzkorligini nazariy qonuniylashtirish deb atashadi. Boshqa tanqidchilar Huntingtonning taksonomiyasi sodda va oʻzboshimchalik bilan, ichki dinamikani va sivilizatsiyalar ichidagi partizan ziddiyatlarni hisobga olmaydi, deb taʼkidlaydilar. Bundan tashqari, tanqidchilar Huntington mojarolarni keltirib chiqaradigan haqiqiy sabab omillari sifatida elita tomonidan mafkuraviy safarbarlik va aholining qondirilmagan ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini, u belgilab bergan sivilizatsiya chegaralariga toʻgʻri kelmaydigan mojarolarni eʼtiborsiz qoldirishini va ular uning yangi paradigmasini realistik tafakkurdan boshqa narsa emas, bunda „davlatlar“ oʻrnini „sivilizatsiyalar“ egallaganini taʼkidlaydilar[18]. Huntingtonning AQSh siyosatiga taʼsiri tarixchi Arnold Toynbeeing XX asr boshlarida Osiyo yetakchilari haqidagi bahsli diniy nazariyalariga oʻxshatilgan. The New York Timesning Huntington haqidagi nekrologida taʼkidlanishicha, uning „davlatlar yoki etnik guruhlardan farqli oʻlaroq, qadimiy diniy imperiyalarga urgʻu [global mojaro manbalari sifatida] … 11-sentabr xurujlaridan keyin koʻproq kachega ega boʻldi“[19].
Huntington Ukraina gʻarbiy katolik va pravoslav sharqiy Ukrainaga boʻlinishi mumkinligini yozgan:
Statistik yondashuv Rossiya-Ukraina urushi ehtimolini taʼkidlagan boʻlsa-da, sivilizatsiyaviy yondashuv buni minimallashtiradi va buning oʻrniga Ukrainaning ikkiga boʻlinish ehtimolini taʼkidlaydi, bunday ajralish Chexoslovakiyanikidan koʻra koʻproq zoʻravonroq, ammo Yugoslaviyanikidan koʻra kamroq qonli boʻlishi taxmin qilmoqda[20].
Who Are We and immigration
tahrirHuntingtonning soʻnggi kitobi "Who Are We? The Challenges to America's National Identity" 2004-yil may oyida nashr etilgan. Uning mavzusi Amerika milliy oʻziga xosligining maʼnosi va u lotinlarning keng koʻlamli immigratsiyasidan kelib chiqadigan madaniy tahdid sifatida tasvirlagan narsadir, Huntingtonning taʼkidlashicha, „Qoʻshma Shtatlarni ikki xalq, ikki madaniyat va ikki tilga boʻlish“ mumkin. Bu kitobda u Amerikani muhojirlarni „ingliz tilini qabul qilishga“ majburlashga, AQShni esa „oʻzini lotin va islom muhojirlari tahdidlaridan qutqarish“ uchun „protestant dinlariga“ murojaat qilishga chaqirdi. UCLA Jamoatchilik bilan aloqalar maktabi dekani Gary M. Segura „Siyosat istiqbollari“ akademik jurnali uchun kitob sharhida[21] kitobni boʻluvchi qarashlar va ritorika tufayli ijtimoiy fan deb hisoblamaslik kerakligini taʼkidladi[22]. Segura, shuningdek, Huntingtonning kitobni yozganini uning ilmiy mavqeyi tufayli kechirib boʻlmas deb atadi va bu asar ilmiy ish emas, balki polemik ekanligini aytdi[22].
Boshqa
tahrirHuntington Davos odami iborasini ixtiro qilgan boʻlib, u „milliy sadoqatga unchalik muhtoj boʻlmagan, milliy chegaralarni yoʻqolib borayotgan toʻsiqlar sifatida, milliy hukumatlarni oʻtmish qoldiqlari sifatida koʻradigan va yagona foydali vazifasi elitaning global operatsiyalarini osonlashtirish“ deb hisoblaydigan global elitalarga ishora qiladi. Bu ibora Shveytsariyaning Davos shahrida jahon iqtisodiyoti yetakchilari uchrashadigan Jahon iqtisodiy forumiga ishora qiladi[23].
1980-yillarda Janubiy Afrikaning aparteid hukumati PW Botha xavfsizlik bilan tobora koʻproq shugʻullana boshladi. Huntingtonning maslahatiga koʻra, Botha hukumati shtatni islohotlar sabab boʻlishi bashorat qilinayotgan siyosiy zoʻravonlikning kutilayotgan koʻtarilishidan „himoya qilish“ uchun kuchli davlat xavfsizlik apparatini yaratdi. 1980-yillar sezilarli siyosiy tartibsizliklar davriga aylandi, hukumatda Bothaning generallar doirasi va turli favqulodda vaziyatlarni boshqaradigan (sekkurokratlar deb nomlanuvchi) politsiya boshliqlari hukmronlik qila boshladi[24].
Milliy Fanlar Akademiyasi bahslari
tahrir1986-yilda Huntington Milliy Fanlar akademiyasiga aʼzolikka nomzod boʻldi. Nomzodlikka Huntingtonni matematikadan notoʻgʻri foydalanishda va psevdofan bilan shugʻullanishda ayblagan, matematik Neal Koblitzning asarlaridan ilhomlangan Yale universiteti matematigi Serge Lang qarshi chiqdi. Langning taʼkidlashicha, Huntington tarixiy rekordni buzib, oʻz xulosalarini ishonchli koʻrsatish uchun psevdomatematikadan foydalangan. Langning kampaniyasi muvaffaqiyat qozondi; Huntington ikki marta nomzod boʻladi va ikki marta rad etiladi. Ushbu voqealarning batafsil tavsifi Lang tomonidan 1998-yilda chop etilgan "Challenges" kitobining birinchi 222 sahifasini egallagan „Akademiya, jurnalistika va siyosat: vaziyatni o‘rganish: Huntington ishi“ da nashr etilgan[25].
Huntingtonning Harvard professori va Harvard xalqaro aloqalar markazi direktori sifatida mashhurligi uning MFAga magʻlubiyatga uchragan nomzodligini ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan The New York Times va The New Republic gazetalarida sezilarli darajada yoritilishiga olib keldi[26]. Uning tarafdorlari orasida 1978-yilda iqtisod boʻyicha Nobel mukofoti laureati Herbert A. Simon ham boʻlgan. Simon va Koblitz "Mathematical Intelligencer" jurnalining ko‘plab sonlarida bir-birlari bilan bahslashishdi, boshqa matematiklar ularga esa „Letters to the Editors“ rukni orqali qo‘shilishdi[27][28][29][30][31].
Tanlangan nashrlar
tahrir- “National Policy and the Transoceanic Navy.” United States Naval Institute Proceedings 80, 5 (May 1954): 483-493. onlayn
- The Soldier and the State: The Theory and Politics of Civil-Military Relations (1957)
- The Common Defense: Strategic Programs in National Politics (1961)
- Political Order in Changing Societies (1968)
- The Crisis of Democracy: On the Governability of Democracies with Michel Crozier and Joji Watanuki (1976)
- Political Power: USA USSR - Similarities and contrasts, Convergence or evolution with Zbigniew Brzezinski (1977)
- American Politics: The Promise of Disharmony(1981)
- "Democracy's third wave." Journal of democracy 2.2 (1991): 12–34. onlayn (Wayback Machine saytida 2018-04-03 sanasida arxivlangan)
- The Third Wave: Democratization in the Late Twentieth Century(1991)
- The Clash of Civilizations and the Remaking of World Order (1996)
- "After twenty years: the future of the third wave." Journal of democracy 8.4 (1997): 3–12.. onlayn
- Who Are We? The Challenges to America's National Identity (2004), The Hispanic Challenge, Foreign Policy maqolasiga asoslangan, 2004 yil mart/aprel [32]
Muharrir sifatida:
- Culture Matters: How Values Shape Human Progress with Lawrence E. Harrison (2000)
- Many Globalizations : Cultural Diversity in the Contemporary World with Peter L. Berger (2002)
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Lewin. „Samuel P. Huntington, 81, Political Scientist, Is Dead“. The New York Times (2008-yil 28-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 9-iyun.
- ↑ „Open Syllabus Project“. 2023-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
- ↑ 3,0 3,1 Hart, Dan. Samuel Huntington, Harvard Political Scientist, Dies. Bloomberg News (2008-yil 27-dekabr).
- ↑ „POINTER - Journals - 2009 - Vol 35 No. 1 - Featured Author: Samuel P Huntington“. Mindef.gov.sg. 2013-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
- ↑ „Samuel Huntington, Albert J. Weatherhead III University Professor“. Department of Government, Harvard University. 2008-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 27-dekabr.
- ↑ „Professor Samuel Huntington author of The Clash of Civilizations“. The Times (2008-yil 29-dekabr). 2010-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
- ↑ „Book of Members, 1780–2010: Chapter H“. American Academy of Arts and Sciences. Qaraldi: 2011-yil 22-aprel.
- ↑ „Samuel Huntington, 81, political scientist, scholar | Harvard Gazette“. News.harvard.edu (2009-yil 5-fevral). Qaraldi: 2012-yil 17-avgust.
- ↑ Michael C. Desch. 1998.
- ↑ Michael C. Desch. 2001.
- ↑ Peter D. Feaver. 1996.
- ↑ „Samuel P. Huntington The Soldier And The State :the Theory And Politics Of Civil Military Relations Belknap Press ( 1957)“.
- ↑ Joseph Lelyveld, Move Your Shadow (New York, 1985), 68-69; Shula Marks and Stanley Trapido, "South Africa Since 1976: an historical perspective, " in Shaun Johnson, ed., South Africa: No Turning Back (London, 1988), 28-29
- ↑ „1992- Samuel Huntington, Herman Daly and John Cobb“. 2013-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Haruna, Mohammed. „Nigeria: September 11 And Huntington's Prophecy“. Daily Trust (2001-yil 26-sentyabr).
- ↑ „A Guide to the Work of Samuel Huntington“. contemporarythinkers.org.
- ↑ Peter Harrison, An Eccentric Tradition: The Paradox of 'Western Values'
- ↑ see Richard E. Rubenstein and Jarle Crocker (1994): Challenging Huntington, in: Foreign Policy, No. 96 (Autumn, 1994), pp. 113-28
- ↑ Samuel P. Huntington of Harvard Dies at 81, The New York Times, December 27, 2008
- ↑ "Testing Huntington in Ukraine".
- ↑ „Gary Segura Dean UCLA Luskin School of Public Affairs“.
- ↑ 22,0 22,1 Segura, Gary M. (2005). "Who Are We? The Challenges to America's National Identity". Perspectives on Politics 3 (3). doi:10.1017/S1537592705460259. https://www.cambridge.org/core/journals/perspectives-on-politics/article/who-are-we-the-challenges-to-americas-national-identity/641E6E46CEA79FD684F0277DD3C2985E.
- ↑ Davos manʼs death wish, The Guardian, 3 February 2006
- ↑ Fox, William; Fourie, Marius; Van Wyk, Belinda (1998).
- ↑ Lang, Serge. Challenges. New York: Springer, 1999. ISBN 978-0-387-94861-4.
- ↑ Boffey, Philip M.. Prominent Harvard Scholar Barred by Science Academy. The New York Times (1987-yil 29-aprel).
- ↑ Koblitz, Neal (1988-12-01). "A tale of three equations; or the emperors have no clothes" (en). The Mathematical Intelligencer 10 (1): 4–10. doi:10.1007/BF03023843. ISSN 0343-6993. https://doi.org/10.1007/BF03023843.
- ↑ Koblitz, Neal (1988-12-01). "Reply to unclad emperors" (en). The Mathematical Intelligencer 10 (1): 14–16. doi:10.1007/BF03023845. ISSN 0343-6993. https://doi.org/10.1007/BF03023845.
- ↑ Simon, Herbert A.; Koblitz, Neal (1988-03-01). "Opinion" (en). The Mathematical Intelligencer 10 (2): 10–12. doi:10.1007/BF03028350. ISSN 0343-6993. https://doi.org/10.1007/BF03028350.
- ↑ Simon, Herbert A. (1988-12-01). "Unclad emperors: A case of mistaken identity" (en). The Mathematical Intelligencer 10 (1): 11–14. doi:10.1007/BF03023844. ISSN 0343-6993. https://doi.org/10.1007/BF03023844.
- ↑ Aubert, Karl Egil; Todorov, Audrey; Lazarus, Andrew J.; Simon, Herbert A.; Akin, Ethan; Koblitz, Neal (1988-09-01). "Letters to the editor" (en). The Mathematical Intelligencer 10 (4): 3–6. doi:10.1007/BF03023736. ISSN 0343-6993. https://doi.org/10.1007/BF03023736.
- ↑ Previous location, archived link
Qoʻshimcha oʻqish
tahrir- Meaney, Tomas. „Gʻarbning qaytishi“ New York Times, 2022 yil 11 mart.
- Richard Snayderning intervyusi: „Samuel P. Xantington: Global nuqtai nazardan tartib va mojaro“, pp. 210-233, Gerardo L. Munk va Richard Snayder, Qiyosiy siyosatda ehtiros, hunarmandchilik va uslub (Baltimor, Md.: Jons Xopkins universiteti nashriyoti, 2007).
Havolalar
tahrir- Samuel Xantington 1997 yilda Charli Rouzga bergan intervyusida sivilizatsiyalar toʻqnashuvi haqidagi kitobi va tezislarini tushuntiradi. (Wayback Machine saytida 2016-04-02 sanasida arxivlangan)
- Demokratiya inqirozi (Wayback Machine saytida 2019-08-21 sanasida arxivlangan) Archived -da arxivlangan Uch tomonlama komissiya hisoboti
- C Appearances
- Sem Xantington Thoughtcast dasturida Jenni Attiye bilan „Biz kimmiz? Amerikaning milliy oʻziga xosligi uchun muammolar“ mavzusini muhokama qilmoqda
- Amina R. Chaudaryning „Sem Xantington bilan intervyu“ — Islamica jurnaliga 2006 yilda bergan intervyusi
- Samuel Xantington: Gʻoyalarning oqibatlari bor, Jeyms Kurt
- Samuel Xantington, Trump davrining paygʻambari, Karlos Lozada, Washington Post, 2017 yil 18 iyul