Sardoba suv ombori
Sardoba suv ombori — Oʻzbekistonning Sirdaryo viloyatida qurilgan suv ombori. 2017-yil Janubiy Mirzachoʻl kanalining markaziy tarmogʻi oqib oʻtgan hududda qurilgan. Suv sigʻimi 930 million m³, balandligi 28,8 m[1].
Sardoba suv ombori | |
---|---|
Sardoba suv omboridan toshib chiqqan suvning 2020-yil 1—4-may kunlaridagi harakati xaritasi (Yer sunʼiy yoʻldoshidan olingan tasvirlar asosida chizilgan) | |
Morfometriya | |
Sigʻimi | 0.93 km³ |
Maksimal chuqurligi | 28.8 m |
Xarakteristikasi | |
Toʻldirilgan yili | 2017-yil |
Toʻgʻon balandligi | 28 m |
Havzasi | |
Quyiladigan irmoqlar | Janubiy Mirzachoʻl kanali |
Joylashuvi | |
Hudud | Sirdaryo viloyati |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Koordinatalar | 40°21′06″N 68°27′50″E / 40.35174°N 68.46388°E |
Suv omborining qurilishi 2010-yil boshlanib, 2017-yil yakunlandi. Uni qurishdan maqsad Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining unumdor yerlaridan foydalanib, qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligini oshirish boʻlgan. Suv ombori atrofida dam olish hududi tashkil etilishi koʻzda tutilgan[2]. Suv ombori qurilishida „Sirdaryo suv qurilish invest“ DUK (Suv xoʻjaligi vazirligi) buyurtmachi, „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ga qarashli „Oʻztemiryoʻlqurilishmontaj“ korxonasi bosh pudratchi, „UzGip“ MChJ bosh loyihachi, 10 dan ortiq kompaniyalar subpudratchi boʻldi. Suv omboridan foydalanish „Oʻzbekiston temir yo'llari“ AJga qarashli „Sardoba suv ombori obyektlaridan foydalanish va rivojlantirish direksiyasi“ga topshirildi. Sardoba suv omborining qiymati 1,3 trillion soʻm (404 million AQSh dollari)ni tashkil etdi[3][4].
2020-yil 1-may kuni Sardoba suv ombori devori oʻpirilib, Oʻzbekistonning Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlari va Qozogʻistonning Paxtaorol tumanidagi oʻnlab aholi punktini suv bosdi[2].
GES loyihasi
tahrir2020-yil 21-aprelda „Oʻzbekgidroenergo“ AJ tomonidan Sardoba suv ombori atrofida GES qurilishi boshlandi. Qiymati 21,3 million yevroga teng boʻlgan GES qurilishi 2023-yilda qurib bitkazilishi rejalashtirilgandi. Qurilish Rossiyaning „Roseksimbank“i tomonidan moliyalashtirilishi belgilangan. Rossiya tomonidan bosh pudratchi „Silovyye mashiny – ZTL, LMZ, Elektrosila, Energomasheksport“ kompaniyasi boʻlib, u bilan 19,2 million yevro ekvivalentiga teng shartnoma imzolandi. Loyihaga koʻra GESning umumiy quvvati 10,7 MVt.ga teng boʻlib, unga 5,35 MVt.dan iborat ikkita gidroagregat oʻrnatilishi belgilandi. GESning yillik tok ishlab chiqarish quvvati 41,1 million KVt. soatga teng boʻlishi rejalashtirilgan[5][6].
Suv toshqini
tahrir2020-yil 1-may, soat 05:55 da suv ombori toʻgʻonining 6-piket devoridan suv sizib chiqa boshladi, suv oqimi tobora kuchayib bordi. Oqibatda Qoʻrgʻontepa qishlogʻi suv ostida qoldi. Qoʻrgʻontepa aholisi „Birlik“ mahallasiga evakuatsiya qilindi[7]. „Qoʻrgʻontepa“, „Doʻstlik“, „Yurtdosh“, „Navbahor“, „Haqiqat“, „Bahoriston“ mahallalarini suv bosdi, aholi evakuatsiya qilindi[8]. Bundan tashqari Oqoltin tumanidagi „Ahillik“, „Shodlik“, „Saxovat“, „Navoiy“, „Doʻstlik“, „Koʻrkamdiyor/Go'zalmohira“, “, Toshkent „Yangihayot“, „Obod“, „Mustahkam“ mahallalari aholisi Jizzax viloand yatining Gagarin shahriga koʻchirildi. Mirzaobod tumanining „Beruniy“, „Paxtaobod“, „Baliqchi“, „Haqiqat“, „Bahoriston“, „Yangiovul“, „Doʻngariq“ mahallalari aholisi Yangiyer shahriga koʻchirildi. Ombordan toshgan suv oqimi Oqoltin tumanidan oqib oʻtuvchi Abay kanaliga oqizilib, Arnasoy koʻllariga yoʻnaltirildi. Sardoba qishlogʻi aholisi ham Gagarin shahriga koʻchirildi[9]. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra toshqinning birinchi kunida 11 598 kishi evakuatsiya qilindi[10]. 2-may kuni 60 450 kishi xavfsiz joyga koʻchirildi[11]. Toshqin oqibatida 4 kishi vafot etdi, 1 kishi bedarak yoʻqoldi[12], 2570 ta hovli, 76 ta koʻp qavatli uy yaroqsiz holga keldi, 1781 ta hovli, 52 ta koʻp qavatli uy qisman zararlandi[13].
Sardoba halokati boʻyicha jinoiy ish ochildi[14]. 19-may kuni jinoiy ishga aloqador 2 kishi „mansabga sovuqqonlik bilan qarash“ va „togʻ-kon, qurilish qoidalarini buzish“da gumonlanib, hibsga olindi[15].
Rasmiy xabarlarga koʻra suv toshqinidan zarar koʻrgan 4500 dan ortiq xonadon egalarining har biriga davlat byudjetidan 40 million soʻmlik yordam puli ajratildi ammo toshqindan zarar koʻrganlarning barchasi ham bu pulni ololmadi, tovon talab qilganlardan baʼzilari ichki ishlar xodimlari tomonidan kaltaklandi yoki 15 sutkaga qamaldi[13].
Suv toshqinidan zarar koʻrgan aholi uchun 855,4 milliard soʻmlik uy qurib berildi, 2640 xonadonli 86 ta koʻp qavatli uy qurildi[13].
Toshqindan Sirdaryo viloyati boʻyicha jami 19 592 gektar yer maydoni zararlandi[13].
Qozogʻiston rasmiylarining eʼtirozi
tahrir2020-yil 1-may kuni suv omboridan suv toshishi oqibatida Qozogʻistonning Turkiston viloyatidagi bir nechta aholi yashash punktlari ham suv ostida qoldi. Lekin Oʻzbekiston suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Qozogʻiston ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri oʻrinbosariga qoʻngʻiroq qilib toshqin Qozogʻistonga oʻtmasligini aytgan, shu sababli Qozogʻistonda aholini evakuatsiya qilish biroz kechikkan[16][17]. Bundan tashqari Qozogʻiston rasmiylari Sardoba suv ombori qurilishi Qozogʻiston tarafi bilan kelishilmay qurilganligini ham taʼkidlashdi. Bu haqda rasmiy nota yoʻllash masalasi koʻrib chiqilayotganini eʼlon qilishdi[18]. Keyinchalik Qozogʻiston tashqi ishlar vazirligi bu masalada Oʻzbekistonga nota yuborilmasligi haqida gapirdi[19].
Manbalar
tahrir- ↑ Sputnik Ўзбекистон. „Сардоба сув омбори қошида кичик ГЭС қурилиши бошланди. Лойиҳанинг умумий қиймати 21,3 млн еврони ташкил қилади.“. https://sputniknews-uz.com. Qaraldi: 2020-yil 21-aprel.
- ↑ 2,0 2,1 „Президент Сирдарё вилоятида бўлди“. https://president.uz/. Ўзбекистон Республикаси Президентининг расмий веб-сайти (2017-yil 17-may). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
- ↑ Газета.uz. „Сардоба сув омборини ким қурган?“. https://www.gazeta.uz. Qaraldi: 2020-yil 5-may.
- ↑ „"Sardoba" suv ombori to'g'oni o'pirilishi bo'yicha 9 nafar shaxs qamoqqa olindi — Bosh prokuratura“. https://www.uzreport.news. Qaraldi: 2020-yil 27-iyul.
- ↑ kun.uz. „Ўзбекистонда қиймати 21,3 млн еврога тенг ГЭС қурилиши бошланди“. https://kun.uz. Qaraldi: 2020-yil 23-aprel.
- ↑ Sputnik Ўзбекистон. „Сардоба сув омбори қошида кичик ГЭС қурилиши бошланди. Лойиҳанинг умумий қиймати 21,3 млн еврони ташкил қилади.“. https://sputniknews-uz.com. Qaraldi: 2020-yil 21-aprel.
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi. „Sardoba suv omboridan suv chiqishi boʻyicha birlamchi ma'lumot“. https://fvv.uz. 2020-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-may.
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi. „Sardoba suv omboridan suv chiqishi boʻyicha qoʻshimcha ma'lumot“. https://fvv.uz. 2020-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-may.
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi. „Sardoba suv omboridan suv chiqishi boʻyicha qoʻshimcha ma'lumot“. https://fvv.uz. 2020-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-may.
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi. „Sardoba suv omboridan suv chiqishi boʻyicha qoʻshimcha ma'lumot“. https://fvv.uz. 2020-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-may.
- ↑ Daryo.uz. „Sardoba suv omboridagi avariyadan soʻng 70 mingga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi“. https://daryo.uz. Qaraldi: 2020-yil 2-may.
- ↑ kun.uz. „Сардобадаги сув тошқини оқибатида 4 киши ҳалок бўлиб, бир киши бедарак йўқолган“. https://kun.uz. Qaraldi: 2020-yil 5-may.
- ↑ 13,0 13,1 13,2 13,3 OZODLIK FILMI. Sardoba: Оmon qolganlar hikoyasi YouTubeda // Ozodlik Radiosi. 2021-yil
- ↑ Daryo.uz. „“Sardoba” boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergov harakatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati olib boradi“. https://daryo.uz. Qaraldi: 2020-yil 3-may.
- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/05/23/sardoba-ishi-doirasida-ikki-kishi-hibsga-olindi
- ↑ TengriNews. „Узбекистан заверял, что ни капли воды в нашу сторону не идет - замакима о подтоплениях в Мактаарале“. https://tengrinews.kz. Qaraldi: 2020-yil 3-may.
- ↑ Daryo.uz. „Gromov: Oʻzbekiston suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari qoʻngʻiroq qilib, suv Qozogʻistonga oʻtmasligini ta’kidlagan edi“. https://daryo.uz. Qaraldi: 2020-yil 5-may.
- ↑ Qalampir.uz. „Sardoba suv ombori qurilishi biz bilan kelishilmagan – Qozogʻiston Oʻzbekistonga nota yoʻlladi“. https://qalampir.uz. Qaraldi: 2020-yil 5-may.
- ↑ Kazinform. „Қозоғистон ТИВ: сув тошқини юзасидан Ўзбекистонга нота юборилмайди“. https://www.inform.kz. Qaraldi: 2020-yil 5-may.
Havolalar
tahrir