Savage Garden
Savage Garden avstraliyalik pop-duet, 1997 — 2000 yillarda xalqaro mashhurlikka erishgan. Guruh Darren Hayes (vokal) va Daniel Jones (klavishlar, gitara)dan tashkil topgan. Ular 90-yillarning ohirida qator hitlarni yaratganlar va bugun ularning balladasi „Truly Madly Deeply“ bilan shuningdek, „To the Moon and Back“, „I Knew I Loved You“ va „I Want You“ qoʻshiqlari bilan mashhurlar.
Savage Garden | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Kelib chiqishi | Brisbeyn |
Mamlakat | Avstraliya |
Faoliyat yillari | 1994 – 2001 |
Janr | pop, soft-rok, melodik rock |
Leybl | Roadshow, Columbia, Sony BMG |
Sobiq aʼzolar |
Darren Hayes Daniel Jones |
Vebsayt | savagegarden.com |
Tarix
tahrirTashkil topishi
tahrir1993-yili, multi-instrumentalchi va produser Daniel Jones Brisbeynning gazetasi Time Offda oʻzining besh kishilik guruhi „Red Edge“ uchun vokalchi qidirilayotgani haqida eʼlon beradi. U paytda universitetda oʻqiyotgan Darren Hayes eʼlonga javob beradi va birinchi eshittirishdan soʻng darhol guruhga taklid etiladi.
1994-yilning iyunida Darren va Daniel karyeraligini birga davom ettirish uchun „Red Edge“ni tark etishadi. Yangi duet „Savage Garden“ deb nomlandi — nom Anne Ricening The Vampire Chronicles („Har bir insonning ongi yovvoyi bogʻdir“) asaridan olingan. Darren bu asarning muhlisi edi.
Oʻsha yilning ohiriga juftlik demo yozuv uchun yetarli material toʻplagan edi, demoni yozib ular dunyodagi bir nechta yozuv kompaniyalariga yuboradilar. 1995-yili debyut albomini yozish uchun ular studiyada ishlashni boshlaydilar.
Debyut albom
tahrir1996-yilning iyulida duet „Roadshow Music“ leybli ostida oʻzligining debyut singli — „I Want You“ni relizlaydilar. Singl Avstraliyada hitga aylanadi va eng koʻp sotilgan singl darajasiga yetadi. Singlning muvaffaqiyati koʻpchilik AQSH yozuv leybllari orasida qiziqish uygʻotadi, sentabr oyida Columbia Records kurashda gʻolib chiqadi va guruhni oʻz qaramogʻiga oladi. Noyabrda ikkinchi singl „To the Moon and Back“ relizlanadi va keyingi yilning yanvarida #1 oʻringa yetadi. „I Want You“ AQSHda 1997-yilning fevralida relizlanadi, u yerda #4 oʻringa chiqadi va tezda oltinlik unvoniga erishadi. „Truly Madly Deeply“ — guruhning uchinchi avstraliyalik singli martda chiqadi va #1 oʻringa yetadi, „I Want You“ esa Yevropada aprel oyida chiqadi. Duetning debyut albomi Savage Garden martda Avstraliyaning chartlariga #1 oʻrinda kirib boradi va 17 hafta davomida u yerda ushlanib turadi — dunyo boʻylab albom ikki haftadan soʻng relizlanadi. Mayning ohiriga kelib, „To the Moon and Back“ AQSH radiolarida eng koʻp tinglangan qoʻshiq deb topildi.
Iyunda, Avstraliyada guruhning toʻrtinchi singli „Break Me Shake Me“ chiqadi, AQSHda bu singl #3 oʻringa yetadi va RIAA tomonidan oltin deb baholanadi. Avgustning ohiriga kelib, albom Avstraliyada 7 karra platinaviy, Kanadada uch karra platinaviy va Yangi Zelandiya hamda Singapurda ikki karra platinaviy boʻladi.
Noyabrda „Truly Madly Deeply“ AQSHdagi ularning uchinchi relizi boʻladi va chartlarda Elton Johnning „Candle in the Wind 1997“ qoʻshigʻidan oʻtib ketadi. 1997-yilning ohiriga kelib, Hayes va Jones xalqaro yulduzlarga aylanishadi.
1998-yil yanvar guruh dunyo boʻylab turini boshlaganida ularning oltinchi singli „All Around Me“ chiqadi. Yilning yakunida „Truly Madly Deeply“ AQSH radiolarida eng koʻp tinglangan qoʻshiq deb topiladi.
2005-yili guruhning debyut albomi Avstraliyada yigirma marta platinaviy, AQSHda olti karra platinaviy va Buyuk Britaniyada ikki karra platinaviy boʻladi.
Affirmation
tahrir1999-yil fevralda „The Animal Song“ Avstraliya va AQSHda hitga aylanadi. Oʻsha sentabr yaqinlashayotgan yangi albomning elchisi boʻlgan yangi singl: sokin, romantik ballada „I Knew I Loved You“ni koʻradi. Noyabrda duetning ikkinchi albomi Affirmation dunyo yuzini koʻradi. AQSHda platinaviylik unvoniga erishish bir oy vaqtni talab etdi, katta ishni bu yerda „I Knew I Loved You“ singli bajardi, u chartlarda #1 oʻringa chiqadi va ohiri platinaviy boʻlib, AQSHda shu yili eng koʻp tinglangan qoʻshiq deb topiladi. Guruh yilni Billboard Music Awardning ikki mukofoti bilan yakunlaydi. 2000-yil fevralda „Crash and Burn“ ikkinchi albomning uchinchi singli boʻlib chiqadi. Iyunda Darren Hayes italyan tenori Luciano Pavarottining Pavarotti va Doʻstlar" hayriya konsertida „'O Sole Mio“ taronasini ijro etadi.
The split
tahrir2001-yil oktabrida Savage Garden rasmiy holda tarqalib ketishganligini eʼlon qiladilar va duet oʻzlarining boshqa-boshqa yoʻllari bilan ketadilar. Darren oʻzining birinchi yakkahon albomi ustida ish boshlaydi. Birinchi singl „Insatiable“ 2002-yili chiqadi, Spin albomi ham oʻsha yilning oʻzida dunyo yuzini koʻradi. Spin Buyuk Britaniyaning Top 40ta singllar qatoriga kirgan bir nechta singllarni hadya etgan, shu jumladan, „I Miss You“, „Strange Relationship“ va „Crush (1980 Me)“.
Darrenning ikkinchi yakkahon albomi The Tension and the Spark 2004-yili relizlanadi, uning birinchi singli „Pop!ular“ raqs hitiga aylanadi. „Darkness“ singli mavjudligiga qaramay, ikkinchi albom debyut yakkahon albomning muvaffaqiyatini qaytara olmaydi.
Truly Madly Completely
tahrirEng buyuk hitlar termasi Truly Madly Completely: The Best of Savage Garden 2005-yil 7 noyabrda, AQSHda 2006-yil boshlarida chiqadi va Darren Hayesning „So Beautiful“ nomli yangi singlini oʻz ichiga oladi. Kolleksiya ikkala studiyaviy albomdan yigʻilgan hitlarni, beshta B-saydni va Darren Hayes tomonidan yaratilgan ikkita yangi qoʻshiqni oʻz ichiga olardi. Relizning ayrm variatsiyalari bir nechta musiqiy video kliplarni oʻz ichiga olgan bonus DVDga ham ega edi.
Darren va Daniel qisqa vaqt birga ijod qilganlariga qaramay, ular dunyo boʻylab 23 milliondan ortiq yozuvlarini sotganlar va Savage Gardenni oʻtgan asrning eng muvaffaqiyatli duetlardan biriga aylantirdilar.
Turlar
tahrirThe Future of Earthly Delites
tahrirFuture of Earthly Delites turi AQSHda To the Moon and Back Tour deb ataldi. Bu turning qismlarini „Break Me Shake Me“ va „Tears of Pearls“ qoʻshiqlari uchun suratga olingan musiqiy videolarda koʻrish mumkin.
Affirmation World Tour
tahrir„Affirmation“, „Chained to You“ va „The Best Thing“ qoʻshiqlari uchun videolar Affirmation World Tour vaqtida suratga olingan. Turning Avstraliyadagi qismida operator komandasi ham sahna, ham sahna orti voqealarni yozib oladi va keyinchalik bu materiallar Superstars and Cannonballs DVD/VHS’i uchun ishlatiladi.
Diskografiya
tahrirAlbomlar
tahrirYil | Nom | Maʼlumot | Chart pogʻonalari | ||
---|---|---|---|---|---|
AQSH | Buyuk Britaniya | Avstraliya | |||
1997 | Savage Garden |
|
|||
1999 | Affirmation |
|
Boshqa albomlar
tahrirYil | Nom | Maʼlumot | Chart pogʻonalari | ||
---|---|---|---|---|---|
AQSH | Buyuk Britaniya | Avstraliya | |||
1998 | Savage Garden + Future of Earthly Delites Bonus Remiks Disk (2 CD) |
|
|||
1998 | Truly Madly Deeply — Ultra Rare Tracks |
|
|||
2000 | Affirmation, The B-Sides |
|
|||
2005 | Truly Madly Completely: The Best of Savage Garden |
|
Singllar
tahrirYil | Nom | Albom | Eng yuqori pogʻonalari | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
AQSH | Buyuk Britaniya | Avstraliya | Kanada | Shveysariya | Avstriya | Fransiya | Shvetsiya | Finlandiya | |||
1996 | "I Want You" | Savage Garden | 4 | 11 | 4 | 1 | 21 | 14 | 15 | 11 | - |
1996 | "To the Moon and Back" | Savage Garden | 24 | 3 | 1 | - | 16 | - | 11 | 11 | - |
1997 | "Truly Madly Deeply" | Savage Garden | 1 (2) | 4 | 1 (8) | 1 | 7 | 2 | 9 | 2 | 13 |
1997 | "Break Me Shake Me" | Savage Garden | - | - | 7 | - | - | - | - | 39 | - |
1997 | "Universe" | Savage Garden | - | - | 26 | - | - | - | - | - | - |
1998 | "Tears of Pearls" | Savage Garden | - | - | - | - | - | - | - | 32 | - |
1998 | "I Want You '98" | Savage Garden | - | 12 | - | - | - | - | - | - | - |
1999 | "The Animal Song" | Affirmation | 19 | 16 | 3 | - | - | - | - | 3 | - |
1999 | "I Knew I Loved You" | Affirmation | 1 (4) | 10 | 4 | - | 34 | 36 | 43 | 3 | - |
2000 | "Affirmation" | Affirmation | - | 8 | 16 | - | - | - | - | 26 | - |
2000 | "Crash and Burn" | Affirmation | 24 | 14 | 16 | - | - | - | - | 28 | - |
2000 | "Chained to You" | Affirmation | - | - | 21 | - | - | - | - | - | - |
2000 | "Hold Me" | Affirmation | - | 16 | 51 | - | - | - | - | - | - |
2000 | "The Best Thing" | Affirmation | - | 35 | - | - | - | - | - | - | - |
Videolar va DVDlar
tahrir- Savage Garden: The Video Collection (1998)
- The Story So Far (1999)
- Superstars and Cannonballs (2001)
Saundtreklar
tahrir- „Truly Madly Deeply“ Music From Another Room (1998) filmi uchun
- „The Animal Song“ The Other Sister (1999) filmi uchun
- „Affirmation“ Dawsonʼs Creek filmining #101, #108, #313 and #316 (2000) epizodlari uchun
Mukofotlar va yutuqlar
tahrir- Dunyo boʻylab 23 milliondan ortiq albom sotilgan.
- Dunyo boʻylab 15 milliondan ortiq singl sotilgan.
- Ikki albom relizi bilan Buyuk Britaniyaning albomlar chartida besh yil ushlanib turishgan.
- Buyuk Britaniyaning Top 40 chart singllariga 10 marta kirgan. Ulardan, 9tasi Top 20talikda va toʻrttasi Top 10talikda.
- „Affirmation“ni 2000-yilgi Sidney Olimpiadasining yopilish marosimida ijro etganlar.
- Oʻrta hisobda Savage Garden har bir albomini 12.5 million nusha bilan sotganlar. Bu avstraliyaliklar ichida rekord.
- „Australian Recording Industry Association Music Awards“ mukofotida bir yil ichida (1997) 10 marta yutganlari uchun „Giness dunyo rekordlari kitobi“ga kiritilgan.
Savage Garden
tahrir- Avstraliyaning ARIA albomlar chartida #1 oʻrinda debyutlaydi va u yerda 7 hafta davomida ushlanib turadi.
- UK Top 200 albomlar chartida 102 hafta ushlanib turadi (ularda 96tasi ketma-ket), 1998-yil martida #2 oʻrinda debyutlaydi.
Affirmation
tahrir- Avstraliyaning ARIA albomlar chartida #1 oʻrinda debyutlaydi va u yerda 6 hafta davomida ushlanib turadi.
- UK Top 200 albomlar chartida 158 hafta ushlanib turadi (ularda 99tasi ketma-ket). 9 hafta Top 10da va 13 hafta Top 20talikda.
= "Truly Madly Deeply"
tahrir- Avstraliyada #1 oʻringa yetadi, u yerda 8 hafta ushlanib turadi va ikki karra platinaviylik unvoniga erishadi.
- Billboard Hot 100 chartining #1 oʻrniga yetadi va AQSHning Top 10taligida 26 hafta ushlanib turadi.
- „Eurochart Hot 100 Singles“ chartida #1 oʻringa yetadi.
Mukofotlar
tahrir1997
tahrir- Channel V Awards (Hindiston)
- Eng yaxshi xalqaro debyut singl („I Want You“)
- 11chi ARIA Music Awards (Avstraliya) — rekord 10ta yutuq:
- Yil albomi (Savage Garden)
- Yil singli („Truly Madly Deeply“)
- Yil qoʻshigʻi („To the Moon and Back“)
- Eng koʻp sotilgan singl („Truly Madly Deeply“)
- Eng yaxshi guruh
- Olgʻa chiqqan Artist — Albom (Savage Garden)
- Eng yaxshi pop reliz („To the Moon and Back“)
- Eng yaxshi mustaqil reliz (Savage Garden)
- Yil produseri (Charles Fisher, Savage Garden)
- Yil injeneri
1998
tahrir- „IFPI“ — Platinaviy Yevropa Mukofoti — Yevropada 1,000,000 (1998)dan ortiq sotuvlar uchun.
- 12chi „ARIA Music Awards“ (Avstraliya):
- Eng koʻp sotilgan albom (Savage Garden)
- Buyuk yetishuvlar uchun Mukofot
- „APRA Music Awards“
- Yilning qoʻshiq yozuvchilari
- Chet elda eng koʻp qoʻyilgan avstraliyalik ish („I Want You“)
1999
tahrir- 13chi „ARIA Music Awards“ (Avstraliya)
- Eng yaxshi pop reliz („The Animal Song“)
- 1999-yilning Billboard jurnalida berilgan maʼlumotlar:
- Top Pop Artistlar (#3)
- Qaynoq 100ta singl Artistlari Duet/Guruh (#3)
- Qaynoq 100ta singl (#4 — „Truly Madly Deeply“)
- Top 200 Albom Artistlari, Duet/Guruh (#4)
- Top 200 Albomlar (#9 — Savage Garden)
- Top 200 Albom Artistlar (#10)
- „APRA Music Awards“
- Chet elda eng koʻp qoʻyilgan avstraliyalik ish („Truly Madly Deeply“)
2000
tahrir- Amerika radiolarida eng koʻp qoʻyilgan qoʻshiq („I Knew I Loved You“)
- „World Music Awards“ (Monako)
- „Jahonda eng koʻp yozuvlarini sotgan avstraliyalik guruh“
- 14chi „ARIA Music Awards“ (Avstraliya)
- Eng koʻp sotilgan albom (Affirmation)
- „Billboard Music Awards“ (AQSH)
- Eng yaxshi AC video („I Knew I Loved You“)
- Yilning eng yaxshi AC qoʻshigʻi („I Knew I Loved You“)
- Yilning eng yaxshi AC artisti
- „BRMB Music Radio Award“
- Eng yaxshi xalqaro guruh
- „APRA Music Awards“
- Eng koʻp qoʻyilgan avstraliyalik ish („The Animal Song“)
- Chet elda eng koʻp qoʻyilgan avstraliyalik ish („Truly Madly Deeply“)
2001
tahrir- 18chi „ASCAP Pop Music Awards“
- Yil qoʻshigʻi (2001)
- „APRA Music Awards“
- Chet elda eng koʻp qoʻyilgan avstraliyalik ish („I Knew I Loved You“)
2002
tahrir- „APRA Music Awards“
- Eng koʻp qoʻyilgan avstraliyalik ish („Hold Me“)
- Chet elda eng koʻp qoʻyilgan avstraliyalik ish („Crash and Burn“)
2003
tahrir- „APRA Music Awards“
- Chet elda eng koʻp qoʻyilgan avstraliyalik ish („I Knew I Loved You“)
2004
tahrir- „APRA Music Awards“
- Chet elda eng koʻp qoʻyilgan avstraliyalik ish („I Knew I Loved You“)
Ragʻbatlanish
tahrir- 2005-yili, Savage Garden Ohirgi 25 yillikning eng yaxshi pop artistlari (1980-2005) roʻyxatida Sarah McLachlandan keyin joylashib va Oasis, Spice Girls, Coldplay, Blink-182, The Pretenders va Ricky Martinlardan oʻtib #120 oʻrinni egallaydi.
Havolalar
tahrir- Savage Gardenning rasmiy sayti (Wayback Machine saytida 2020-11-04 sanasida arxivlangan) (ingl.)
- Savage Garden diskografiyasi (ingl.)