Saydaziz Saydaliyev

Oʻzbekiston jinoyat olamidagi taniqli shaxslardan biri

Saydaziz Saydaliyev Saidaglamovich[1][izoh 1] (shuningdek, Saidaziz Medgorodok nomi bilan tanilgan) — oʻzbekistonlik sobiq bokschi, SaidalievTeam aralash yakkakurash sport klubi asoschisi. „Medgorodok“ jinoiy toʻdasi sardori[2]. Tadbirkorlarning qarzdorlardan haqqini kuch yoʻli bilan maʼlum bir ulush evaziga undirib berishi bilan mashhur[3]. Oʻzbekiston jinoyat olamidagi taniqli shaxslardan biri[4].

Saydaziz Saydaliyev

Saydaliyev Saydaziz „SPORTS UZ“ Youtube kanali bilan podkastda
Tavalludi 24-may 1987-yil (1987-05-24) (37 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi sport murabbiyi
Dini islom

Hayoti

tahrir

Saydaziz Saydaliyev 1987-yilning 24-may sanasida Toshkent viloyatining Zangiota tumanida tavallud topgan. Tibbiyot shaharchasi (xalq orasida Medgorodok)da istiqomat qilishi bilan tanilgan. Manbalarga koʻra, 2018-yilning 26-noyabr sanasida, Toshkent savdo majmuasi yaqinida Murod Xontoʻrayevga yetkazilgan tan jarohati ortidan jinoyat olamida shuhrat qozongan[1]. Saidazizning mashhurlar orasidan tadbirkor, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti Salim Abduvaliyev, diniy bloger Abror Muxtor Aliy bilan yaqin aloqalari borligi taʼkidlanadi[1].

Saydaziz Saydaliyev haqida bloger Abror Muxtor Aliy shunday degan:

Saidaziz — eng yaqin „bratishkam“. Qonga qon, jonga jon. Eng yaqin, fidoiy oʻrtoq-ukam. Saidaziz uchun turib beraman, u ham men uchun turib beradi. Yana nima kerak?[1]

Sudlanishi

tahrir

„Saidaziz Medgorodok“ 2023-yilning 2-dekabr kuni Toshkent shahrida Jinoyat kodeksining 165-moddasi („Tovlamachilik“) bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha qoʻlga olingan[5]. Keyinchalik, u va u bilan birin-ketin hibsga olingan „Baxti Tashkentskiy“(Baxtiyor Qudratillayev, 3-dekabr)[6] va „Salimboy“lar (Salim Abduvaliyev; 12-dekabr)[7] ozodlikka chiqqani haqidagi ma'lumotlar tarqaladi. Biroq, bu xabarlar soxta ekanligi hamda ular hibsda ekanligi rasmiy manbalar orqali tasdiqlangan[8].

Izohlar

tahrir
  1. Manba sifatida keltirilgan „Eltuz“ videosidagi rasmiy hujjatda ismi shu tartibda yozilgan.

Manbalar

tahrir