Sayyid Ali Akbar
Abu Muhammad Ali Akbar ibn Muhammad al-Askariy ibn Imom Ali al-Hodiy (1-iyun 865-yil, Samarra — 14-iyul 950-yil, Termiz) — sayyidlar sardori, imom.
Sayyid Ali Akbar | |
---|---|
Tavalludi |
arabcha:أبو محمد علي أكبر بن محمد العسكري بن الإمام علي الهادي
Ali ibn Al-Askariy ibn Ali al-Hodiy 1-iyun 860-yil~865-yil |
Vafoti |
14-iyul 950-yil Termiz |
Fuqaroligi | Abbosiylar |
Kasbi | imom |
Bolalari | Sayyid Muhammad (baʼzi qoʻlyozmalarda Mahmud deb ataladi), Sayyid Ali al-Asgʻar, Sayyid Husayn, Sayyid Muso,Sayyid Iso, Sayyid Usmon |
Otasi | Muhammad al-Askariy Hasan al-Askariy |
Sayyid Ali Akbar sunniy va shia musulmonlari avliyosi boʻlgan, Ahl ul-Bayt nasabi boʻyicha tarixchi nasabshunos olimlarning fikriga koʻra, Imom Hasan Askariyning akasi sanalgan Sayyid Muhammad al-Askariy ibn Imom Ali al-Naqiy (Hodiy)ning ikkinchi oʻgʻli boʻlib, uning avlodlari Sadat al-Buxoriy, Sadat al-Baaj deb atab kelinadi va buni koʻplab tarixchilar va nasabshunos olimlar tasdiqlaydi[1][2][3][4].
Boshqa tarixchilarning manbalarga tayangan holdagi fikrlariga ko‘ra, Sayyid Ali Akbar o‘n birinchi shia imomlaridan biri sanalgan Imom Hasan al-Askariyning ikkinchi o‘g‘li bo‘lgan. Islomshunos olimlar va tarixchilar ta'kidlashlaricha u, shuningdek, oʻn ikkinchi imom Muhammad al-Mahdiyning ukasi bo‘lib, uning borligi o‘sha davrda hukmronligi yuqoriga chiqqan Abbosiylar xalifaligi siyosiy rahbariyati bilan zamonaviy siyosiy to‘qnashuvlar tufayli yashiringan edi[5][6][7].
Ajdodi avlodlari
tahrirSayyid Abu Muhammad Ali ibn Sayyid al-Askariy Sayyid Ali Akbar nomi bilan tanilgan, u al-Akbar (al-Asg‘ar, al-Muttaqi, al-Amir, Sulton Sodot (Saodat)) laqablari bilan ham mashhur bo‘lgan. Manbalar va tarixchilarning fikriga ko‘ra, u shialarning o'n birinchi imomi Imom Hasan al-Askariyning akasi Sayyid Muhammad al-Askariyning o‘g‘li bo‘lgan. Qoʻlyozma manbalarga koʻra, uning naslidan Sayyid Naqib Muhammad al-Husayn ibn Sayyid Muhammad ibn Sayyid Ali Akbar ibn Sayyid imom Muhammad al-Askariy ibn Imom Ali al-Hodiy bo'lib, uning nasl-nasabi sulolasi ikki shohga ajralgan, ya'ni uning ikki oʻgʻli — Sayyid Muhammadning avlodi Sayyid Shamsiddin Muhammad al-Buxoriy (Amir Sulton) Yaqin Sharqdagi koʻplab sayyid oilalarining bobokalonidir, ikkinchi shoh avlod vakili esa mashxur avliyo Sayyid Ota (Ato) al-Buloqiy (al-Xilvatiy) laqabli Sayyid Ahmad Buxoro va Samarqand viloyati, Ishtixon, Fargʻona va Termiz, Xorazm hamda Oʻrta Osiyodagi koʻplab sayyidlar oilalarining ajdodi hisoblanadi[8][9][10][11].
Shajarasi
tahrir- 1. Muhammad.
- 2. Bibi Fotima Zahra va Imom Ali ibn Abu Tolib.
- 3. Husayn.
- 4. Zayn al-Obidin.
- 5. Muhammad al-Boqir.
- 6. Jaʼfar as-Sodiq.
- 7. Muso al-Kazim.
- 8. Ali ar-Rido.
- 9. Muhammad at-Taqiy.
- 10. Ali al-Hadiy.
- 11. Muhammad al-Askariy, laqabi Al-Baaj (boshqa tarixchilarning fikricha, Imom Hasan al-Askariy)[12][13][14].
- 12. Sayyid Ali al-Akbar.
Farzandlari
tahrir- 1. Sayyid Muhammad (baʼzi qoʻlyozma manbalarda Mahmud deb keltirilgan)
- 2. Sayyid Ali al-Asgʻar
- 3. Sayyid Husayn
- 4. Sayyid Muso
- 5. Sayyid Iso
- 6. Sayyid Usmon
Taniqli avlodlari
tahrirDafn etilgan joyi
tahrirTarixchilar Sayyid Ali Akbar dafn etilgan so'nggi makoni Sulton Saodat (Sadat) yodgorlik majmuasining bosh maqbarasida joylashganligini taxmin qilishgan. „Sulton Saodat (Sadat)“ maqbarasi Termiz shahrida joylashgan (miloddan avvalgi IX-XV asrlarda qurilgan). Termiz shahridagi „Sulton Saodat“ yodgorlik majmuasi va uning hududida mingdan ortiq sayyidlarning koʻplab qabrlari va yana nomsiz qabrlar bor[15][16][17][18][19].
Manbalar
tahrir- ↑ Шейх Куми, книга Мунтахи аль-Амаль, 1379, глава-3, стр-20
- ↑ Хусейн Мадани, книга "Тухфат аль-Азхар", Аль Тарат аль Мактуб, глава-1, стр-9-10
- ↑ Харз ад-дин, книги "Маркат аль Маариф", 1371, глава-2, стр-242
- ↑ Бадави, Сабаъ аль джазира, книга Сабаъ аль дуджейл, Информационно-справочный центр, стр-10
- ↑ Islamic Culture and the names of the Ahl al-Bait - Tazkare Khwanadane Hazrat Eshan ("Genealogy of the family of Hazrat Eshan") Edara Talimat Naqshbandiyya, Lahore p.63.
- ↑ Kulayni M. Y. and Sarwar M. (trans.) al-Kafi, chapter 124 "The Birth of Imam Abi Muhammad al-Hasan ibn 'Ali" p.705.
- ↑ „ZiaIslamic "Gulzar auliya"“. 2016-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ https://archive.org/details/20200709_20200709_0644/page/n41/mode/2up إثبات العقب في السيد الجليل الأمجد أبي جعفر بن الإمام علي الهادي page-42-49
- ↑ Badawi, Saba al-Jazeera, book Saba al-Dujail Information and Guidance Centre, p-10
- ↑ Naqib al-Ashraf Ibn Abd al-Ahad Sherazi "Shajara-e-nasab", p-27-39, Islamic University, Association of Naqabats,2012
- ↑ Шейх Махдуми Хорезми, книга "Джадат аль-ашикин" (XVI век), Хорезм
- ↑ Аль Хасиби(890 год хиджры) "Аль-Хидаят аль-Кубра” стр-328
- ↑ Х.Хаджзаде “Хидакат аль-Авлия”
- ↑ Али аль-Арбали (693 г.х.) “Сирадж аль-Ансаб” стр-222-223
- ↑ «Dastur al Mulk» (Guide to Kings) (XVII сentury) by Khwaja Samandar Muhammad ibn Baqi al-Termizi, translator professor of history Jabbor Esonov, «Sharq», Tashkent 2001, page 22
- ↑ «Durdonahoi Nasr» book, «Adib», Dushanbe 1985, page 375
- ↑ «Sayyidlar Shajarasi», «Islamic university», Tashkent 2017, page 14
- ↑ „Sulton Sodot Amir Sayyid Ali Akbar“. Shajara. 2022-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-aprel.
- ↑ «Buyuk Termiziylar» (Буюк Термизийлар) book by Mirzo Kenjabek, «Uzbekistan National encyclopedias» 2017, page-267