Sergelidagi portlash

Toshkentda 2023-yilda sodir boʻlgan portlash

Sergelidagi portlashToshkent shahri, Sergeli tumani, „Quruvchilar“ dahasi hududida joylashgan Inter Logistics MCHJga qarashli omborxonada kelib chiqqan kuchli yongʻinga sabab boʻlgan portlash. Portlash 2023-yilning 28-sentyabr kuni soat 02:43 da kelib chiqqan. Soat 02:48 da FVBga qarashli 16 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji va 3 avtonarvon yongʻin yeriga yetib kelgan[1][2]. Yongʻin 18,4 gektar yer maydonida joylashgan omborxonaning taxminan 10 000 kv. metr qismini qamrab olgan. Sergeli tuman hokimligi aholidan oʻzlarini ehtiyot qilishini soʻragan[3].

Sergelidagi ombor portlashi

Portlash yuz bergan omborning yongʻindan keyingi koʻrinishi
Asosiy
Turi Portlash
Sababi Yongʻin
Mamlakat Oʻzbekiston
Joy Sergeli, Toshkent
Sana 28-sentabr 2023-yil
Vaqt 2:43
Talofatlar
Halok boʻlganlar 1
Jabrlanganlar 163
Xarita
Map
Sergelidagi portlash Vikiomborda

Hodisa tafsilotlari

tahrir

Sergeli tumani hududida joylashgan Inter Logistics MCHJga tegishli omborxona binosida 2023-yil 28-sentyabr kuni soat 02:43 da kuchli portlash yuz bergan. Yongʻinni oldini olish maqsadida milliy gvardiya otryadlari ham jalb etilgan[4]. Yongʻinni soʻndirish ishlariga, shuningdek, mudofaa vazirligiga tegishli vertolyot ham jalb etilgan[5]. Yongʻin tonggi soat 05:02 da toʻliq qurshab olingan[3]. Yuz bergan portlash aeroport faoliyatiga taʼsir qilmagan.

Jabrlanganlar

tahrir

Portlash natijasida 163 kishi turli darajada jarohat olgan[6]. Shuningdek, omborxonaga yaqin boʻlgan koʻp qavatli uylarning birida istiqomat qiluvchi 15 yoshli maktab oʻquvchisining boshiga rom tushib ketishi oqibatida halok boʻlgani xabar qilindi[7].

Jinoiy ish qoʻzgʻatilishi

tahrir

Sergeli tumanida yuz bergan portlash yuzasidan IIV Tergov departamenti tomonidan jinoiy ish ochilgan. Jinoiy ishga Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi „a“ hamda „b“ bandlari (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) asos qilib olingan[8]. Portlash omborda saqlanayotgan kimyoviy moddalarning xavfsizlik qoidalariga amal qilinmasdan saqlanganligi tufayli kelib chiqqani xabar qilingan[9].

Galereya

tahrir
Portlash yuz bergan omborning yongʻindan keyingi koʻrinishi.
Turar-joy podyezdi va bir xonadondagi talofatlar.
Portlash yuz bergan omborning qarshi tomonidagi koʻp qavatli uylardan birida olingan surat.
FVB xodimlari ish ustida.
Portlashdan keyingi talofatlar

Manbalar

tahrir
  1. „Сергелидаги портлаш ва ёнғин оқибатлари. Фото ва видеолар“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  2. Ўзбекистон, Sputnik „Сергелидаги портлаш эпицентри қандай кўринишда — видео“ (uz). Sputnik Ўзбекистон (28-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  3. 3,0 3,1 uz, Daryo „“Vaziyat to‘liq nazoratga olingan” — Toshkent hokimligi Sergelidagi portlash haqida“ (uz-latn). Daryo.uz. 2023-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  4. „Sergelidagi portlash oqibatlarini bartaraf etishga Milliy gvardiya jalb etildi (video)“ (uz). Qalampir.uz. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  5. „Sergelidagi portlash joyidan fotoreportaj“ (uz-Latn). Газета.uz (2023-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  6.   RIA Novosti(rus.) Telegram mesenjerida
  7. „Сергелидаги портлаш оқибатида 15 ёшли бола вафот этган“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  8. „Sergelidagi portlash bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi — IIV“ (uz-Latn). Газета.uz (2023-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 1-oktyabr.
  9. „Sergelidagi portlashga omborda saqlangan kimyoviy moddalar sabab bo‘lgan – OAV“ (uz-UZ). www.xabar.uz. Qaraldi: 2023-yil 1-oktyabr.