Shamil Zohitovich Sultonov (1952-yil 16-may, SSSR Oʻzbekiston SSR Andijon viloyati — 2022-yil 18-fevral, Moskva, Rossiya) — rus siyosatchisi, tarixchi va faylasufi. Davlat Dumasi toʻrtinchi chaqiriq deputati (2003—2007)[1].

Shamil Zohitovich Sultonov
Tavalludi 1952-yil 16-may
Vafoti 2022-yil 18-fevral
Moskva Rossiya
Fuqaroligi SSSR
Rossiya
Taʼlimi Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti
Kasbi deputat, siyosatshunos, tarixchi, faylasuf
Unvoni Tarix fanlari nomzodi

Hayoti

tahrir

Shamil Zohitovich Sultonov 1952-yil 16-mayda SSSR zbekiston SSR Andijon viloyatida tavallud topgan.

Taʼlimi

tahrir

Shamil Sultonov 1976-yilda Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO)ning xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlaydi. Tarix fanlari nomzodi (tashqi siyosiy qarorlar qabul qilish muammolariga bagʻishlangan dissertatsiya yoqlagan).

Mehnat faoliyati

tahrir

1976-yildan boshlab Shamil Sultonov xalqaro munosabatlarni tizimli tahlil qilish laboratoriyasida faoliyat yurita boshlaydi va laboratoriyaning ilmiy guruhiga rahbarlik qiladi. 1989—1990-yillarda Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutida kafedra mudiri o‘rinbosari lavozimida ham mehnat qilgan. Arab, ingliz va fransuz tillarini chuqur oʻzlashtirgan.

Shamil Sultonov oʻqishdan keyingi mehnat faoliyatini 1991-yil yanvar oyidan boshlab „Den“ gazetasi tahririyati aʼzosi sifatida boshlaydi, shundan keyin „Zavtra“ gazetasi muallifi, Izborsk klubining doimiy aʼzosi[2], 1997-yilgacha „Tablo“ kolonnasi boshqaruvchisi lavozimlarida ham ish olib borgan[3].

Sultonov Islom tiklanish partiyasiga va shu partiyaning „Al-Vahdat“ (Birlik) gazetasi tahririyatiga ham aʼzo boʻlgan[4]. Shuningdek, u1995-yilda Yuriy Skokov tomonidan asos solingan Rossiya xalqlari ittifoqi Milliy kengashiga aʼzo boʻladi. 1998-yildan esa xalqlar va hududlar oʻrtasidagi iqtisodiy muammolarni oʻrganish markazi raisi oʻrinbosari, 2003—2004-yillarda Rossiya hududlari partiyasi aʼzosi boʻladi.

2003-yil dekabrda Sultonov Davlat Dumasining „Rodina“ bloki deputati etib saylangan. Shuningdek, Shamil Sultonov „Rodina“ fraksiyasi aʼzosi, Dumaning xalqaro ishlar boʻyicha qoʻmitasi aʼzosi sifatida ham faoliyat yuritgan.

Shamil Sultonov faylasuf sifatida mifologik va dialektik tafakkurning oʻzaro taʼsiri muammosi bilan ham shugʻullangan boʻlib, tasavvuf, sehr va dialektika toʻgʻrisida chuqurroq bilimlarga ega boʻlish maqsadida mashhur faylasuflardan — Platondan Gegel asarlarigacha o‘rganish chogʻida tafakkurning uch turi umumiy tamoyillar asosida birlashadi, degan xulosaga keladi.

Vafoti

tahrir

Rus siyosatchisi, tarixchi va faylasufi Shamil Sultonov 2022-yilning 18-fevralida vafot etgan[5].

Ilmiy ishlari

tahrir
  • Plotinus : Bir: Tafakkurning ijodiy kuchi. — M. : Yosh gvardiya, 1996. — 422, [4] b., [16] f. kasal. — (Ajoyib odamlarning hayoti) — ISBN 5-235-02209-6
  • Sultonov Sh., Sultonov K. Umar Xayyom. — M. : Yosh gvardiya, 2007. — 313, [3] b., [8] f. kasal., k., portret, faks. : kasal. — (Ajoyib odamlarning hayoti) — ISBN 978-5-235-02987-3

Manbalar

tahrir
  1. „Состав Государственной Думы четвёртого созыва“ (ru). Государственная Дума. 2022-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-may.
  2. „Постоянные члены Изборского клуба“. 2021-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-aprel.
  3. „Постоянные члены Изборского клуба“. 2021-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-aprel.
  4. „Yego uxod — eto znak vsem nam!“: umer filosof Shamil Sultanov. (Wayback Machine saytida 2023-06-05 sanasida arxivlangan) dntuyt.ru(rus.)
  5. „Скончался известный философ Шамиль Султанов“ (ru). БИЗНЕС Online. 2022-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-fevral.