Shamsiddin Kamoliddinov
Shamsiddin Sirojiddin oʻgʻli Kamoliddin — 1955-yil 20-noyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. ToshDU (hozirgi OʻzMU) sharq fakultetining arab boʻlimini 1980-yil bitirgan. Sharqshunos-filolog-arabshunos, tarix fanlari doktori(1993-yil), professor(2020-yil)
Shamsiddin Sirojiddin oʻg'li Kamoliddin | |
---|---|
Tavalludi |
1955 Toshkent |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Millati | oʻzbek |
Sohasi | Sharqshunos-filolog-arabshunos, tarix fanlari doktori, professor |
Faoliyati
tahrir- 1973-1980-yillarda ToshDU talabasi;
- 1977-1979-yillarda Jazoirda Arab Respublikasida tarjimon (oʻrindosh sifatida);
- 1980-yildan OʻzFA SHIda kichik ilmiy xodim;
- 1983-1985-yillar Liviya Arab Xalq Jamohiriyasida tarjimon (oʻrindosh sifatida);
- 1986-yildan OʻzFA SHIda ilmiy xodim;
- 1990-yilda Rossiya FA SHI da doktorant;
- 1991-yildan OʻzFA SHIda katta ilmiy xodim va 1994-yil oxiridan yetakchi ilmiy xodim.
- 1994-yilda Tosh DSHIda dotsent (oʻrindosh sifatida);
- 1996-yildan Jumʼa al-Madjid arab madaniyati va yozma yodgorliklari Markazi (Dubay, BAA)da ilmiy xodimi.
- 1997-2001-yillarda OʻzR IIV akademiyasida, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida professor, Strategic tadqiqotlar institutida bosh ilmiy xodim.
- 2002-yildan OʻzFA Tarix institutida yetakchi ilmiy xodim.
- 2004-2005-yillarda OʻzMU tarix fakultetida professor (oʻrindosh sifatida).
- 2006-yilda TDPU tarix fakultetida professor.
- 2007-yildan ToshDSHI da professor.
- 2019-yildan TIQXMMI „Gumanitar fanlar“ kafedrasida professor.
- 2022-yildan TDPU tarix fakultetida professor.
Ilmiy yoʻnalishi
tahrirTarixiy manbashunoslik, Oʻrta Osiyo tarixiy geografiyasi, Oʻrta Osiyoning Turk xoqonligi (VI asr oʻrtasi — VIII asr oʻrtasi) va Arab xalifaligi (VIII asr oʻrtasi — XIII asr boshi) davrlardagi tarixi.
Ilmiy faoliyati
tahrir1988-yilda OʻzFA SHI da „Kitab al-ansab“ Abu Saʼda Abd al-Karima ibn Muhammada as-Samʼani — kak istochnik po istorii i istorii kultury Sredney Azii" mavzusi boʻyicha dissertatsiya yoqlab, tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasiga sazovor boʻlgan.
1993-yilda OʻzFA SHI da „Istoricheskaya geografiya Toxaristana i Yujnogo Sogda po araboyazichnim istochnikam IX — nach. XIII vv.“ mavzusi boʻyicha dissertatsiya yoqlab, tarix fanlari doktori ilmiy darajasiga sazovor boʻlgan.
38 ta ilmiy monografiya, 8 ta risola, 300 ga yaqin ilmiy maqolalar va 45 ta ilmiy taqrizlar muallifi. 45 ta ilmiy toʻplamlarning mas’ul muharriri. Bu toʻplamlardan 2 tasi Yevropaning 8 ta tillariga tajima qilingan. Ayrim maqolalari arab,turk, turkman, xitoy va venger tillariga tarjima qilingan.
Oliy oʻquv yurtlarining talabalari uchun 10 ta oʻquv qoʻllanma va 2 ta darslik yozgan.
50 dan ortiq Xalqaro ilmiy konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda maʼruzalar bilan ishtirok etgan (Toshkent, Samarqand, Termiz, Qarshi, Shahrisabz, Olma-Ota, Taroz, Turkiston, Bishkek, Issiq Koʻl, Ashgabat, Tbilisi, Kazan, Ufa, Simferopol, Istanbul, Ankara, Izmir, Diyar Bakir, Isfahon, Tehron, Dubay, Tunis, Qohira, Iskandariya, London, Cambridge, Nara, Zurich, Urumchi va hokazo).
Tahrir ishlari
tahrir2012-yildan „Moziydan sado“ (Toshkent), 2016-yildan :Vodiynoma" (Andijon), 2019-yildan „The Journal of Islamic Research“ (Ankara, Turkiya), 2020-yildan „InfoLib“ (Toshkent), „Journal of Emerging Technology and Innovative Research“ (Hindiston) jurnallarining tahririyat a‘zosi. 2011-yildan ""dan „Sogdiyskiy sbornik / The Sogdian Studies“, „Problemy drevney I srednevekovoy istorii Chacha“, 2016-yildan „Voprosy etnogeneza I etnicheskoy istorii narodov Sredney Azii“, 2022-yildan esa „Turkiston toʻplami / Turkestanskiy sbornik / The Turkistan Studies“ nomli xalqaro ilmiy toʻplamlarning asoschisi va masʼul muharriri.
Xalqaro mukofot
tahrirShayx Abd al-Aziz al-Baptinning „Imom al-Buxoriy avlodlariga“ nomli islom tadqiqotlari sohasidagi xalqaro mukofoti sovrindori (al-Kuvayt, 1999-yil).
Xalqaro aloqalari
tahrir2010-yildan The Islamic Manuscript Association (Cambridge universiteti, UK). 2012-yildan The Intarnational Society of the Arabic Papyrology (Leyden universiteti, Niderlandiya) xalqaro ilmiy jamiyatlarning aʼzosi.
Xalqaro faoliyati
tahrirSaint Andrews universiteti (Shotlandiya), Tokio Infirmatika instituti (Yaponiya), Zurich universiteti (Shvetsariya), Cambridge universiteti (Angliya), Gerda Henkel (Germaniya), TIKA (Turkiya), Xitoy FA Tarix Instituti (Pekin), Xalqaro Turk Akademiyasi (Qozogʻiston), Erasmus + (Yevropa Ittifoqi) ilmiy grantlariga sazovor boʻlgan. 3 ta chet el universitetlarining taklifiga binoan 4 ta maʼruza oʻqigan va 1 ta mahorat darsi bergan: — AQSh ning Michigan davlat universitetida maʼruza (2017-yil oktyabr); — Niderlandiyaning Leyden universitetida 2 ta maʼruza va 1 ta mahorat darsi (2018-yil aprel); — AQSh ning Kaliforniya (Devis) universitetida maʼruza (2018-yil avgust).
Asosiy ilmiy ishlari
tahrirKitoblar
tahrir- „Kitab al-ansab“ Abu Saʼda ʻAbdalkarima ibn Muxammada as-Samʼani kak istochnik po istorii i istorii kulturi Sredney Azii. — Tashkent: Fan, 1993. — 184 s. (ISBN 5-648-02020-1)
- Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv. — Tashkent: Oʻzbekiston, 1996. — 422 s. (ISBN 5-640-02088-1)
- Ibn al-Asir. Al-Kamil fit-taʼrix. Izbrannie otrivki / Perevod s arabskogo, primechaniya i kommentarii P. G. Bulgakova. Dopolneniya k perevodu, primechaniyam i kommentariyam, vvedeniye i ukazateli Sh. S. Kamoliddina. — Tashkent: Uzbekistan, 2006. −560 s. (ISBN 5-640-02794-0) (www.ori.unizh.ch).
- Drevnetyurkskaya toponimiya Sredney Azii. — Tashkent: Shark, 2006. −192 s. (ISBN 978-9943-00-003-2) (www.turkicworld.com)
- Ancient Turkic Toponyms of the Middle Asia. Turkic Place-Names in Ancient and Medieval Textual Sources. Saarbrücken: Lambert Academic Publishing, 2010. 185 s. (ISBN 978-3-8383-9828-0).
- The Samanids. The First Local Islamic Dynasty in Central Asia. Saarbrücken: Lambert Academic Publishing, 2011. 480 s. (ISBN 978-3-8443-2098-5).
- Muxammad an-Narshaxi. Taʼrix-i Buxara. Istoriya Buxari / Vstupitelnaya statya D.Yu. Yusupovoy. Perevod kommentarii i primechaniya Sh. S.Kamoliddina. Arxeologo-topograficheskiy kommentariy Ye. G.Nekrasovoy. — Tashkent: SMI-ASIA, 2011. — 600 s. (ISBN 978-9943-17-036-0).
- Ibn Havqal. Surat al-ard. Yerning surati / Arab tilidan tarjima va izohlar muallifi Sh. S.Kamoliddin. — Toshkent: OʻzME Davlat ilmiy nashriyoti, 2011. −400 b. (ISBN 978-9943-07-134-6).
- Samanidi: Iz istorii gosudarstvennosti Uzbekistana v IX — X vv. -Saarbrücken: Lambert Academic Publishing, 2012. −464 s. (ISBN 978-3-8465-8302-9).
- Vselennaya, Zemlya i Chelovek v trudax Abu Rayxana Beruni: Analiticheskiy svod izbrannix tematicheskix fragmentov iz sochineniy Abu Rayxana Beruni. -Saarbrücken: Lambert Academic Publishing, 2012. −656 s. (ISBN 978-3-659-18965-4). — (P. G. Bulgakov bilan birga).