Shamsiddinxon Boboxonov (1937—2003) – oʻzbek arabshunos olimi, filologiya fanlari doktori, diplomat, muallim, qori, diniy va jamoat arbobi, 1982—89-yillarda – Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi va 5 ta Respublika muftiysi.

Shamsiddinxon Boboxonov
 Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi
Mansab davri
1982-yil – 1989-yilgacha
Oʻtmishdoshi Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon[1]
Vorisi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 8-aprel 1937-yil
Vafoti 15-aprel 2003-yil(2003-04-15)
(66 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi OʻzSSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Otasi Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon
Kasbi qori, tarjimon
Dini Islom, Naqshbandiya
Mukofotlari Xalqlar doʻstligi ordeni Andoza:Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro mukofot

Tarjimai holi

tahrir

Shamsiddinxon Ziyovuddinxon oʻgʻli Boboxonov 1937-yili Toshkentning Hazrati Imom mavzeidagi Tikkoʻcha mahallasida ziyoli oilasida tugʻilgan.

Taʼlimi

tahrir

Ilk diniy taʼlimni bobosi muftiy Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxondan, otam muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxondan oʻrgangan, ilohiyot, fiqh, tasavvuf, mantiq va shu kabi ijtimoiy fanlardan saboq olgan. Ayni paytda 28-sonli oʻrta maktabda oʻqib, uni 1955-yili tugatgan. 1960-yili Toshkent chet tillar institutining ingliz tili fakultetini bitirgan, 1962—1966-yillar davomida Qohiradagi Al-Azhar dorilfununida oʻqigan. Keyin SSSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining aspiranturasida tahsil olgan, 1970-yili shu institutda arab tilida sonlar silsilasi mavzuida dissertatsiya himoya qilib, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga sazovor boʻlgan[2].

Faoliyati

tahrir

Xalqaro islom olamida

tahrir
  1. Makkai mukarramadagi Masjidlar bo‘yicha Jahon Oliy kengashi
  2. Misrdagi Jahon Oliy Islom kengashi
  3. Pokistondagi Islom Olami kongressi
  4. Iordaniya qirollik akademiyasi
  5. Xelsinkidagi Jahon tinchlik Kengashi kabi qator xorijiy tashkilotlar aʼzosi
  6. Sobiq Ittifoq va Oʻzbekiston miqyosidagi oʻndan ziyod jamoat tashkilotlari aʼzosi sifatida faoliyat olib borgan.
  7. Chet el va Sobiq Ittifoqda oʻtadigan turli anjumanlarda faol qatnashgan.

Vafoti

tahrir

2003-yil 15-aprelda vafot etgan. Toshkentdagi Gʻoyib ota qabristonidagi oilaviy sagʻanasiga dafn etilgan.

Manbalar

tahrir
  1. Жизнь муфтиев Бабахановых: служение возрождению Ислама в Советском Союзе
  2. Abduqahhor Ibrohimov. Muftiylar sulolasi (Badialar) (oʻzbekcha). "Meriyus", Toshkent 2010 y — 148-bet. ISBN 978-9943-360-86-0. 
  3. [www.arboblar.uz „arboblar“] (o'zbekcha). Qaraldi: 2023-yil 2-noyabr.
  4. „Шамсиддинхан Бабаханов на сайте «Центральная Азия»“. 2013-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-yanvar. (WebCite saytida 2013-05-19 sanasida arxivlangan)
  5. „Новейшая история ислама в России“.[sayt ishlamaydi]
  6. „Шамсиддинхан Бабаханов - продолжатель рода просветителей Ислама“. 2013-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-yanvar.
  7. „Shamsuddinxon Boboxonov“. 2013-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-yanvar.