Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi
Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi (oʻzbekcha: Ўрта Осиё ва Қозоғистон мусулмонлари диний бошқармаси, qozoqcha: Орта Азия және Қазақстан мұсылмандарының діни басқармасы) – Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan Oʻrta Osiyo Respublikalari Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston respublikalarining 1943—1991-yillardagi rasmiy diniy tashkiloti.
Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Tashkil etilgan joy | Toshkent |
Основание | 15-oktyabr 1943-yil |
Taʼsischilar | Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon |
Din | |
Din | Islom |
Oqim | Sunniylik |
Mafkura | Moʻtadil soʻfiy tariqatlari |
Huquq maktabi | Moʻtadil Hanafiylik |
Ittifoqchilar | Moʻtadil Sunniylik mazhabi va oqimlari va moʻtadil soʻfiylik tariqatlari |
Raqiblar | Islom fundamentalistlari, vahhobiylar, salafiylar, shialar |
Yoyish | |
Mamlakatlar | SSSR |
Mintaqalar |
Oʻzbekiston SSR Tojikiston SSR Turkmaniston SSR Qirgʻiziston SSR Qozogʻiston SSR |
Tillar |
Asosiy din tili: arabcha va forscha (qisman) Ish yuritish va yuritishning asosiy tili: Oʻzbek Mehnat va millatlararo muloqot: ruscha Rasmiy tan olingan: tojik, qozoq, qirgʻiz, turkman, qoraqalpoq |
Kuzatuvchilar soni | 30-35 million kishi. (1990) |
Boshqaruv | |
Bosh muftiy |
1943—1957: Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon 1957—1982: Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon 1982—1989: Shamsiddinxon Boboxonov 1989—1991: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf |
Bosh qarorgoh | Baroqxon madrasasi, Toshkent (Oʻzbekiston SSR) |
Tuzilishi | |
Boʻlimlar | Toʻrt respublikada qoziyatlar |
Nazorat qilinadigan tashkilotlar | Toʻrt respublikada qoziyatlar |
Oliy taʼlim muassasalari | Toshkent islom instituti, Mir Arab madrasasi, Baroqxon madrasasi |
Axborot resurslari | |
Nashrlar | Sovet Sharq musulmonlari |
Andoza:Bilgiquti/Wikimedia Commons | |
Tashkil topishi va faoliyati
tahrirTashkilotga 1943-yilda Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon tomonidan asos solingan. Qarorgohi Toshkent shahridagi hozirgi Hazrati Imom majmuasida boʻlgan. Sovet Ittifoqi tarqalib ketishi bilan, Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga oʻzgargan. Ikkinchi jahon urushining eng ogʻir paytlarida sobiq ittifoq aholisining Islom diniga boʻlgan munosabati ijobiy tomonga oʻzgara boshladi. Ateizm oʻrniga oʻzbeklar musulmonlarcha bagʻrikenglikdan najot topdilar. Mahalliy aholining iltimosi bilan, musulmonlarni birlashtiruvchi tashkilot tuzish maqsadida, Eshon Boboxon boshchiligida bir guruh faollar Yoʻldosh Oxunboboyevdan ruxsat soʻrashadi. Oxunboboyev bu haqda Moskva bilan muzokaralar olib boradi va ruxsat olishga erishadi. 1943-yilda Moskvada Eshon Boboxon Iosif Stalin bilan uchrashadi. Stalin unga musulmon ulamolari qurultoyini chaqirishni, ularga urushda gʻalabaga erishish uchun amaliy yordam berish yoʻllarini qidirishni taklif etishni buyuradi. Shu yil 15-20-oktabr kunlari qurultoy boʻladi. 160 kishidan iborat qurultoyda Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasini tashkil etish va Eshon Boboxonni muftiy etib saylash toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi[1]. Qurultoy qatnashchilari xalqqa murojaat qiladilar:
Hurmatli musulmon birodarlar, aziz farzandlarimiz! Biz, besh davlat imomlari, sizlarga barcha musulmonlar nomidan murojaat qilmoqdamiz. Fashist gazandalariga qarshi haqiqiy sherlar kabi kurashish uchun birlashing! Vatanning har qarich yerini himoya qiling va oʻz saflaringizni intizom ila mustahkamlang! Allohdan dushman ustidan tezroq gʻalaba qilishimizga madad soʻrab iltijo qiling!
Diniy boshqarma tomonidan qilingan murojaat oʻzining natijalarini berdi. Oʻzbekiston musulmonlari Qizil Armiya uchun 1.280.000 rubl (hozirgi kunda taqriban 90 million AQSh dollariga teng), 93 tonna isteʼmol mahsulotlari, 90 bosh shoxdor mol yigʻib berdilar[2]. Shayx Eshon Boboxonning harakatlari bilan Buxorodagi Mir Arab madrasasi qayta ochildi. 1945-yilda bir guruh sovet musulmonlari haj amalini ado etdilar. 1957-yilda boʻlib oʻtgan musulmonlar 3-qurultoyida Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon diniy boshqarmaga yangi muftiy etib saylandi. 1957-yili Qurʼonning yangi nusxasi nashr etildi, keyinchalik, Sovet Ittifoqi hududida Qurʼonning yangidan-yangi nusxalari va tarjimalari nashr etilgan. Uning tashabbusi bilan Imom al-Buxoriyning "Al-Jomiʼ as-Sahih hadislar toʻplami nashr etildi[3]. 1962-yili Sovet Ittifoqi hududidagi barcha toʻrtta musulmon diniy boshqarmalarining konferensiyasi boʻldi. Unda Sovet Ittifoqi musulmonlarining xalqaro aloqalari idorasini tashkil etish va Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxonni idora raisi etib saylash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Uning qoʻl ostida Sovet Ittifoqi musulmon tashkilotlarining Osiyo va Afrikadagi musulmon davlatlari bilan aloqalari oʻrnatildi. „Sovet sharqi musulmonlari“ jurnali toʻrt tilda nashr etila boshlandi. „Sovet davlati musulmonlari“ albomi arab va ingliz tillarida nashr etildi. 1966-yili Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi kelishuvning Toshkentda imzolanishiga hamda 1970-yilda Al-Azhar universiteti bosh shayxi Muhammad al-Fahhamning Toshkentga tashrifiga erishildi. 1971-yilda Toshkentdagi Namozgoh masjidi binosida Imom Buxoriy nomli Toshkent islom instituti tashkil topishi diniy taʼlimga katta yoʻl ochdi[3]. Shayx Ziyovuddinxon Butunjahon tinchlik kengashi, Islom konferensiyasi tashkiloti, Masjidlar boʻyicha Oliy Kengash va bir qancha xalqaro tashkilotlar aʼzosi boʻldi. Sovet Ittifoqi rahbariyati tomonidan „Hurmat belgisi“ va „Xalqlar doʻstligi“ ordenlari bilan taqdirlandi. 1982-yilning kuz oylarida Shayx Ziyovuddinxon sogʻligʻi yomonlashgani tufayli isteʼfoga chiqdi va shu yili 23-dekabr kuni olamdan oʻtdi[3]. 1982-yilgi Qurultoyda Ziyovuddinxon oʻgʻli Shamsiddinxon Boboxonov diniy idoraga muftiy etib saylandi. Oʻrta Osiyo masjidlarining moddiy ahvoli yaxshilandi, islomiy meʼmorchilik obyektlari qayta taʼmirlandi, diniy boshqarma huzurida kutubxona ochilib, yangi adabiyotlar bilan boyitildi[4]. Sovet Ittifoqida 1980-yillarda boshlangan qayta qurish davri diniy boshqarma uchun ogʻir kechdi. 1989-yil 4-fevral kuni Shayx Shamsiddinxon yirik ulamolar tomonidan „Xudosiz hukumatga sotilib ketganlik va oʻz vazifasiga noloyiqlik“da ayblanib, barcha lavozimlaridan boʻshatildi. Shu yili boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari qurultoyda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf diniy boshqarma raisi, muftiy etib saylandi[5]. 1990-yilda Qozogʻiston qoziyati diniy boshqarma tarkibidan chiqib ketdi va Qozogʻiston musulmonlari idorasi tashkil topdi. 1991-yilda Sovet Ittifoqi tugashi bilan, Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga aylantirildi. Turkmaniston, Tojikiston, Qirgʻizistonda ham diniy idoralar tashkil topdi[5].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ [Islam i musulmane v Strane Sovetov, Moskva, 1980]
- ↑ Protokol sobraniya 2-go Kurultaya v 1948 godu
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Jizn muftiev Babaxanovix: slujenie vozrojdeniyu Islama v Sovetskom Soyuze
- ↑ [D. Crews. For Prophet and Tsar: Islam and Empire in Russia and Central Asia. Harvard University Press]
- ↑ 5,0 5,1 „Ислам в СНГ“. 19-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-yanvar 2016-yil.