Shayx Jalil bobo maqbarasi (asli ismi: Ollabardi Aziz ota Mavlonbardi Aziz Xoʻja oʻgʻli) – Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoraoʻzak tumanidagi tarixiy yodgorlik. Maqbara XIIXIV hamda XIX asrlar davomida shakllangan va bugungi kunda „Qoybaq“ ovulida joylashgan[1][2].

Shayx Jalil bobo maqbarasi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy yodgorlik
Turi Maqbara
Manzili „Qoybaq“ OFY
Shahar Qoraoʻzak tumani
Mamlakat Qoraqalpogʻiston
Koordinatalar 42°09′56″N 60°15′19″E / 42.165486121613334°N 60.25524985250922°E / 42.165486121613334; 60.25524985250922
Qurilishi boshlangan XIIXIV asr
Qurilishi tugagan XIX asr
Egasi Davlat mulkiga tegishli
Map
Shayx Jalil bobo maqbarasi xaritada

Shayx Jalil bobo maqbarasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[3]. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulkiga tegishli va „Vaqf“ xayriya jamoat fondiga tekin foydalanish shartnomasi asosida biriktirilgan[4].

Tarixi va joylashuv oʻrni

tahrir

Shayx Jalil bobo maqbarasi togʻ yonbagʻrida joylashgan boʻlib, mahalliy va xalqaro turistlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Shunday boʻlsa-da, yoʻllar talabga javob bermagani va transport orqali aniq manzilgacha yetkizib berish xizmati mavjud emasligi tufayli turistlar koʻpincha yayov yurishlariga toʻgʻri keladi, shu sababli ham turistlar oqimining asosiy qismini mahalliy turistlar tashkil etadi.

Mahalliy aholi orasida tarqalgan rivoyatlarga koʻra, Shayx Jalil odam va paridan tugʻilgan. Uning otasi mashhur shayxlardan boʻlib, shoh bilan oralari buzilganidan keyin kimsasiz Qoratovga surgun qilingan. Togʻda esa kechasi raqsga tushadigan sehrli parilar yashagan. Parilar makoniga tushib qolgan shayx ulardan biriga oshiq boʻladi. Oʻrtadagi nikohdan Shayx Jalil tugʻilgan[5].

Shayx jalil bobo ziyoratgohi Qoraqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo tumanida Qoratov yonbagʻrida joylashgan. Shayx Jalil majmuasida Zamariq tosh yaʼni qoʻziqorin toshi; parilar makoni, shifobaxsh buloq, muhabbat choʻqqisi, tilaklar choʻqissi, Shayx Jalil bobo kabi ziyorat joylari bir mavzeyda joylashgan. Ziyoratga kelgan turistlar faqat Shayx jalil bobo maqbarasida emas, balki yuqorida sanab oʻtilgan joylarda ham boʻlishadi.

Maqbara Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev koʻrsatmasiga binoan qayta rekonstruksiya qilinib, yonida masjid barpo etilgan va mahalliy aholi ixtiyoriga topshirilgan. Maqbara yonida hovuz mavjud boʻlib, bu hovuz qurilgan paytda baliqlar oʻz-oʻzidan paydo boʻlib qolganligi haqida ham rivoyatlar mavjud. Ziyoratga kelgan turistlar baliqlar bilan ovqatlanishi mumkin[6].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir