Shimoliy Qozogʻiston (viloyat)
Shimoliy qozogʻiston viloyati — Qozogʻistonning shimoliy qismidagi viloyat. 1936-yil 29-iyulda tashkil etilgan. Maydoni 97 993 km2. Aholisi 578,400 kishi (2013), asosan, ruslar va qozoqlar, shuningdek, ukrain, tatar, belorus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 42%. 13 tumanga boʻlingan, 5 shahar, 4 shaharcha bor. Markazi — Petropavlovsk shahri Muhim shaharlari: Petropavlovsk, Bulayev, Mamlyutka, Sergeyevka.
| ||
viloyat | ||
---|---|---|
Maʼmuriy markazi | Petropavlovsk | |
Asos solingan sanasi | 1936-yil | |
Akim | Yeskendirov Samat Sapabekovich | |
Aholi (2013) |
578,400[1] (4,2 % , (14-oʻrin) | |
Zichligi | 5,96 kishi./km² | |
Millatlar tarkibi |
ruslar 50,43 % qozoqlar 33,30 % ukrainlar 5,00 % olmonlar 3,49 % polyaklar 2,34 % tatarlar 2,18 % beloruslar 1,15 % va boshqalar 2,11 %[2] | |
Dinlar tarkibi | Xristianlar, Musulmonlar | |
Maydoni | 97 993 km² (3,6 %, 14-oʻrin) | |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
Telefon kodi | +7 7152 xx-xx-xx[3] | |
Pochta indeksi | 15 xxxx[4] | |
Avtomobil raqami kodi | T, 15 | |
Rasmiy sayti | http://www.sko.kz/ | |
Xaritada | ||
54°53′0″N 69°10′0″E / 54.88333°N 69.16667°E |
Tabiati
tahrirViloyat Gʻarbiy Sibir tekisligining janubiy chekkasi va Qozogʻiston past togʻlarining janubiy qismida joylashgan. Shimoli-sharqdan (115 – 120 m) janubiy va janubi-sharqqa (200 m) balandlashib boradi. Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq va uzoq (5 oydan ortiq), kamqor; yozi issiq, quruq. Yanvarning oʻrtacha harorati —18,5 °C, — 19,5 °C, iyulniki 18,5—19,5 °C. Yiliga 300–340 mm yogʻin tushadi. Daryolari Ob havzasiga mansub. Ishim daryosining oʻrta oqimi viloyat hududidan oʻtgan. Viloyat oʻrmonli dasht va dasht zonalari oraligʻida joylashgan. Koʻp qismining tuprogʻi qoratuproq. Viloyat hududining 8% oʻrmon. Los, sibir yeligi; yirtqichlardan boʻri, tulki; quyon, uzunburuncha, tipratikan uchraydi. Ondatra iqlimlashtirilgan.
Ijtimoiy soha
tahrirShimoliy Qozogʻiston viloyati hududidan Trans-Sibir temir yoʻli oʻtgan. Temir yoʻl uzunligi 470 km. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllar uzunligi 1645 km. Havo yoʻllari Petropavlovskni Ostona, Moskva, Olmaota hamda Sibirdagi shaharlar, shuningdek, Kavkazdagi kurortlar va boshqalar shaharlar bilan bogʻlaydi. Petropavlovsk pedagogika instituti, Shimoliy chorvachilik ilmiy tadqiqot instituti, oʻlkashunoslik muzeyi, drama teatri, filarmoniya va boshqalar madaniyat muassasalari bor.
Aholisi
tahrirViloyat aholisining soni 2012-yilgi statiska boʻyicha 583 598 kishini tashkil qildi. Viloyat aholisi koʻp millatli hisoblanadi, aholining milliy tarkibi quyidagi jadvalda;
Aholi soni 1989-yilgi[5] |
%[5] | Aholi soni 1999-yilgi |
% | Aholi soni 2010-yilgi |
% | |
---|---|---|---|---|---|---|
umumiy | 912065 | 100,00 % | 725980 | 100,00 % | 643302 | 100,00 % |
Ruslar | 469636 | 51,49 % | 361461 | 49,79 % | 310371 | 48,25 % |
Qozoqlar | 206060 | 22,59 % | 214697 | 29,57 % | 218039 | 33,89 % |
Ukrainlar | 70525 | 7,73 % | 46980 | 6,47 % | 35673 | 5,55 % |
Olmonlar | 86716 | 9,51 % | 41157 | 5,67 % | 23826 | 3,70 % |
Polyaklar | 22917 | 2,51 % | 18757 | 2,58 % | 15343 | 2,39 % |
Tatarlar | 19977 | 2,19 % | 16472 | 2,27 % | 14433 | 2,24 % |
Beloruslar | 16388 | 1,80 % | 11184 | 1,54 % | 8658 | 1,35 % |
Ozarbayjonlar | 1394 | 0,15 % | 1457 | 0,20 % | 1942 | 0,30 % |
Armanlar | 940 | 0,10 % | 1394 | 0,19 % | 1624 | 0,25 % |
Chechenlar | 972 | 0,11 % | 919 | 0,13 % | 1098 | 0,17 % |
Chuvashlar | 1941 | 0,21 % | 1288 | 0,18 % | 1037 | 0,16 % |
Oʻzbeklar | 530 | 0,06 % | 322 | 0,04 % | 1080 | 0,17 % |
Ingushlar | 942 | 0,10 % | 857 | 0,12 % | 980 | 0,15 % |
Boshqurtlar | 1755 | 0,19 % | 1063 | 0,15 % | 912 | 0,14 % |
Tojiklar | 164 | 0,02 % | 244 | 0,03 % | 909 | 0,14 % |
Litvalar | 1140 | 0,12 % | 976 | 0,13 % | 825 | 0,13 % |
Mordvalar | 1585 | 0,17 % | 1025 | 0,14 % | 660 | 0,10 % |
boshqalari | 8483 | 0,93 % | 5727 | 0,79 % | 5892 | 0,92 % |
Hududiy boʻlinishi
tahrir- Ayirtav tumani markazi Savmalkoʻl
- Oqjar tumani markazi Tolshiq
- Oqqayin tumani markazi Smirnovo
- Yesil tumani markazi Yavlenka
- Jambul tumani markazi Presnovka
- Magʻjan Jumabaev tumani markazi Bulayev
- Qiziljar tumani markazi Beskoʻl
- Mamlyut tumani markazi Mamlyutka
- Oʻbit Musirepov tumani markazi Novoishimka
- Tayinsha tumani markazi Tayinsha
- Timiryazev tumani markazi Timiryazevka
- Valixanov tumani markazi Kichkinakoʻl
- Shal aqin tumani markazi Sergeyevka
- Petropavlovsk shahri
Tuman/shahar | ruslar % |
qozoqlar % |
ukrainlar % |
olmonlar % |
polyaklar % |
tatarlar % |
beloruslar % |
---|---|---|---|---|---|---|---|
Petropavovsk shahri | 66,27 | 21,42 | 2,97 | 1,59 | 0,46 | 3,75 | 0,66 |
Ayirtav tumani | 44,22 | 38,93 | 5,42 | 4,54 | 0,90 | 1,62 | 2,03 |
Aqjar tumani | 14,26 | 74,18 | 4,47 | 1,68 | 0,41 | 1,43 | 1,77 |
Oqqayin tumani | 41,00 | 35,93 | 9,21 | 7,02 | 1,60 | 1,49 | 1,54 |
Gʻabit Musirepov tumani | 39,92 | 34,01 | 12,26 | 4,41 | 0,56 | 1,55 | 3,13 |
Esil tumani | 48,38 | 43,12 | 2,79 | 2,55 | 0,41 | 0,62 | 0,50 |
Jambul tumani | 37,17 | 47,85 | 7,85 | 3,11 | 0,16 | 1,27 | 0,67 |
Qiziljar tumani | 62,53 | 24,49 | 3,21 | 3,83 | 0,54 | 1,75 | 1,05 |
Magʻjan Jumabaev tumani | 54,41 | 29,77 | 5,15 | 5,48 | 0,51 | 1,36 | 1,03 |
Mamlyut tumani | 56,80 | 27,19 | 2,91 | 3,66 | 0,20 | 6,05 | 0,82 |
Tayinsha tumani | 21,55 | 27,84 | 12,46 | 9,79 | 21,83 | 0,68 | 3,17 |
Timiryazev tumani | 39,65 | 40,82 | 7,36 | 2,04 | 0,52 | 2,05 | 2,21 |
Valixanov tumani | 6,20 | 87,47 | 1,95 | 1,00 | 0,08 | 1,59 | 0,55 |
Shal aqin tumani | 40,53 | 45,81 | 5,10 | 4,29 | 0,18 | 0,85 | 1,03 |
Sanoati
tahrirAsosiy sanoat tarmoqlari — mashinasozlik, oziq-ovqat, yengil sanoat. Sanoat korxonalarining koʻp qismi Petropavlovskda joylashgan. Mashinasozlik zavodlarida magnitofon, mineral oʻgʻit sochuvchi traktor tirkamalari, ichki yonuv dvigatellari va boshqalar ishlab chiqariladi. Mashina taʼmirlash avo, Petropavlovsk goʻsht kombinati, un, moy, pishloq, likyoraraq, sut zavodlari, tikuvchilik, sport mollari fabrikalari, koʻn, yelim zavodlari, temirbeton buyumlari, gʻisht zavodlari, uysozlik kombinati va boshqalar ishlab turibdi.
Qishloq xoʻjaligi
tahrirQishloq xoʻjaligida gʻallachilik va sutgoʻsht chorvachiligi asosiy oʻrinda. 1954—60 yillarda 1,3 mln. ga qoʻriq yer oʻzlashtirildi. Ekin maydonlariga don, kartoshka va sabzavot, poliz, yemxashak, texnika ekinlari, bahori bugʻdoy, arpa, suli, grechixa, qisman tariq ekiladi. Xoʻjaliklarda qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, yilqi, parranda boqiladi.
Manbalar
tahrir- ↑ Численность населения РК по областям, городам и районам, 2013-01-30da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-02-28
- ↑ Перепись населения Республики Казахстан 2009 года. Краткие итоги., 2018-11-18da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-04-03
- ↑ „Shimoliy Qozogʻiston viloyatining telefon kodlari“. 2016-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-dekabr.
- ↑ „Почтовые индексы Казахстана“. 2014-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-dekabr.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 V sovremennix granitsax Severo-Kazaxstanskoy oblasti, vklyuchaya chast bivshey Kokchetavskoy oblasti
- ↑ Agentstvo Respubliki Kazaxstan po statistike. Arxiv (Wayback Machine saytida 2013-11-13 sanasida arxivlangan): Natsionalniy sostav naseleniya Respubliki Kazaxstan i ego oblastey (tom 1) (Wayback Machine saytida 2011-08-16 sanasida arxivlangan)
- ↑ Chislennost naseleniya po oblastyam, gorodam i rayonam, polu i otdelnim vozrastnim gruppam, otdelnim etnosam na 1-yanvarya 2010 goda[sayt ishlamaydi]
- ↑ Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года, 2012-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-02-27
Adabiyotlar
tahrir- Қызылжар елі — Жемчужина Севера/Бас.ред. Б.Ғ.Аяған.-Алматы «Қазақ энциклопедиясы» ЖШС, 2007.-496 с.
- Солтүстік Қазақстан облысы ел тәуелсіздігі жылдарында: құжаттар мен материалдар жинағы — Северо-Казахстанская область в период независимости страны: сборник документов и материалов/Управление архивов и документации Северо-Казахстанской области. Северо-Казахстанский государственный архив.-Петропавл, 2011.-533 с.
- Жаңару уақыты. Солтүстік Қазақстан облысы Тәуелсіздік жылдарында — Время возрождения. Северо-Казахстанская область в годы Независимости/ Құрастырған К.Мұсырман.-Петропавл, 2011.-296 б. (қазақша-орысша)
- Абылайдың ақ үйі: құжаттар мен материалдар көп қолданылған публицистикалық шығарма. Автор Ж.Самрат. -Астана, 2009. — 170 б.
- Белый Дом Абылая: основанный на документов и исторических материалов публ. произв. Автор Ж.Самрат. -Астана, 2009. −170 с.
- Поклонимся великим тем годам…Телевизионная летопись «Северный Казахстан в Великой Отечественной войне»/Р. Г. Бикмухаметова.-Петропавловск, 2010.-104 с.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |