Shirinboy Olimov

oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor

Shirinboy Sharofovich Olimov (1971-yil 18-noyabr, Buxoro tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor.

Shirinboy Olimov
Tavalludi 18-noyabr 1971-yil (1971-11-18) (53 yosh)
Buxoro tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Buxoro davlat universiteti
Taʼlimi Buxoro davlat universiteti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Biografiyasi

tahrir

Shirinboy Olimov 1971-yil 18-noyabr Buxoro tumanida tugʻilgan. 1994-yilda Buxoro davlat universitetini „Pedagogika va tarbiyaviy ishlar metodikasi“ mutaxassisligini tugatgan[1]. 1994—1995-yillarda Buxoro industrial-pedagogika texnikumi pedagogika fani oʻqituvchisi, 1995−1998-yillarda Buxoro industrial-pedagogika texnikumi sirtqi boʻlim boshligʻi, 1998—2000-yillarda Buxoro pedagogika texnikumi sirtqi boʻlim uslubchisi, 2000—2002-yillarda Buxoro pedagogika texnikumi kunduzgi boʻlim boshligʻi, 2002—2007-yillarda Buxoro viloyat oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi, 2007—2010 -yillarda Buxoro tumanidagi Yangi turmush iqtisodiyot kolleji direktori, 2010—2013-yillarda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti „Ijtimoiy fanlar“ kafedrasi dotsenti, 2013—2016-yillarda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti „Ijtimoiy fanlar“ kafedrasi professori, 2016-yildan Buxoro davlat universiteti „Pedagogika“ kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda[1].

Ilmiy faoliyati

tahrir

2002-yilda nomzodlik, 2012-yilda „Kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarini maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2008-yilda dotsent, 2018-yilda professor ilmiy unvoni berilgan[1]. 2013-yilda Oʻzbekiston Respublikasi „Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. „Tarbiyaviy ishlar metodikasi“ (2018), „Pedagogik va psixologik fanlarni oʻqitish metodikasi“ (2022), „Pedagogik deontologiya va kompetentlik“ (2022), „Innovatsion pedagogik faoliyatni tashkil etish texnologiyasi“ (2022), darsliklari, „Pedagogik texnologiyalarning oʻquv-tarbiya jarayoniga qoʻllash“ (2014), „Pedagogika. Ensiklopediya 1-jild“ (2015), „Pedagogik mahorat“ (2018), „Umumiy pedagogika“ (2018), „Pedagogik texnologiya“ (2019), „Obshaya pedagogika“ (2019), „Pedagogika nazariyasi va tarixi“ (2022) oʻquv qoʻllanmalar, 200 ga yaqin ilmiy maqola muallifi[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet.