Shoh Fozil maqbarasi
(Shoh fozil maqbarasidan yoʻnaltirildi)
Shoh fozil maqbarasi - Qirgʻiziston Respublikasi Jalolobod viloyatidagi meʼmoriy yodgorlik (taxminan12-asr). Maqbara peshtoqgumbazli (umumiy bal. 15,37 m), murabba tarhli (7,85x7,85 m) 1 xonadan iborat; pishiq gʻishtdan ishlangan. Maqbara gumbazi 8 qirrali asosga oʻrnatilgan. Bezaklarida ganch oʻymakorligida ishlangan handasiy, islimiy naqshlar, kufiy yozuvli kitobalar bilan birga chizma usulida ishlangan naqshlar ham uchraydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |