Islimiyoʻsimliksimon shakldagi takrorlanuvchi taqsimlardan tuzilgan asosiy naqsh turi. Naqsh asosini tanob, band, barg , butalar tashkil etadi. I. bir-biriga uzluksiz ulanib, oʻralib ketadigan chirmoviqsimon, oʻsimliksimon naqshlarning takrorlanishidan tashkil topadi. Shuning uchun baʼzan ustalar uni oʻrama yoki oʻsimliksimon naqsh deb ham ataydilar. I. naqshning xillari koʻp, u qaysi shakl bilan toʻldirilsa, naqsh shu shaklning nomi bilan ataladi: I. barg , I. bar-gak, I. bofta, I. gul, I. zanjira, I. madohil, I. mehrob va b. yuzdan ortiq sodda va murakkab turlari mavjud. Bu naqsh turlari yanada koʻpayib bormoqda. I. naqshlarning hunarmandlik rivojlangan shaharlar nomlari bilan atalgan xillari ham bor: Isfahoni I., Arabi I., Mashhadi I. va b. Turli davrlarda yashagan xalq ustalari yangi-yangi I. xillarini yaratgan va buyumlar be-zagi (ganchkorlik, naqqoshlik, yogʻoch oʻymakorligi, miskarlik, zardoʻzlik, kulolchilik, gilamchilik, kashtadoʻzlik va b.)da keng qoʻllagan. Shuningdek, uni yanada jozibali qilish maqsadida naqshlarda qoʻshimcha materiallardan foydalanilgan. Mas, zargarlik, kan-dakorlik, miskarlikda qimmatbaho toshlar, qahrabo va b. qadalgan. Bu uslub Oʻrta Osiyo, Yaqin Sharq, Hindiston, Eron, Turkiya, Afgʻoniston ustalari tomonidan keng foydalanilgan. I. naqshning naqqoshdan katta tajri-ba va mahorat talab qiladigan murakkab xillari ham bor. Xiva (Paxlavon Mahmud maqbarasi gumbaz osti bagʻallari), Buxoro, Samarqand (Registon ansambli, Sherdor Madrasa ravogʻi, mehrobi), Toshkent, Qoʻqon, Margʻilon, Andijon shaharlarida yogʻoch uymakori (A. Abdurahimov va b.), miskar (Abdulla hoji va b.), zardoʻz (N. Aminov va b.), ganchkor, kashtadoʻz ustalar ishlarida keng qoʻllangan, hozir ham I. naqshlardan keng foydalaniladi. Xalq ustalaridan S. Maxmudov, J. Hakimov, T. Toʻxtaxoʻjayev, O. Fayzullayev, N. Ibrohimov, M. Usmonov, K. Karimov va b.ning ijodlarida buni koʻrish mumkin. Shuningdek, kitob va jur.larni bezashda ham I. naqsh xillari keng qoʻllanadi. Bu soxdda grafik rassom I. Ikromovnsng xizmati katta.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil