Shotoʻra madrasasi – Oʻzbekiston Republikasi, Fargʻona viloyati, Furqat tumanining Shotoʻra qishlogʻida qurilgan madrasa. Shotoʻra madrasasining qurilish vaqti 1902-yilda boshlanib to 1910-yilgacha qurib bitkazilgan. Ushbu madrasa Normuhammad Gʻoziboy oʻglining mablagʻi asosida qurilgan. Madrsaning loyihasini Nursuxlik boʻlgan Muhammadalixon (Madixon) chizib bergan. Madrasadagi yogʻoch oʻymakorliginining katta qismini usta Toʻraxon hamda usta Ibodat amalga oshirgan. Shu bilan birga, yogʻochlardagi ganch, naqshlarni Qoʻqondan boʻlgan hunarmand ustalar bajarishgan[1].

Madrasa
Shotoʻra madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Fargʻona vodiysi
Manzil Fargʻona viloyati, Furqat tumani
Homiy Normuhammad Gʻoziboy oʻgli
Binokorlik 1902-yil1910-yil
Hujralar soni 26 ta

1934-yilda madrasa maydonidagi minora buzib tashlanadi. 1936–1937-yillarda madrasa masjidining xonaqohlari joylashgan binosidan xammom oʻrnida, ikkinchi jahon urushidan soʻng mineral oʻgʻit saqlanadigan omobor hovlisini esa paxta quritadigan joy sifatida foydalanilgan. 1970-yili madrasa kinoteatrga aylantiriladi. Keyinchalik madrasaning janubiy tomonida boshlangʻich maktab o'quvchilari uchun maktab quriladi.

Meʼmorchiligi

tahrir

Madrasa hozirgacha butun holatda yetib kelmagan, ammo ilk bor taklif etilgan toʻrtburchak holatdagi maqdarasa sxemasida uning shimol tomonga qaragan darvozaxonasi va 2 ta yon tomonida darsxonalar mavjud boʻlgan boʻlib, uning tepa qismi esa gumbaz bilan yopilgan holatda boʻlgan. Madrasa binosining gʻarbiy tomonida 4 ta ustunli va kayvon ayvonli namozxona, janubiy tomonida 2 ustunli namozxona mavjud bo'lgan. Shuningdek madrasaning shimol hamda janub tomonida 26 ta xujra, janubi-sharqiy qismida Qoʻqon jome masjididan 3-4 zina baland boʻlgan minora qurilgan, shimoli-sharq tomonda esa panjaralik xovuz boʻlgan. Xovuzning oʻlchamlari 5x5 m ni tashkil qilgan. 1917-yilga qadar Shotoʻra madrasasida talabalar oʻqitilgan[1].

Hozirgi paytga kelib, qarov yaxshi boʻlmagani tufayli ham madrasaning peshtoq qismidagi gumbaz, gʻarbiy tomonida joylashgan katta darsxonasi va shu bilan birga gumbazli xujrasi saqlanib qolgan.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 O'zbekiston obidalaridagi bitiklar Farg'ona viloyati. Toshkent, UZBEKISTAN TODAY. — 185-bet. ISBN 978-9943-4510-2-5. 

Adabiyotlar

tahrir

Oʻzbekiston obidalaridagi bitiklar Fargʻona viloyati. Toshkent, Uzbekistan today, 2016 — 353-bet. ISBN 978-9943-4510-4-9. 

Havolalar

tahrir