Shuhratbek Abdurahmonov

Oʻzbekiston davlat arbobi

Shuhratbek Qoʻshoqboyevich Abdurahmonov (1969-yil, Izboskan tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – Oʻzbekiston Respublikasi davlat arbobi, 2013-yil 26-apreldan Andijon viloyati hokimi [1].

Shuhratbek Abdurahmonov
 Andijon viloyati hokimi
Mansab davri
2013-yil 26-apreldan – hozirgi vaqtgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Ahmadjon Usmonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 25-dekabr 1969-yil (1969-12-25) (54 yosh)
Andijon viloyati, Izboskan tumani, OʻzSSR, SSSR
Fuqaroligi  Sovet Ittifoqi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Siyosiy partiyasi Uzlidep
Kasbi agronom
Dini islom
Maʼlumoti Andijon paxtachilik instituti
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Biografiyasi

tahrir

Shuhrat Abdurahmonov 1969-yilda Andijon viloyati, Izboskan tumanida tugʻilgan. 1992-yilda Andijon paxtachilik institutini (hozirgi Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti) agronom mutaxassisligi boʻyicha tugatgan.

Mehnat faoliyati

tahrir

1992-yilda „Madaniyat“ agrofirmasi 5-boʻlimi agronom-entomologi boshligʻi. „Navbahor“ kompaniyasining paxtachilik brigadasi boshligʻi boʻlib ishlagan. 1994-yilda „Madaniyat“ agrofirmasining bosh agronomi, 1999-yilda qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari boʻldi. 2000-yilda – „Navbahor“ jamiyatining raisi[2], 2001-yilda Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimining birinchi oʻrinbosari, qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi, 2004-yilda Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimi, 2011-yildan Andijon viloyati hokimining oʻrinbosari, viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi[3], 2013-yil 26-apreldan – hozirgi vaqtga qadar Andijon viloyati hokimi. Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi va Andijon viloyat Kengashi deputati.

Mukofotlari

tahrir

Shuhrat Abdurahmonov 2010-yilda „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan[4]

2020-yilda „Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan[5]

2019-yil „Mehnat shuhrati“ va 2024-yilda „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan [6][7]

Oilasi

tahrir

Oilali. 3 nafar farzandi bor[4]

Manbalar

tahrir