Jekson Sidney (inglizcha: Sydney Jackson; 1886-yil 14-aprel; Nyu-York, AQSh – 1966-yil (ehtimol, 5-yanvar[1]); Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – SSSRda Jakson Sidney Lvovich nomi bilan tanilgan amerikalik va sovet bokschisi va murabbiyi. SSSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1957).

Sidney Jekson

Sidney Jekson haqidagi hikoya muallifi, yozuvchi Georgiy Sviridov Jekson uchun kitobning sovgʻa nusxasiga dasxat qoʻyib bermoqda
Statistikasi
Asl ismi Sidney Lyuvovich Jekson
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQShSSSR bayrogʻi SSSR
Millati Yahudiy
Tavalludi 14-aprel 1886-yil
Nyu-York, AQSh
Vafoti 5-yanvar 1966-yil(1966-01-05)
(79 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR,
SSSR
Medallari va yutuqlari

Professional faoliyati
Birinchi jangi 1903-yil 8-noyabr

Tarjimai holi

tahrir

Sidney Jekson 1886-yilda Nyu-Yorkda yahudiy oilasida tugʻilgan. Bronksning Bruk avenyusida yashagan. Jekson 6 yoshida mahalliy kimyo zavodida ishlagan otasi sil kasalligidan vafot etgan. 12 yoshida „Bronx Ridgeon Club“ mahalliy boks klubida boks bilan shugʻullana boshlagan. Oʻn sakkiz yoshida professionallar qatoriga qoʻshildi[2]. AQShda professional bokschi boʻlib, yengil vazn toifasida jahon chempioni unvoni uchun jangga tayyorgarlik koʻrgan.

Ikkinchi vatan

tahrir

Oʻzbekistonda yashab qolgan amerikaliklarni barmoq bilan sanash mumkin boʻlsa-da, ularning aksariyati Oʻzbekiston tarixida yorqin iz qoldirgan. Toshkentlikka aylangan birinchi amerika fuqarosi nyu-yorklik bokschi Sidney Leo Jekson boʻladi. Toshkentda u oʻzbek milliy boks maktabining asoschisi boʻlib, Sidney Lyuvovichga aylandi. Oʻzbekistonga u, taqdir taqozosi bilan kelib qolgan edi[3]. Angliyadagi chiqishlarini tugallagandan soʻng, u tadbirkorning oʻgʻli jamoadagi hamrohi Fryenk Djil bilan birga Moskvaga gasrtrol safari bilan keladi. Joʻnab ketish vaqti kelganda, birinchi jahon urushi boshlanib qoladi. Gʻarbiy yoʻl yopilgan edi. Faqat birgina xavfsiz yoʻl – Afgʻoniston qolgan edi. Siddi va Fryenk Toshkentga billet olishdi. Ular Toshkentga kelishlari bilan pochtaga yoʻl olishdi. Pochtada faqatgina Fryenk Jil nomiga joʻnatma borligi maʼlum boʻldi, Jeksonlar oilasi qashshoqlashib qolgan va Sidga hech qanday mablagʻ joʻnata olmasligi ayon edi.

Turkiston general-gubernatori hisobxonasiga qilingan tashrif hech qanday natija bermadi. Unga qayergadir ishga joylashib olishga maslahat berishdi, xolos. U Yashevlarning tikuv fabrikasiga ishga joylashadi. Rus tilini oʻrganish barobarida, ularga boks va kurashni oʻrgatar edi.

 1919-yilning bahorida uni Kaspiyorti frontiga joʻnatishdi. U yerda Qozon polki safida jang qildi, bu yerda chex va nemislar ham bor edi. Tez orada amerika fuqarosini shtab tarjimoni qilib tayinlashadi. U asirga olingan ingliz zobitlarini soʻroq qilishda ishtirok etadi. Urush tugagandan soʻng, Sidney Djakson konvertga oʻzining amerika pasportini soladi va amerika elchixonasi manziliga joʻnatib yuboradi.

Faoliyati

tahrir

SSSR shakllanganidan keyin ham u ketmadi. Ilgari buyuk rus knyazi N.K. Romanovga tegishli boʻlgan saroy bolalar ixtiyoriga berilgach, bu yerda turli xil toʻgaraklar oʻz faoliyatini boshladi. Jeksonga boks toʻgaragini yuritish topshirildi. Shu tariqa, Oʻzbekistonda birinchi bolalar boks toʻgaragi va sport jamiyati paydo boʻldi. Jekson oʻz tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda boks uchun zarur boʻlgan ring va boshqa jihozlarni oʻzlari tayyorlashar edi. Bunday tarzdagi ringlar hatto oʻsha vaqtda Moskvada yoʻq edi. Soʻngra, qop va toʻshamalarni tayyorlaydilar. Sid poyafzal fabrikasiga va otxonaga borib, teri va ot yolini olib kelgan. 1923 yildagi suratda Sidney oʻz shogirdlari bilan oʻzlari yasagan qoʻlqopni kiyib rasmga tushishgan edi. Sidney yoshligidan mohir suzuvchi boʻlgan. Endi u toshkentliklarni suzishga, krolchasiga, brasschasiga va over-armga oʻrgata boshladi.

Toshkent shahrida boks boʻyicha murabbiy boʻlib ishlagan, shu lavozimda Markaziy Osiyoda boks rivojiga katta hissa qoʻshgan. Sport aktivini shakllantirib, Oʻzbekiston SSR boks federatsiyasida murabbiylar bilan koʻplab oʻquv-uslubiy hamda ijtimoiy ishlarni olib borgan.

Sidneyning toʻrtala oʻquvchisi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan. Bular Mika Mesh, Vladimir Karpov, Nikolay Monin va Aleksey Marchenko. Nemis bokschisini magʻlub etgan Toshkentlik Andrey Borzenko Buxenvald konstlageri mahbusi va „Tikanli sim ortidagi ring“ kinofilmining prototipiga aylangan edi. S. L. Jeksonning oʻquvchilari orasida – matematika professori, 5 nafar fan doktori va 30 nafar fan nomzodlari bor. Unga „SSSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy“ nishonini (Ittifoq boʻyicha birinchilardan biri) berayotganda yigʻilish rahbari hazil ohangida „Sizni qaysi fan nomzodlari bilan qiyoslash mumkin tayyorgarlikda? faqat akademik Landau bilan“ – degan edi. Bundan shular anglashiladiki, oldingi sportchilar ilmiy darajalarga loyiq ishlari bilan emas, sportdagi yutuqlari bilan erishganlar. Ular oʻzlarini „jeksonovchilar“ deb atashgan[4].
S. L. Jekson birinchi boʻlib, yuqori darajali sportchilarni issiq iqlimda tayyorlash mashgʻulotlari va metodlarini ishlab chiqdi va amalda qoʻlladi. Keyinchalik, bu ishlar bilan uning shogirdi meditsina fanlari nomzodi M.B.Frank shugʻullandi. Tayyorgarlik mashgʻulotlari yuklamasi, ovqatlanish tartibi, suv ichish jarayoni, shaxsiy tozalik va boshqa savollar hech qachon avvalgi davrlarda koʻzda tutilmas edi. Bu kabi alohida jihatlar Djakson boks maktabida yaratilgan edi. Uning ijodkorlik qobiliyatiga qaramasdan, uning shogirdlari bir-biridan juda farq qilganlar. Ularni bitta murabbiy tayyorlagan deb aytish juda mushkul boʻlardi. Shogirdlar sonini aytish juda qiyin. 45 yillik ish faoliyati mobaynida bir necha ming shogirdlarni chiqargan edi. Ularning koʻpchiligi, soʻngra oʻzlari murabbiylik qildilar va shu sababli uning sportdagi nevara va evaralari son-sanoqsizdir.

1967-yilda Jekson haykali ochilish munosabati bilan uning xotirasiga musobaqalar uyushtirilgan. Bugungi kunda Oʻzbekiston „boks mamlakati“ga aylangan. Bu oʻzbek boks maktabi asoschisi S. L. Jeksonning ishlari davomchilari tufaylidir.

 
Sidney Jeksonning qabri

Sidney Jeksonning qabri

tahrir

Keyinchalik uning koʻplab shogirdlari taniqli bokschi va murabbiylar boʻlishdi: Vladimir Agaronov (SSSR faxriy sport ustasi), Iosif Budman (SSSR chempionati kumush medali sovrindori), SSSR da xizmat koʻrsatgan murabbiylar Boris Granatkin va Yuriy Buxman, Oʻzbekiston SSR va Oʻrta Osiyo chempioni Vladimir Karpov, keyinchalik Oʻzbekiston SSR chempioni boʻlgan mashhur yozuvchi, publitsist va jamoat arbobi Georgiy Sviridov, urush yillarida Germaniyaning Buxenvald kontslageridan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi chempioni Andrey Borzenko – Georgiy Sviridovning „Tikanli sim ortidagi ring“ romani qahramoni. Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.

Adabiyotda

tahrir

Sidney Jeksonning hayoti davomida sovet yozuvchisi Georgiy Sviridov bokschining taqdiri va hayoti haqida badiiy asar – „Jekson Rossiyada qolayapti“ hikoyasini yozgan va nashr etgan. Muallif sovgʻa nusxalaridan birini Jeksonning oʻziga taqdim etgan.

Manbalar

tahrir
  1. Sudya po informatsii na nadgrobnom pamyatnike, umer 5 yanvarya 1966 goda
  2. „Sydney Jackson biography“ (deadlink). 2005-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 17-oktyabr.
  3. [www.shosh.uz „Bosh sahifa. Bilasizmi.“] (2015-yil 25-may). Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.
  4. „Slovari i ensiklopedii na Akademike“. Qaraldi: 2023-yil 22-noyabr.

Havolalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • Djakson ostalsya v Uzbekistane. Vospominaniya o znamenitom boksere i trenere / Redaktor-sostavitel professor A. Ye. Antonov – M.: GYeOS, 2016. – 344 s. ISBN 978-5-89118-720-7