Sinay yarim oroli - Gʻarbiy Osiyodagi yarim orol, Qizil dengizning Suvaysh va Aqoba qoʻltikdari oraligʻida, Misr hududi. Maydoni 25 ming km² chamasida. Jan. granit, gneys, kristalli slanetslardan tuzilgan togʻlar bilan band. Eng baland joyi 2637 m, Misrda eng baland nuqta. Shim.ga tomon yer yuzasi 500–1000 m gacha pasayib boradi. Kuchli burmalangan toshloq platolar bor. Suvaysh qoʻltigʻi sohili kambar payettekislik. Neft, marganets konlari bor. Iklimi subtropik iqlimdan tropik ikdimga oʻtuvchi issiq va quruq iqlim. Yiliga 50 mm gacha yogʻin tushadi. Daryolari mavsumiy. Chala choʻl va choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Aholi koʻchmanchi chorvachilik, vohalarda dehqonchilik bilan shugʻullanadi. Sinay yarim orolio.da qad. meʼmoriy va sanʼat yodgorliklari sakdangan.