Soʻm-KuponOʻzbekistonda 1993-yilning 15-noyabrida ichki bozorda rublning narxi oshib ketishini oldini olish uchun 1992-yilgi «Soʻm-Kupon» vaqtincha muomalaga kiritildi. Ushbu «Soʻm-Kupon» SSSR Rubliga nisbatan birga-bir qiymatga ega boʻlgan. 1994-yilning 1-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1994-yilning 16-iyundagi №870-sonli qarori asosida «Soʻm-Kupon» muomaladan chiqarildi.

«Soʻm-Kupon»
ISO 4217: - - -
Davlat nomi: Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Simvol: S

Banknotalar

tahrir

«Soʻm-Kupon»ning barcha banknotalari bir xil turdagi rasmlarga ega edi. Faqat ranglar banknotalarda turlicha boʻlgan. Banknotalarning old tomonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Gerbi, orqa tomonida esa Samarqanddagi Registon ansamblining Sherdor Madrasasi tasviri joylangan. Banknotalar: 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000 va 10000 soʻmlik qiymatga ega edi.

Tasvir Qiymat
(soʻm)
Oʻlchami
(mm)
Rang Belgi Sana
Old tomoni Orqa tomoni Muomalaga kiritilgan Bosilgan Muomaladan olingan
    1 120×61 toʻq koʻk
kulrang
ornament 15-noyabr 1993-yil 1992-yil 1-avgust 1994-yil
    3 yashil
    5 binafsha rang
    10 qizil
    25 firuza
    50 144×69 pushti paxta guli
    100 qora
havorang
    200 och binafsha rang
    500 olovrang
    1000 jigarrang
    5000 koʻk
    10 000 qizgʻish-
olovrang
Tasvir oʻlchami — bir millimetrga 1,0 piksel.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir