Soloxa
Soloxa — skif "podsho" mozorqoʻrgʻonlaridan biri (mil. av. 4-asr). Ukrainaning Zaporojye viloyatidagi Bolshaya Znamenka qishlogʻidan 12 km jan.sharkda joylashgan. N. I. Veselovskiy tomonidan tadqiq qilingan (1912—13). S. tepaligi (bal. 18 m) tagidan ikkita "podsho" kabri topilgan. Ulardan biri (markaziy) qad. davrlarda talontoroj etilgan, ikkinchisi (chetdagi) butun saqlangan. Qabrga podsho bilan birga uning xizmatkorlari (vino suzuvchi va qurolbardori) qoʻshib koʻmilgan. Qabrdan qurolaslahalar, hokimiyat ramzi — jez choʻqmor, oltin va kumushdan yasalgan idishlar, taqinchoklar, bilaguzuklar va boshqa chiqqan. Jang qilayotgan skiflar shakli tushirilgan oltin taroq, ayniqsa, badiiy qimmatga ega. Podsho qabridan gʻarbrokda 5 ta ot skeleta saqlangan oʻra, jez taqinchoqlari boʻlgan egarjabduq va otboqar qabri topilgan. S. skif qabilalarining hayoti, urfodati haqida ilmiy maʼlumotlar beradi. Sdan topilgan oltin buyumlar antik davrning nozik amaliy sanʼat namunasi sifatida mashhur.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |