Strix aluco – Yevropa boʻylab Janubiy Sibirgacha boʻlgan hududda tarqalgan jigarrang boyqush deb ataladigan tungi yirtqichlarning kichik turi. Strix turidagi boyqushlarning bundan tashqari yettigachaga kichik turlari mavjud. Bu qush tanasi toʻq malla, tanasining yuqori qismi jigarrang yoki kulrang, patlari orasida oq chiziqlar koʻrinadi. Jigarrang boyqushlar odatda daraxt kovagiga in qurib, tuxumlari va polaponlarini muhofaza qiladi. Koʻpincha polaponlar ulgʻaygach ota-onalari boshqa inga koʻchib oʻtadi va natijada hali voyaga yetmagan bolalari och qolib nobud boʻlishi mumkin.

Strix aluco
Qazilma davri: Pleystotsendan–hozirgacha, 1-0 Ma
calabrianhozirgacha 
Strix Aluco turi
Boyqush ovozi
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Urugʻ: Strix
Tur: aluco
Strix aluco yashash hududi
Strix aluco yashash hududi
Ostturlar
  • Strix stridula Linnaeus  (1758)
  • Strix glaux Linnaeus  (1758)

Strix aluco tungi yirtqichlarga mansub boʻlgani uchun koʻrish, eshitish va ovoz chiqarmay uchish qobiliyatlari yaxshi rivojlangan. Bu xususiyatlari uning yaxshi ov qilishiga yordam beradi. Kemiruvchilar, koʻrshapalaklar, urbazilatsiyalashgan hududlarda baʼzi bir qushlarni ham ovlaydi. Kichik qushlarni yeyish bilan birga kannibalizmga misol boʻlsa, oziq zanjirida oʻzi ham boshqa yirik qushlarga (burgut) oziq boʻladi.Strix aluco asosan tunda faol boʻlgani va daxshatli qichqirigʻi sababli odamlar orasida yomon alomatlar keltiruvchi qush sifatida tanilgan. Uning qichqirigʻini baʼzi xalqlar oʻlim bilan ham bogʻlaydi[2][3].

Taʼrifi

tahrir
 
Stric aluconing yosh namunasi.
 
Kaptar koʻrish maydoni bilan solishtirish.
 
Boyqush koʻzidagi toʻr parda bitta chuqurchaga ega[4]
Boyqush ovozi. Gloucestershire. Angliya. 1978-yil
Kewick jarangi. Angliya. 1960-yil

Strix aluco yirik, uzunligi 37-46 sm (15-18 dyum), qanotlari kengligi 81-105 sm (32-41 dyum) keladigan qush. Uning ogʻirligi 385 dan 800 g gacha (0,849 dan 1,764 funtgacha) boʻlishi mumkin[5][6]. Boshi katta va yumaloq, yuzi disksimon, boshqa turdoshlariniki kabi yapaloq shaklda. Boshidagi quloqqa oʻxshash bir juft tutamlari, koʻzlari atrofida aylanasimon yung qatlami bilan farqlanadi. Iyun-dekabr oylarida patlari tullash yoʻli bilan toʻkiladi[7]. Jinsiy dimorfizm farqlanadi, urgʻochisi nisbatan 5% kattaroq va 25% uzunroq[8]. Jigarrang boyqushlar boshqa Yevroosiyo qushlariga nisbatan yumaloqsimon pat bilan qoplangan qanotlarida havoda sirgʻalib, kam qanot qoqib, odatda balandroqqa parvoz qiladi[9]. Qanotlaridagi patlari yumshoq, moʻynali boʻlgani uchun uchganda ovoz chiqarmaydi. Ogʻir va sekin qanot qoqishi bilan soatiga 50 milya tezlikka erisha oladi[10].

Tashqi koʻrinishidan Yevroosiyo burguti (Bubo bubo) va Ural boyqushi (Strix uralensis) bilan shakli oʻxshash, lekin nisbatan kattaroq[11]. Koʻzlari boshining oldi tomonida joylashgan, 50-70% atrofni binokulyar koʻra oladi[12]. Koʻrish qobiliyati odamlarga nisbatan 10-100 baravar yaxshiroq va toʻr pardasi har kvadrat millimetrga 56000 ga yaqin yorugʻlikka sezgir hujayralar bilan taʼminlangan[13]. Qorongʻulikka moslashuv sifatida koʻzning kattaligi, qorachiqning quvur shakli, rangining qora boʻlishi muhim rol oʻynaydi va toʻr pardada tayoqchasimon hujayralar koʻpligi sabab yorugʻlikka sezgirlikni kamaytiradi[14].

Eshitish organlari kuchli rivojlangan. Quloq suprasi harakatchan, tovush yoʻnalishini yaxshi aniqlash uchun assimetrik tarzda joylashgan. Chap quloq teshigi oʻngiga qaraganda kattaroq va balandroq joylashadi va pastdan keluvchi tovushlarni kuchli eshita oladi. Quloq ichki hujayralari koʻp sonli sezgir neyronlar bilan taʼminlangan boʻlib, uzoq masofadan keladigan tovushlar, hatto oʻsimliklar orasida hasharotlarning harakatlarini ham eshita olishi mumkin[15]. Har ikkala quloq suprasi qalin patlar orasida joylashgan va harakatchan teri burmasi bilan qoplangan[16]. Ob-havo oʻzgarishlari boyqushlarning eshitish tizimiga taʼsir qiladi. Shamol, yomgʻir tomchilari ovozi sabab atrofni eshita olmagan boyqushlar och qolishi mumkin[17].

Boyqushlarning ovozi alohida oʻrganilgan va bu boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazilgan. Hatto ularning ovoziga qoʻngʻiroqlar yordamida taqlid qilinganda 94% holatda 30 daqiqa ichida qushlardan javob qaytgan. Erkak qushlar urgʻochilariga nisbatan yaxshi ovoz chiqarish qobiliyatiga ega[18]. Jigarrang boyqushlarning ovoz balandligi jinsga, yil fasllari, ob-havoga bogʻliq boʻlib, juftlashish mavsumida, inkubatsiyada eng baland ovoz faolligiga ega boʻlishadi[19].

Geografik turlari

tahrir

Strix aluconing ikki turida tarqalish diapozoni farq qiladi. Ikkisi ham asosan Yevropa diapozonida uchraydi, Jigarrang boyqushGʻarbiy yevropaning nam iqlimiga koʻproq moslashgan boʻlsa, sharqda kulrang boyqush keng tarqalgan. Shimoliy mintaqalarda barcha boyqushlar sovuq-kulrang tusga ega. Ular tashqi koʻrinishi bilan ham farqlanadi. Bergman tomonidan aniqlanishicha shimoliy boyqushlar janubga qaraganda kattaroq boʻladi[20].

Finlandiya va Italiyada olib borilgan tadqiqotlarga koʻra, jigarrang boyqushlar boshqalariga qaraganda reproduktiv ustunlikka ega. Sababi boyqushlar juft tanlashda ranga eʼtibor bermasliklari, ularda immunitetning yaxshi rivojlanganligi, parazitlarga kamroq chalinishi muhim omillar sifatida koʻrsatilgan[21]. Atrof-muhitning taʼsiri ham ustunlikda koʻzga tashlanadi. Italiya tadqiqotlari boʻyicha jigarrang qushlar zichroq oʻrmonlarda, sovuq iqlimga moslashgan kulrang qushlar esa shimoliy hududlarga rang jihatdan ham moslashgan[22].

Taksonomiyasi

tahrir
 
Fransiyalik qoʻlidagi oʻrgatilgan boyqush.

Boyqushlarning bu turi birinchi marta Carl Linnaeus tomonidan 1758-yilda oʻrganilgan, bu haqida Systema naturae asarida tavsif berilgan[23]. Strix aluco nomi yunoncha strix „boyqush“ hamda italyancha allocco – „toʻq rangli boyqush“ soʻzlaridan kelib chiqqan[24]. Strix aluco toʻq rangli boyqushlardan biri boʻlib, ulardan yana Xumning boyqushi, Strix butleri, Himoloy boyqushi, Strix nivicolum, Ural boyqushi kabilar ham shu turga kiradi[25]. Strix aluco boyqushlarining bir qancha kenja turlari boʻlib, ular oʻzaro koʻp tafovutga ega emas. Atrof-muhit harorati, mahalliy yashash joyi, ranglari, oʻljasi bilan ular oʻziga xos xususiyatlarga ega. Tarix davomida 10 dan 15 gacha kichik turlar aniqlangan boʻlsa, hozirda ularning soni 7 ta ekanligi tasdiqlangan[26].

Kichik turlar Diapozoni Taʼrif
S. a. aluco Shimoliy va markaziy Yevropa, Skandinaviyadan Oʻrta Yer dengizigacha Linnaeus, 1758-yil
S. a. biddulphi Shimoli-gʻarbiy Hindiston va Pokiston Scully, 1881-yil
S. a. harmsi Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston Zarudny, 1911-yil
S. a. sanctinicolai Gʻarbiy Eron, Shimoli-sharqiy Iroq Zarudny, 1905-yil
S. a. siberiae Markaziy Rossiya (Ural) dan Gʻarbiy Sibirgacha Dementiev, 1934-yil
S. a. sylvatica Gʻarbiy va Janubiy Yevropa, gʻarbiy Turkiya Shaw, 1809-yil
S. a. willkonskii Shimoli-sharqiy Turkiya va shimoli-gʻarbiy Erondan Turkmanistongacha Menzbier, 1896-yil

Tarqalishi va yashash joyi

tahrir
 
Qadimgi bargli oʻrmonlar – boyqushning qulay yashash joylaridan biri.
 
Daraxtda yashiringan boyqush.

Strix aluco boyqushlari oʻtroq qushlar boʻlib, koʻchib yurmaydi. Yevropaning moʻtadil iqlimli mintaqalari, Buyuk Britaniya va Pireney yarim oroli, sharqda Gʻarbiy Sibirgacha boʻlgan hududlarda tarqalgan[27]. Himolay va Sharqiy Osiyoda uning oʻrniga Himolay boyqushi (Strix nivicolum), Shimoliy-gʻarbiy Afrikada unga yaqin turdosh boyqush Strix mauritanica uchraydi[28].

Strix aluco turi bargli, ignabargli va aralash oʻrmonlarda hamda suvga yaqin hududlarda keng tarqalgan. Urbanizatsiyalashgan hududlarda qabristonlar yaqinida, hiyobonlarda, koʻproq London markazida koʻrish mumkin. Shovqindan yiroq hududlar ularning asosiy yashash joyidir[29]. Sovuqroq hududlardagi boyqushlar koʻproq pasttekisliklarda in quradi. Shotlandiyada 550 metr (1800 fut), Alp togʻlarida 1600 m (5200 fut), Turkiyada[30] 2350 m (7710 fut), hamda Myanmada 2800 m (9200 fut) gacha balandlikda uchraydi[31]. Geografik diapozoni 10 million km2 (3,8 million milya) gacha choʻzilgan. Yevropada populyatsiya soni 970 000 – 2 000 000 individni tashkil qiladi. Soʻngi oʻn yil ichida miqdor 30% dan kamayishi kuzatilmaganligi sababli yoqolib borish havfi deyarli mavjud emas. Buyuk Britaniyada esa yoqolish havfi mavjud turlar roʻyxatida turadi. Turning Belgiya, Niderlandiya, Norvegiya hamda Ukrainada soni oshib boradi, Finlyandiya, Estoniya, Italiya va Albaniyada pasayish kuzatiladi[32].

Koʻpayishi

tahrir

Strix aluco turi bir yoshida voyaga yetadi va juftlashib boshlaydi. Umri davomida juft boʻlib yashaydi. Yil davomida juftlik oʻz hududlarini himoya qiladi. Kunduz kunlari daraxt tanasidagi novdalarda yashirinib, tunda faol boʻladi. Ovoz chiqarish orqali hududlarini himoya qiladi va tarqalish chastotasini bildiradi. Baʼzi boyqushlar kun davomida ham sayrashda davom etadi. Yashash joyini asosan kuz faslida koʻrib qolish mumkin. Qish davomida, nasl berish mavsumida oʻz hududlarini yashirishga harakat qiladi[33]. Jigarrang boyqushning uyalash joyi koʻproq daraxt kovaklari boʻlgani bilan, uning inini chuqurliklarda, binolar devoridagi yoriqlardan ham topish mumkin. Uy qurish mavsumi fevral, mart oylarida koʻproq oʻz hududining janub tomoniga togʻri keladi. Tuxumlari yaltiroq, oq rangda. Oʻlchamlari 48 mm × 39 mm (1,9 dyuym × 1,5 dyuym) va ogʻirligi 39,0 gr keladi. Uyasiga ikki yoki uchta tuxum qoʻyib, 30 kun mobaynida saqlaydi va 35-39-kunlarda polaponlar ochib chiqadi[34]. Uchib ketishlaridan oʻn kun oldin yosh polaponlar uyasidan chiqib atrof-muhitga oʻrganadi. Strix aluco uyasi va bolalarini himoya qilishda oʻtkir tirnoqlaridan foydalanib dushmaniga zarba beradi. Parvozi tinch boʻlgani sababli havfni tez aniqlay oladi. Itlar, mushuklar, hatto odamlarga ham hujum qilganligi aniqlangan. Ularning eng mashhur qurboni 1937-yilda suratga olmoqchi boʻlib uyaga yaqinlashgan fotosuratchi Eric Hosking boʻlgan. U bu hujumdan jarohatlanib, chap koʻzidan ajralgan[35].

Ota-onalar yosh qushlarni uyadan chiqib ketganidan keyin ikki uch oy davomida nazorat qilib turadi. Keyin voyaga yetgan qushlar juftlashish va hudud topish uchun tarqalib ketadi. Ular hudud topa olmasa och qoladi. Odatiy umr koʻrish muddati besh yil, yovvoyi turlarida 18-27 yoshlardagi individlar ham qayd etilgan[36]. Strix aluconing yirtqich turlari orasida Ural boyqushlari, burgut boyqush, Yevroosiyo burgutlari, oltin burgutlar kabilar uchraydi.

Turning baʼzi hududlarda kamayib ketishi u yerda tarqalgan yirtqich hayvonlar (tulki), kasalliklar, parazitlar va ob-havoning taʼsiri bilan bogʻliq. Soʻnggi 70 yilda global havo haroratining koʻtarilishi bilan parrandalar orasida bezgak kasalligi ham uch baravar oshganligi aniqlangan. 2010-yilda Britan boyqushlarining kasallanishi 1996-yildagiga nisbatan 2-3% dan 60% gacha oshganligi maʼlum[37].

Oziqlanishi

tahrir
 
Bank vole – Strix aluco oʻljasidan biri.

Jigarrang bu boyqush turi tungi ovchilardan boʻlib, bolalarini boqish uchun majbur boʻlganida kunduzi ham ov qiladi. Oʻljasini qulab tushishini, uchib chiqishini va harakatlanishini kuzatib turib keyin hujumga oʻtadi. Ozigʻi oʻrmon kemiruvchilari, kichik sutemizuvchilar, quyonlar, yomgʻir chuvalchangi, qoʻngʻiz kabi jonivorlardir. Oʻljasini butunlay yutib yuboradi. Hazm boʻlmaydigan suyaklar, hayvonlar moʻynasi kabi qoldiqlarni chiqarib tashlaydi[38]. Odatda jigarrang Strix aluco boyqushlari populyatsiya ichida dominant tur boʻlib, ulardan kichikroq boyqushlar, masalan, uzun quloqli boyqush, kichik boyqush turlari bir hududda yashay olmaydi. Kannibalizm xususiyati sababli strix aluco ulardan oziq sifatida foydalanadi. Shuning uchun jigarrang boyqushlar uya qurgan hududlardan mahalliy boyqushlar oʻz-oʻzidan siqib chiqariladi[39].

Madaniyatda aks etishi

tahrir
 
Strix aluconing kichik tur individi.

Strix aluco turi mahalliy aholi orasida omadsizlik, baxtsizlik belgisi sifatida tasniflanadi. John Ruskin asarlarida: „Dono kishilar nima deb hisoblashidan qatʼiy nazar, boyqush qichqirigʻi men uchun fitna alomati ekanligini bilaman“ degan jumlalar yozilgan[40]. Wordsworthning There Was a Boy sheʼrida boyqush qichqirigʻi tasvirlangan misralar mavjud[41].



Manbalar

tahrir
  1. BirdLife International (2016). "Strix aluco". IUCN Red List of Threatened Species 2016: e.T22725469A86871093. doi:10.2305/IUCN.UK.2016-3.RLTS.T22725469A86871093.en. https://www.iucnredlist.org/species/22725469/86871093. Qaraldi: 19 November 2021. Strix aluco]]
  2. „Tawny owl“. The Wildlife Trusts. Qaraldi: 2021-yil 24-iyun.
  3. „Tawny owl guide: how to identify, diet and where to see“ (en). Discover Wildlife. Qaraldi: 2021-yil 24-iyun.
  4. Based on Güntürkün, Onur, „Structure and functions of the eye“ in Sturkie, P. D.. Sturkie's Avian Physiology. 5th Edition. Academic Press, San Diego, 1998 — 1–18-bet. ISBN 978-0-12-747605-6. 
  5. CRC Handbook of Avian Body Masses by John B. Dunning Jr. (Editor).
  6. Lewis, Deane „Tawny Owl (Strix aluco) - Information, Pictures, Sounds“ (en). The Owl Pages. Qaraldi: 2023-yil 7-fevral.
  7. Mullarney, Killian; Svensson, Lars; Zetterstrom, Dan; Grant, Peter J.. Collins Bird Guide. London: HarperCollins, 1999 — 206-bet. ISBN 978-0-00-219728-1. 
  8. „Tawny Owl Strix aluco [Linnaeus, 1758“]. BirdFacts. British Trust for Ornithology (BTO). Qaraldi: 2008-yil 31-may.
  9. Snow, David. The Birds of the Western Palearctic concise edition (two volumes) Perrins, Christopher M.: . Oxford: Oxford University Press, 1998 — 907–910-bet. ISBN 978-0-19-854099-1. 
  10. „Tawny Owl (Strix aluco)“ (en-US). beautyofbirds.com (2021-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 27-aprel.
  11. Brown, Roy; Ferguson, John; Lawrence, Michael; Lees, David. Tracks and Signs of the Birds of Britain and Europe (Helm Identification Guides). Christopher Helm, 1987 — 86-bet. ISBN 978-0-7470-0201-7. 
  12. Burton, Robert. Bird Behaviour. London: Granada Publishing, 1985 — 44–48-bet. ISBN 978-0-246-12440-1. 
  13. Hecht, Selig; Pirenne, Maurice Henri (1940). "The sensibility of the nocturnal long-eared owl in the spectrum". Journal of General Physiology 23 (6): 709–717. doi:10.1085/jgp.23.6.709. PMID 19873186. PMC 2237955. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2237955. 
  14. Martin, Graham R. (August 1977). "Absolute visual threshold and scotopic spectral sensitivity in the tawny owl Strix aluco". Nature 268 (5621): 636–638. doi:10.1038/268636a0. PMID 895859. https://archive.org/details/sim_nature-uk_1977-08-18_268_5621/page/n63. 
  15. Martin, Graham R. (August 1977). "Absolute visual threshold and scotopic spectral sensitivity in the tawny owl Strix aluco". Nature 268 (5621): 636–638. doi:10.1038/268636a0. PMID 895859. 
  16. Sinclair, Sandra. How Animals See: Other Visions of Our World. Beckenham, Kent: Croom Helm, 1985 — 88–100-bet. ISBN 978-0-7099-3336-6. 
  17. Burton, Robert. Bird Behaviour. London: Granada Publishing, 1985 — 44–48-bet. ISBN 978-0-246-12440-1. 
  18. Redpath, S. M. (1994). "Censusing Tawny Owls Strix aluco by the use of imitation calls". Bird Study 41 (3): 192–198. doi:10.1080/00063659409477219. https://archive.org/details/sim_bird-study_1994-11_41_3/page/192. 
  19. Zuberogoitia, I.; Burgos, G.; González‐Oreja, J.A.; Morant, J.; Martínez, J.E.; Albizua, J.Z. (2019). "Factors affecting spontaneous vocal activity of Tawny Owls Strix aluco and implications for surveying large areas". Ibis 161 (3): 495–503. doi:10.1111/ibi.12684. 
  20. Bergmann, Carl (1847). "Über die Verhältnisse der Wärmeökonomie der Thiere zu ihrer Grösse" (de). Göttinger Studien 3 (1): 595–708. 
  21. Brommer, Jon E.; Kari, Ahola; Karstinen, Teuvo (2005). "The colour of fitness: plumage coloration and lifetime reproductive success in the tawny owl". Proceedings of the Royal Society of London B: Biological Sciences 272 (1566): 935–940. doi:10.1098/rspb.2005.3052. PMID 16024349. PMC 1564093. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1564093. 
  22. Galeotti, Paolo; Sacchi, Roberto (2003). "Differential parasitaemia in the tawny owl (Strix aluco): effects of colour morph and habitat". Journal of Zoology 261: 91–99. doi:10.1017/S0952836903003960. https://archive.org/details/sim_journal-of-zoology_2003-09_261/page/91. 
  23. Linnaeus, C. Systema naturae per regna tria naturae, secundum classes, ordines, genera, species, cum characteribus, differentiis, synonymis, locis. Tomus I. Editio decima, reformata (la). Holmiae. (Laurentii Salvii), 1758 — 93-bet. „S. capite laevi, corpore ferrugineo, iridíbus atris, remi-gibus primoribus serratís.“ 
  24. „Tawny Owl Strix aluco [Linnaeus, 1758“]. BirdFacts. British Trust for Ornithology (BTO). Qaraldi: 2008-yil 31-may.
  25. Voous, Karel H.; Cameron, Ad (illustrator). Owls of the Northern Hemisphere. London, Collins, 1988 — 209–219-bet. ISBN 978-0-00-219493-8. 
  26. Voous, Karel H.; Cameron, Ad (illustrator). Owls of the Northern Hemisphere. London, Collins, 1988 — 209–219-bet. ISBN 978-0-00-219493-8. 
  27. Snow, David. The Birds of the Western Palearctic concise edition (two volumes) Perrins, Christopher M.: . Oxford: Oxford University Press, 1998 — 907–910-bet. ISBN 978-0-19-854099-1. 
  28. „Owls“. IOC World Bird List Version 12.1. International Ornithologists' Union (2022-yil yanvar). Qaraldi: 2022-yil 2-mart.
  29. Fröhlich, A.; Ciach, M. (2018). "Noise pollution and decreased size of wooded areas reduces the probability of occurrence of Tawny Owl Strix aluco". Ibis 160 (3): 634–646. doi:10.1111/ibi.12554. 
  30. Snow, David. The Birds of the Western Palearctic concise edition (two volumes) Perrins, Christopher M.: . Oxford: Oxford University Press, 1998 — 907–910-bet. ISBN 978-0-19-854099-1. 
  31. Voous, Karel H.; Cameron, Ad (illustrator). Owls of the Northern Hemisphere. London, Collins, 1988 — 209–219-bet. ISBN 978-0-00-219493-8. 
  32. Snow, David. The Birds of the Western Palearctic concise edition (two volumes) Perrins, Christopher M.: . Oxford: Oxford University Press, 1998 — 907–910-bet. ISBN 978-0-19-854099-1. 
  33. „Tawny Owl facts“ (en-GB). The Barn Owl Trust. Qaraldi: 2022-yil 14-noyabr.
  34. „Tawny Owl Strix aluco [Linnaeus, 1758“]. BirdFacts. British Trust for Ornithology (BTO). Qaraldi: 2008-yil 31-may.
  35. Hosking, Eric; Lane, Frank W.. An Eye for a Bird: The Autobiography of a Bird Photographer. London, Hutchinson & Co, 1972 — 20-bet. ISBN 978-0-09-104460-2. 
  36. Voous, Karel H.; Cameron, Ad (illustrator). Owls of the Northern Hemisphere. London, Collins, 1988 — 209–219-bet. ISBN 978-0-00-219493-8. 
  37. GaramszegI, László Z. (2011). "Climate change increases the risk of malaria in birds". Global Change Biology 17 (5): 1751–1759. doi:10.1111/j.1365-2486.2010.02346.x. 
  38. Brown, Roy; Ferguson, John; Lawrence, Michael; Lees, David. Tracks and Signs of the Birds of Britain and Europe (Helm Identification Guides). Christopher Helm, 1987 — 86-bet. ISBN 978-0-7470-0201-7. 
  39. Voous, Karel H.; Cameron, Ad (illustrator). Owls of the Northern Hemisphere. London, Collins, 1988 — 209–219-bet. ISBN 978-0-00-219493-8. 
  40. Armstrong, Edward A.. The Folklore of Birds: An Enquiry into the Origin and Distribution of Some Magico-Religious Traditions. London: Collins, 1958 — 114-bet. 
  41. Wordsworth, William; Coleridge, Samuel Taylor. Lyrical Ballads. London: Longman, 1800. 

Havolalar

tahrir