Sulayhiylar (1047-1138) - Fotimiylarga vassal ekanligini eʼtirof etgan Yamandagi sulola. Sulola asoschisi - Fotimiy hukmdor Mustansir (1036-1094)dan «ijozat» olgan Yamandagi ismoiliylarning daʼvatchisi Ali ibn Muhammad Sulayhiy (1047-1067). Poytaxtlari — Sano, Jibla. Davlat tili — Arab tili. Din — Islom (ismoiliy shia).

Tarixi

tahrir

Sulayhiylarr Yamanda ismoiliya diniy da’vatlarining tarafdorlari va Fotimiylarga vassallar sifatida ish yuritdilar. Janubiy Arabistondagi Hamdon qabilasining a’zosi va shu qabila qozisining oʻgʻli Ali ibn Muhammad togʻlarda mustaqil bir davlat tuzishga muvaffaq boʻldi. Sulayhiylar 1047-yili Masarda oʻzlarini mustaqil deb e’lon qilishgan. Sulayhiylar hududiy da’volar boʻyicha Tihomada hukmronlik qilayotgan Najohiylar bilan kurash olib borishgan. Qizil dengiz boʻylaridagi Tihomada hukmronlik qilgan habash qullari sulolasi Najohiylarni tor-mor keltirdi. 1063-yilda Zaydiy imomlaridan Sano shahrini tortib olib, Hijozga bostirib kirdi, keyingi yilda esa Banu Man qabilasiga mansub hukmdorlardan Adanni oldi[1]. Uning oʻgʻli al-Mukarram Ahmad zamonida Sulayhiylarning mulki juda kengayib ketdi. Ammo XI asrdan keyin Sulayhiylar bosib olgan joylarini oʻz qoʻllarida saqlab qola olmadilar. Najohiylar yana hokimiyat tepasiga qaytdilar, Adan mustaqilligini saqlab qoldi, Sano shaharidan shimolda joylashgan Sadda Zaydiy imomlar hukm surishda davom etdi. Ahmad hukmronligining soʻnggi yillarida haqiqiy hokimiyat uning xotini Sayyida Arva qoʻliga oʻtdi. 1138-yilgacha hukmronlik qilgan bu ayol toʻqson ikki yoshida vafot etdi. U Sulayhiylar poytaxtini Sano shahridan Jiblaga koʻchirdi. Uning vafotidan soʻng hokimiyat Zurayyiylar qoʻliga oʻtdi va ular 1174-yilda Yamanga Ayyubiy Turonshoh kelguniga qadar hukmronlik qildilar. Sulayhiylarning alohida guruhlari Yamandagi ayrim qal’alarni XIII asr oxirigacha boshqarishgan[2].

Hukmdorlar roʻyxati

tahrir
Sulayhiylar sulolasiga mansub hukmdorlar
T/r Hukmdorlar Hukmronlik yillari
1 Ali ibn Muhammad 1047-1067
2 Ahmad ibn Ali 1067-1086
3 Ali ibn Ahmad 1086-1091
4 Saba ibn Ahmad 1091-1099
5 Sayyida Arva bint Ahmad 1099-1138

Yana qarang

tahrir

Yaman
Fotimiylar
Ayyubiylar
Najohiylar
Zurayyiylar

Manbalar

tahrir
  1. K.E. Bosvort. Musulmon sulolalari (yilnoma va shajaralar boʻyicha ma’lumotnoma). Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi "Fan" nashriyoti, 2007. 62-bet
  2. Vohidov Sh., Qodirov A. Sharqning mashhur sulolari.Toshkent: Akademnashr, 2013. 206-bet