Sulaymon Soʻfi – Xorazmning shimoli-sharqiy qismida hukmronlik qilgan qoʻngʻirot-soʻfiylar sulolasidan boʻlgan hukmdor (13801388)[1]. Sulaymon Soʻfi Husayn Soʻfi asos solgan Xorazm hukmdorlaridan bir boʻlgan soʻfilar sulolasining soʻnggi vakili boʻlgan. 1379-yilda Amir Temur Urganchni egallaganidan keyin Sulaymon Soʻfi Xorazmning shimoli-sharqiy qismida hokimiyatni oʻzida saqlab qoladi.

Sulaymon Soʻfi 
Xorazmshoh
Mansab davri
1380 – 1388
Hukmdor Toʻxtamishxon
Oʻtmishdoshi Yusuf Soʻfi
Mansubligi qoʻngʻirot soʻfilari

Toʻxtamish bilan ittifoqi

tahrir

13791380-yillarda Sulaymon Soʻfi Toʻxtamish bilan ittifoq tuzib, uning oliy hokimiyatini tan oladi. 13791387-yillarda Xorazmda Toʻxtamish nomidan tanga zarb qilgan[2].

Amir Temur mulkiga hujum qilishi

tahrir

Sulaymon Soʻfi 1387-yilda Toʻxtamish va Qamaraddinlarning Movarounnahrga yurishida qatnashgan. Natanziy maʼlumotiga koʻra, Xorazm qoʻshinlariga Aqcha oʻgʻlon va 1372-yilda Amir Temur tomonidan qatl etilgan xuttalonlik Kayxusravning oʻgʻli boshchilik qilgan. Amir Temur gʻarbga yurish bilan mashgʻul boʻlgan bir paytda unga dushman boʻlgan barcha kuchlar – Oltin Oʻrda, Moʻgʻuliston va Xorazm birlashib, Movarounnahrga yurish qilishadi. Bu yurishda Qarshi shahri va Zanjirsaroy saroyi yoqib yuborilgan, Samarqand va Buxoro qamal qilingan[2][3].

Amir Temurning Xorazmga yurishi

tahrir

Harbiy koalitsiya oʻz davlatiga haqiqiy xavf tugʻdirayotganini yaxshi anglagan Amir Temur darhol Movarounnahrga qaytib, qatʼiy chora koʻradi. 1388-yilda Amir Temur Xorazmga soʻnggi yurishini amalga oshiradi, bu yurishida Xorazm poytaxti Urganch (Gurganj) egallab olinadi va soʻfilar sulolasiga barham beriladi. Sulaymon Soʻfi shimolga, Toʻxtamish huzuriga qochib borib, unga tumanboshi sifatida xizmat qiladi. Xorazm nihoyat Temuriylar davlatiga tarkibiga kiradi[2].

Manbalar

tahrir
  1. Вайнберг Б. И. К истории Кунгратских Суфи // Полевые исследования Хорезмской экспедиции в 1957 г. М., 1960. С. 104–114.
  2. 2,0 2,1 2,2 Б.А. Ахмедов. „Государство кочевых узбеков“ 114-bet. Москва, «Наука», 1965.
  3. „Хорезм в период правления Амира Темура и темуридов“.

Adabiyotlar

tahrir
  • Б. А. Ахмедов. Государство кочевых узбеков. Москва, «Наука», 1965
  • Р. Ю. Почекаев. «Цари ордынские» — Санкт-Петербург. Евразия. 2010