Sulton Mahmudxon (Ofoqxon) (1463 yoki 1464 – 1508) – Moʻgʻuliston xoni (1487 – 1508). Chigʻatoy xonlaridan. Shajarasi Sulton Mahmudxon ibn Yunusxon ibn Uvaysxon ibn Sherali ibn Muhammadxon ibn Xizr Xoʻjaxon ibn Tugʻluq Temur ibn Esan Boʻgʻa ibn Doʻvaxon ibn Yesun Tuva ibn Moʻtugon ibn Chigʻatoy ibn Chingizxon, onasi – Shohbegim, Badaxshon shohi Shoh Sulton Muhammadning qizi. Boburning bobosi Yunusxon 1487-yil otasi vafot etgach taxtga Sulton Mahmuxon. Bundan xabar topgan Umarshayx Mirzo Fargʻona tomondan, Sulton Ahmad Mirzo Samarqand tomondan Sulton Mahmudxonga qarshi chiqqan. Umarshayx Mirzo qoʻshini Toshkent yaqinidagi mustahkam Ashtar qalʼasini qamal etgan. Sulton Mahmudxon qoʻshinga bosh boʻlib mudofaaga rahbarlik qilgan va jangda gʻolib chiqqan. 1488-yil Sulton Ahmad Mirzo qoʻshini ustidan Chir (Chirchiq) daryosi boʻyida gʻalaba qozongan. Natijada Sulton Mahmudxonning obroʻsi, kuchqudrati oshgan.

Sulton Mahmudxon
Moʻgʻuliston xoni
Mansab davri
1487 – 1508
Oʻtmishdoshi Yunusxon
Vorisi Mansurxon
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1463 yoki 1464
Moʻgʻuliston
Vafoti 1508
Otasi Yunusxon
Dini Islom

Moʻgʻulistonning sharqiy qismiga ukasi Sulton Ahmadxon (Olachaxon), Gʻarbiy qismiga oʻzi bosh boʻlib, qarorgohi – Toshkent shahrida joylashgan. 1493-yil Movarounnahr hukmdori Sulton Ahmad Mirzoning katta qizi Robiya Sulton begim (Qorakoʻz begim)ga uylangan. Samarqand va uning atrofida Sulton Mahmudxonni Xonikaxon deb atashgan. Sulton Mahmudxon doimo qoʻshni davlatlarning ishlariga aralashgan. Sulton Ahmad Mirzo vafotidan soʻng Sulton Mahmudxon Samarqand taxtini egallash uchun yurish qilgan, biroq 1495-yil Kanboy yaqinida Boysungʻur mirzo tomonidan magʻlubiyatga uchragan. Sulton Mahmudxonni Fargʻonaga yurish qilishi ehtimolidan xavfsiragan Bobur uning oliy hokimiyatini tan olgan. 1498-yil 5 ming kishilik qoʻshin bilan Samarqandga yurish qilgan, biroq shimoldan Shayboniyxon qoʻshinlari Movarounnahrga kelayotganidan xabar topgach, chekinishga majbur boʻlgan. U temuriylarga qarshi kurashda Shayboniyxonni oʻziga ittifoqchi qilish maqsadida unga Oʻtror shahrini bergan. Shayboniyxon CM. yordamida Samarqand, Buxoroni qoʻlga olgan. Shayboniyxonning kuchayib ketishidan xavfsiragan Sulton Mahmudxon temuriylarni qoʻllab quvvatlay boshlagan.

Boburga Samarqandni egallashida harbiy yordam bergan. Bobur uning saroyida, Toshkentda maʼlum muddat yashagan (1501—02). 1503-yil Sulton Mahmudxon va ukasi Sulton Ahmadxonlarning birlashgan qoʻshini Arxiyon qalʼasi (Fargʻona) yaqinvda Shayboniyxon qoʻshini tomonidan tormor keltirilgan, aka-ukalar asir tushgan. Sulton Mahmudxonning Toshkentga vaqtinchalik hokim qilib qoldirilgan oʻgʻli Sulton Muhammad shaharni tashlab qochgan. Shayboniyxon Toshkentni egallab, uni amakisi Suyunchxoʻjaxonga bergan. Sulton Mahmudxon va ukasiga shafqat qilib qoʻyib yuborgan. Ular Moʻgulistonga ketishgan, bir ozdan soʻng Sulton Ahmadxon vafot etgan. Taxt uchun kurashda Sulton Mahmudxon yolgʻizlanib, ancha qiyinchiliklarga duch kelgan. U koʻmak istab Shayboniyxon xuzuriga kelgan. Biroq Shayboniyxon Sulton Mahmudxonni farzandlari bilan birga Xoʻjand daryosi boʻyida qatl ettirgan.

Adabiyot

tahrir
  • Baburname, T., 1993; Materialoʻ po istorii kazaxskix xanstv XV—XVII vv., AlmaAta, 1969; Mirzo Muhammad Xaydar, Tarixi Rashidi, T., 1996.
  • Yulduzli tunlar., 1978; Roman; Pirimqul Qodirov