Sunil Weeramantry (1951-yil 11-sentyabrda tugʻilgan) – Shri-Lankada tugʻilgan amerikalik shaxmatchi, murabbiy. Asrandi oʻgʻli Hikaru Nakamuraning murabbiyi sifatida tanilgan[1].

Sunil Weeramantry

Weeramantry Andorra Open 2017 da
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Tavallud paytidagi ismi Sunil P. Weeramantry
Fuqaroligi Shri-Lanka, AQSh
Tavallud sanasi 11-sentyabr 1951-yil (1951-09-11) (73 yosh)
Shri-Lanka
Sport
Qaysi sport shaxmat

Faoliyati

tahrir

Weeramantry 15 yoshida shaxmat ustasiga aylangan[1]. U 1978-, 2004- va 2006-yillarda Shaxmat Olimpiadasida Shri-Lanka sharafini himoya qilgan[2]. 1975-yilda va 2001-yilda Nyu-York shtati shaxmat chempionatida gʻolib boʻlgan[3] . 1996-yilda Nyu York shtati shaxmat shon-sharaf zaliga kiritilgan.

Weeramantry shaxmat boʻyicha oʻqituvchilik faoliyatini 1979-yilda Upper Manhattandagi Hunter kolleji kampus maktablarida boshlagan. Dasturning 40 yilligini nishonlash uchun 2019 yilda Sunil Nyu-York shtati senatori Elizabet Kryuger va Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomoning bayonotlari bilan tan olingan. 

Sunil 1984-yildan boshlab White Plains davlat maktablari uchun shaxmat dasturlarini ishlab chiqdi. 1990-yilda Milliy Sxolastik Shaxmat Jamgʻarmasiga asos solgan va oʻz maktablarining dasturla asosini yangilagan. Oʻshandan beri NSCF Nyu York hududidagi 60 dan ortiq maktablarga xizmat koʻrsatish, Florida janubida jamoat dasturlarini taklif qilish va Qoʻshma Shtatlar boʻylab oʻqituvchilarni tayyorlash uchun oʻsdi.

Sunil, shuningdek, Qoʻshma Shtatlardagi eng muvaffaqiyatli shaxmat murabbiylaridan biri. U yoshlar oʻrtasidagi milliy va xalqaro musobaqalarda 200 dan ortiq shaxsiy va jamoaviy chempionlarga ustozlik qilgan.

Sunil AQSh shaxmat federatsiyasining taʼlimda shaxmat boʻyicha qoʻmitasi raisi boʻlib ishlagan. U 1986-yildan USCF Sxolastik qoʻmitasining aʼzosi etib tayinlangan va ikki yillik muddat davomida qoʻmita raisi sifatida ishlagan. Oʻzining xizmatlari uchun AQSh shaxmatidan bir qancha mukofotlarga sazovor boʻlgan. 2004-yilda Dallasdagi Texas universiteti tomonidan „Yil shaxmat oʻqituvchisi“ deb topildi[4].

Kitoblari

tahrir

Weeramantry ham bir qancha shaxmatga doir kitoblar muallifi. Xususan Ed Eusebi bilan "Best Lessons of a Chess Coach" (tarjimasi „Shaxmat murabbiyining eng yaxshi darslari“) (1993) kitobini yozgan. Ushbu kitob keng miqyosda qayta yozilgan va yangi mazmun bilan kengaytirilgan, Best Lessons of a Chess Coach – Extended Edition (tarjimasi „Shaxmat murabbiyining eng yaxshi darslari - kengaytirilgan nashri“) nomi ostida nashr etilgan (2020).

Shuningdek, Alan Abrams va Robert McLellan bilan birgalikda Great Moves: Learning Chess Through History (tarjimasi „Ajoyib harakatlar: tarix orqali shaxmatni o'rganish“) , (Mongoose Press, 2017) kitobini yozgan. Oʻrta maktab oʻquvchilari va kattalar uchun moʻljallangan kitob shaxmat tarixi va jahon tarixi bilan bogʻliq holda shaxmat tushunchalarini oʻrgatadi[4].

Yutuqlari

tahrir

FM Sunil Weeramantry Shtat chempionlarining milliy blits turniri, AQSh shaxmati tomonidan oʻtkaziladigan yillik milliy chempionat turniri 2020-yilda uning sharafiga nomlangan.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „The Nakamura Brothers“. Chess.com (2009-yil 29-may). Qaraldi: 2018-yil 28-mart.
  2. Daaim Shabazz, Ph.D. „FM Sunil Weeramantry: Reflections on Libya“. thechessdrum.net. Qaraldi: 2018-yil 28-mart.
  3. „New York State Chess Champions“. chesstour.com. Qaraldi: 2021-yil 19-yanvar.
  4. 4,0 4,1 „Executive Director“. National Scholastic Chess Foundation. Qaraldi: 2018-yil 28-mart.

Havolalar

tahrir
  • Shaxsiy sahifasi FIDE saytida
  • Sunil P. Weeramantry rating and tournament record at US Chess Federation
  • Sunil Weeramantry FIDE rating history at OlimpBase.org
  • Sunil Weeramantry profile at National Scholastic Chess Foundation
  • Partiya Chessgames.com saytida(ingl.)