Superkelinchak
Superkelinchak — komediya va melodrama janridagi oʻzbek badiiy film boʻlib, 2008-yilda suratga olingan. Rejissor — Bahrom Yoqubov. Filmdagi voqealar hozirgi zamonga moslangan, yaʼni kino yaratilgan vaqtni hisobga olish kerak boʻladi.
Superkelinchak | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Bahrom Yoqubov |
Prodyuser(lar) | Nargiza Salom |
Ssenariynavis(lar) | Yevgeniya Palexova va Bahrom Yoqubov |
Rollarda | Diana Yagofarova, Adiz Rajabov, Saida Rametova, Murod Rajabov, Sanjar Shodiyev |
Bastakor(lar) | Ubaydulla Karimov |
Studiya(lar) | «Futurist» studiyasi |
Chiqarilgan sanasi | 2008 |
Davomiyligi | 103 daqiqa |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | oʻzbekcha |
Superkelinchak kelib chiqishi: inglizcha. super — zoʻr; kelinchak — kelin (kelin — [kuyov uchun] soʻzining kichraytiruvchisi; kelin yoki kelin [kuyovning ota-onasi va boshqa qarindoshlariga nisbatan qoʻllanishi])tushuniladi.
Mazkur filmda kundalik turmushda oiladagi munosabatlar oʻzbek milliy an’analari zamonaviy tarzda chiroyli qilib ifodalanadi. Filmning rasmiy sayti
Filmning qisqacha mazmuni
tahrirMazkur filmda har ikki yoshlar Diana va Sardor bir-birlarini sevib, turmush qurishga qaror qilishadi. Boʻlajak kelin-kuyovlarning ota-onasi bunga tish-tirnoqlari bilan qarshi turadilar: chunki ularning madaniyati va urf-odatlari turlicha edi. Kuyov boʻlmish Sardor oʻzbek oilada ulgʻaygan, Diana esa buning aksi boʻladi. Ota-onalar roziligiga qaramay yoshlar toʻy qilishadi. Diana turmush oʻrtogʻi uyida yashashni boshlaydi, u yerda Diana kelinlik xizmatlarini bajarib yuradi. U qaynonasi Munira opaga yoqish uchun kelinchak oʻzbek milliy oshxonasi taomlari va madaniyatini Iternet orqali tezda oʻrganib oladi. Lekin oiladagi baxt yoʻlida Diana uchun yangi toʻsiqlar paydo boʻla boshlaydi.
Rollarda
tahrir- Diana Yagofarova — Diana, Sardorning rafiqasi, superkelinchak
- Adiz Rajabov — Sardor, Diananing turmush oʻrtogʻi
- Saida Rametova — Munira opa, Sardorning onasi, Diananing qaynonasi
- Murod Rajabov — Alisher aka, Sardorning otasi, Diananing qaynotasi
- Nozim Toʻlyaxoʻjayev — Karen, Diananing otasi, Sardorning qaynotasi
- Elizabet Karali — Klara, Diananing onasi, Sardorning qaynonasi
- Sanjar Shodiyev — Ilhom, Sardorning doʻsti
- Gulchehra Nosirova — Sevara opa, Gulchehraning onasi, Munira opaning qoʻshnisi
- Dilnoza Maxmudova — Gulchehra, kelin boʻlish urgurmagan qiz
- Zuhra Soliyeva — Munira opaning qoʻshnisi, „Superkelinchak“ tanlovining emosional qarsak chalayotgan tomoshabini
- Karamat Isamova — Munira opaning qoʻshnisi, „Superkelinchak“ tanlovida raqs tushayotgan tomoshabin.
Eslatma: Karen va Klaraning ismlari filmda tilga olinmagan.
Epizodlarda
tahrir- Dilaram Safoeva
- Mirvohid Zohidov
- Rihsivoy Aliyev
- Alisher Otaboyev
- Ziyoda Madrahimova
- Zulfiya Hamrayeva
- Mehri Bekjonova
- Aleksandr Bekdjanov
- Anna Nassimova
- Saidmalik Qodirov
- Azamat Aliyev
- Xusan Maqsudov
- Davron Muxitdinov
- Laziz Samatov
- Sherzod Mamadaliyev
- Polina Belova
- Oksana Razumnaya
- Nastya Kochkina
- Evgeniya Kondratieva
- Oybek Alimov
- Durdona Rashidxoʻjaev
- Roman Ivanov
- Mashhura Ergasheva
- Lazizbek Arziev
- Goʻzal Xoliqova
- Tohira Sattorova
- Valeriya Skulkova
- Anna Mogilnikova
Filmni suratga olish guruhi va boshqa aʼzolari
tahrir- Produser — Nargiza Salom
- Ssenariy mualliflari — Yevgeniya Palexova va Bahrom Yoqubov
- Postanovkachi-rejissor — Bahrom Yoqubov
- Postanovkachi-operator — Umid Malikov
- Postanovkachi-rassom — Bektosh Rajabov
- Film direktori — Hotam Hamrayev
- Bastakor — Ubaydulla Karimov
- Montaj rejissori — Nargiza Salom
- Grim ustasi — Yekaterina Seryakova
- Ikkinchi rejissor — Tamara Moiseyeva
- Operator yordamchisi — Zafar Imanjonov
- Kostyum-dizayneri— Irisxonim Xaitmetova
- Chiroq ustasi — Zafar Mirgʻulomov
- Dublyaj rejissori — Yoʻldosh Abdukarimov. Boshqa sahnalarda kadr ortidagi rus va oʻzbekcha tarjimadan foydalanildi.
- Ovoz rejissorlari — Anvar Fayz va Kamoliddin Rahimov
- Muharrir — Mirtohir Mirgʻulomov
- Ushbu filmda Ziyoda Qobilova — „Super Kelinchak“, Sardor Rahimxon — „Nazar-Nazar“ va Rustam Hamidov — Chasmi Siyo Dori qoʻshiqlaridan foydalanildi.