Sushima voqeasi
Sushima voqeasi 1861-yilda ruslar Kyusyu va Koreya oʻrtasida joylashgan Yaponiya hududi boʻlgan Sushima oroli qirgʻogʻida yil davomida langar tashlashga harakat qilishganda sodir boʻlgan.[1]
Voqealar: Britaniya versiyasi
tahrirPosadnikning kelishi
tahrir1861-yil 13-martda kapitan Nikolay Birilev boshchiligidagi rus korveti Posadnik Ozaki kirish qismidagi Sushima oroliga keldi va kema kapitani u yerda langar tashlash huquqi berilishini talab qildi. Bu voqea Yaponiya Syogunatida qoʻrquv uygʻotdi. Chunki ruslar 1792-yilda Adam Laksman bilan bogʻliq voqealarda, 1806-yilda u shimoliy Xokkaydidagi qishloqlarning yoqib yuborilishi va 1811-yilda Vasiliy Golovninning[2] hibsga olinishiga olib kelgan voqealar sababli Yaponiyaning izolyatsiya siyosatini buzishga harakat qilishgan edi. Oʻsha paytda faqat bir nechta yapon portlari (Hakodate, Nagasaki, Yokogama) chet el kemalari uchun ochiq edi. Sushima ochiq port emas, bu esa ruslarning nodoʻstona niyatlarini anglatardi. Agar ruslar Sushimani bosib olishsa, u Yaponiya hududiga keyingi tajovuz uchun samarali bazaga aylanishi mumkin edi. Yaponiya oʻz siyosatini saqlab qolish uchun Britaniyadan yordam oldi.[3] Tanglik kuchayib borgach, ikkinchi rus kemasi yetib keldi va ruslar desant bazasi qurish va ta'minot qabul qilishni soʻrashdi.[4]
Toʻqnashuv
tahrir1861-yil 13-may kuni orolda Saga domenining ikkita harbiy kemalari mavjudligiga qaramay ruslar orolning sharqiy qirgʻoqlarini oʻrganish uchun ekspeditsiya joʻnatdilar. Bu vaqtda orolda Kanko Maru, Denryu Maru, shuningdek, bitta Britaniya harbiy kemasi mavjud edi.[4] 1861-yil 21-mayda rus dengizchilari bilan samuraylar va fermerlar guruhi oʻrtasida toʻqnashuv sodir boʻldi. Unda bir fermer halok boʻldi va oʻz joniga qasd qilayotgan bir samuray ruslar tomonidan asirga olindi.[4] Iyul oyi oʻrtalarida Hakodate bugyōsi Muragaki Norimasa toʻgʻridan-toʻgʻri Xakoodatedagi Rossiya konsulligiga borib, Rossiya konsuli Goshkevichdan kemani ortga qaytarishni talab qildi.[5]
Rossiyaning chekinishi
tahrirBu strategiya ish bermagani uchun yaponlar inglizlardan aralashishni soʻradilar. Chunki inglizlar ham ruslar Osiyoda ta'sir doirasini kengaytirishining oldini olishdan manfaatdor edilar.[5] Admiral Hope 28-avgustda ikkita harbiy kema bilan Sushimaga keldi. 1861-yil 19-sentabrda Posadnik Sushimani tark etishga majbur boʻldi.[6]
Voqealar: rus versiyasi
tahrirTarixi
tahrir1850-yillarning oxirlarida Rossiyaning Yapon dengiziga ekspansiyasi davri boʻldi. 1850-yilda Amur daryosining estuariyasida nazorat posti oʻrnatilishi, Aygun shartnomasi (1858) va Pekin konvensiyasi (1860) asosida hozirgi Primorsk oʻlkasi qoʻlga kiritildi. 1860-yilda Vladivostok tashkil etildi.
1858-yilda Rossiya imperiyasi dengiz floti Inasa qishlogʻi boʻylab Nagasaki koʻrfazi qirgʻoq chizigʻini Xitoy flotiliyasining Tinch okean floti uchun qishki langar tashlash hududi sifatida ijaraga oldi (barcha ichki ankrajlar qishda muzlab qolardi).[7] Flotiliya qoʻmondoni admiral Ivan Lixachev flotni xorijiy portda joylashtirish xavfini tushunib,[8] Sushimada doimiy baza yaratishga qaror qildi.[7] U inglizlar 1859-yilda u yerda oʻz bayrogʻini oʻrnatishga uringani va 1855-yilda orol atrofida gidrografik tadqiqotlar oʻtkazganliklarini bilar edi.[9] 1860-yilda Sankt-Peterburg hukumatidan ruxsat soʻradi. Ehtiyotkor tashqi ishlar vaziri Aleksandr Gorchakov Britaniya manfaatlariga zid keladigan har qanday bosqinlarni man etdi.[9] General-admiral Konstantin Nikolaevich esa "Gʻarb"ni bezovta qilmasa, Sushima-Fuchu domenining rahbari bilan shaxsiy bitim tuzishni taklif qildi.[9] Urinishlar muvaffaqiyatsiz boʻlsa, Rossiya hukumati ekspeditsiya haqidagi barcha ma'lumotlarni rad etardi.[10]
Toʻxtash
tahrirLixachevning irodasi va Konstantinning maslahatiga koʻra Posadnik 1861-yil 20-fevralda Hakodateni tark etib, 1-martda Aso koʻrfazining gʻarbiy sohilidagi Osaki qishlogʻiga (tarixiy ma'lumotlarda Tatamura koʻrfaziga) yetib keldi.[11] So klani boshligʻi So Yoshiyori darhol Bakufu hukumatini bundan xabardor qildi. Ammo Ando Nobumasaning ehtiyotkor hukumati javobni kechiktirdi. Yoshiyori oʻzi mustaqil harakat qilishga majbur boʻldi.[11] Posadnik kapitani Birilev So bilan shaxsiy aloqa oʻrnatdi, xushmuomalalik bilan sovgʻalar almashishdi. Rus kapitani Imosaki koʻrfazini oʻrganish uchun Yoshiyorining roziligini oldi. Posadnik u yerga 2-aprelda yetib keldi.[11] Ekipaj sohilga tushdi, Rossiya bayrogʻini koʻtardi va vaqtinchalik turar-joy qurishni boshladi. Pervanel va orqa trubkasi ta'mirlashga muhtoj boʻlgan kemani qayta jihozlash uchun tayyorlay boshlashdi.[11] Yapon amaldorlari de-fakto harbiy-dengiz bazasini tashkil etish taklifiga jimgina rozi boʻlishdi. Hatto ruslarga yordam berish uchun oʻn beshta mahalliy duradgorlar guruhini tayinladilar.[11] Ruslar Soni kichik dengiz toʻplari taqdirladilar.[12] Lixachev koʻrfazni ikki marta, 27-martda Oprichnik bortida va 16-aprelda Svetlana bortida koʻzdan kechirib, yaponlarning doʻstona xatti-harakatlarini qayd etdi.[11] Ammo aprel oyida vaziyat oʻnglab boʻlmaydigan darajada oʻzgardi.[12]
Toʻqnashuv
tahrir1861-yil 12-aprelda ruslar kemadan tushganlarida, Matsumura Yasugoro boshchiligidagi bir guruh mahalliy dehqonlar kirish yoʻlini toʻsib, ruslarni orqaga qaytarishga harakat qilishdi.[12] Sodir boʻlgan toʻqnashuvda Yasugoro oʻldirildi, ikki yapon dehqoni garovga olindi, qolganlar qochib ketishdi. Rossiya ma'lumotnomalarida halok boʻlganlar nomi qayd etilmagan.[12] So aholini tinchlantirib, ularga Bakufu buyrugʻini kutishni buyurdi va bunga hech qanday chora koʻrmadi.[12] Rossiya manbalari hududda Yaponiya yoki Britaniya harbiy kemalari borligi haqida hech narsa demagan.[13]
Oqibat
tahrirBakufuning xabarchisi Oguri Tadamasa may oyida Sushimaga keldi va Birilevga xushmuomalalik bilan ketishni tushuntirdi. Birilev agar oʻz admirali orqaga chekinishni buyurmasa, u harakat qilmasligini ma'lum qildi.[12] 13 kun behuda kutishdan soʻng Oguri ketdi. U Birilev va mahalliy ma'muriyat oʻrtasida yaponlarning keyingi radikal harakatlariga qarshi hech qanday zarar yetkazmasdan aloqa oʻrnatishga ruxsat beruvchi xat qoldirdi.[12] Birilev ruxsatnomadan toʻliq foydalangan va Yaponiya rasmiylari kengashini Sushimada Rossiya dengiz kuchlarining mavjudligiga rozilik beruvchi nizom chiqarishga koʻndirgan. Sushima oqsoqollari Xirura va Imosaki oʻrtasidagi qirgʻoq chizigʻini ruslarga berishdi va boshqa har qanday xorijiy davlatga kirishni taqiqlashga rozi boʻlishdi.[12] Biroq nizomda bu imtiyozlarning barchasi markaziy hukumatning qaroriga bogʻliqligi belgilandi.[12] Hukumat bu kelishuvga keskin qarshilik qildi va Britaniya elchisi Ruterford Alkokni yordamga chaqirdi.[12] Alkok darhol vitse-admiral Jeyms Xop qoʻmondonligi ostida ikkita harbiy kemani joʻnatdi.[13]
Chekinish
tahrirLixachev Konstantinning koʻrsatmasi boʻyicha, umumiy chekinishni buyurdi va Oprichnik bilan Sushimaga xabar yubordi.[13] Birilev Posadnik bilan 1861-yil 7-sentabrda Sushimadan ketishdi. Oprichnik va Abrek esa portda qoldi. Ikkala kema ham 1861-yil sentabr oyi oxirida qaytib ketdi.[13] Keyinchalik Lixachev muvaffaqiyatsizlikning oʻziga xos tomoni borligini "inglizlarning orollarni bosib olishiga yoʻl qoʻymaslik" bilan izohladi.[13] Bu fikr Gorchakov va elchi Frensis Napier oʻrtasidagi shaxsiy uchrashuvlarda bilvosita qoʻllab-quvvatlangan edi. Biroq, Britaniya Sushimadagi rejalari haqida hech qachon aniq javob bermagan.[13] Lixachev qoʻmondonlikdan tushirildi va oʻz ixtiyori bilan iste'foga chiqish haqida ariza berdi. Ariza rad etildi. Admiralga Boltiq floti eskadroni qoʻmondonligi topshirildi.[13] Rossiya harbiy-dengiz kuchlari Xitoyda Port Artur bazasini qurish yakunlangunga qadar Nagasaki portida qoldi.[14]
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Negotiating with Imperialism, Michael R. Auslin, p. 77
- ↑ Negotiating with Imperialism, Michael R. Auslin, p. 78
- ↑ Negotiating with Imperialism, Michael R. Auslin, pp. 78–9
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Negotiating with Imperialism, Michael R. Auslin, p. 79
- ↑ 5,0 5,1 Negotiating with Imperialism, Michael R. Auslin, p. 80
- ↑ Negotiating with Imperialism, Michael R. Auslin, p. 81
- ↑ 7,0 7,1 Shirokorad, p. 175
- ↑ His fears were not improved by the well-publicized murder of unarmed midshipman Roman Mofet in Nagasaki on August 13, 1859 - Shirokorad, p. 180
- ↑ 9,0 9,1 9,2 Shirokorad, p. 176
- ↑ Memorandum of Likhachev to General Admiral Great Prince Konstantin of 21 May 1860, in The Central State Navy Archive (St Petersburg), fund 410, folder 2, No. 2386, and No. 2386; further O. Belomor in Morskoi Sbornik', 1914, No.6.'
- ↑ 11,0 11,1 11,2 11,3 11,4 11,5 Shirokorad, p. 177
- ↑ 12,00 12,01 12,02 12,03 12,04 12,05 12,06 12,07 12,08 12,09 Shirokorad, p. 178
- ↑ 13,0 13,1 13,2 13,3 13,4 13,5 13,6 Shirokorad, p. 179
- ↑ Shirokorad, p. 180